Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxining ta’siri
“Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxining
ta’siri”
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs
bo‘lishi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari
bilan
boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha
namoyon
bo‘ladi. U o‘zining xarakteri qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik
darajasi,
ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni
o‘ziga xos
xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir
bosqichga
yetsagina u mukammal kamol topgan inson deyiladi. Shaxsning ijtimoiy
voqe’likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati
turlicha,uning
faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha.
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi
munosabatni
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri
kuchli
bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning
ta’siri
yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi
o‘rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik
omillarni yuqori
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi
o‘rnini
belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari
esa
shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va
tarbiyaning
rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat
nasldan-naslga
o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili
amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni
faqat
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini
absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy
omil
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik
rivojlanishi
u yashaydigan muhitga bog‘liq, deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan
ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar.
Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning
shaxs bo‘lib
kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan
sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek
ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar,
psixolog va
faylasuflar ta’limotiga tayaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida
inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum
mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki
yo‘q qilishi
mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi
layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan
g‘oyani
ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni
yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit,
inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga
faol ta’sir
etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi
tayyor
qobiliyat bilan emas
, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va
rivojlanishi manbai - layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘zicha rivojlana
olmaydi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga
ta’sir etadigan tashqi voqealarning yig‘indisini tushunamiz. Sa’diyning
fikricha qobiliyatli va kam qobiliyatli bolalar bo‘ladi. Ammo qobiliyat
o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash
kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi bor qobiliyat ham yo‘qoladi. Uning
kamol topishi uchun kamolatga asos bo‘ladigan qobiliyat negiz bo‘lishi
kerak. Sa’diy o‘z fikrini isboti uchun “Guliston” asarida “Bir vazirning
takasaltang o‘g‘li bor edi. Vazir o‘g‘lini bir donishmand huzuriga eltib:
“Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam bo‘lsa” - deydi. Donishmand
vazirzodani
uzoq muddat tarbiya qildi
, foydasi bo‘lmadi. Bolaning
otasiga bir odam orqali: “O‘g‘ling odam bo‘lmadi, meni ham aqldan
ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqeadan shunday xulosa chiqaradi:”
Qobiliyat bo‘lsa aslida, Tarbiya unga qiladi asar. Qancha urinsa bo‘lmas
sayqali,Temir aslida bo‘lmas gavhari (143 bet) “Qobiliyatli odamni
tarbiya qilmaslik - zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir.
Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe
ketkazma”, - deb ta’kidlagan A.Navoiy. Bundan tarbiyaning natijasi
odamni qobiyatlilik darajasiga bevosita bog‘liqligi asoslanayapti.
Masalan, qobiliyati bo‘lmagan insonni aqlli mehnat qilishga yo‘llash
ijobiy natija bermasligini ta’kidlash kerak. YOki biror kasblarni
egallashga ham bu g‘oyani tadbiq etish mumkin.Bunga tabiiy muhit
(geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi
va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Agar bola o‘z
tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa,
layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa,
yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin. Demak,
boladagi irsiy belgilarning o‘sishi,
kamol topishi insonlar muhiti
,
yashash sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi. Bunga tarixda
misollar juda ko‘p. A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik,
Ulug‘bek-astronom, Ibn Sino tabib bo‘lib tug‘ilmagan albatta. Inson
bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik
hayvonlar
muhitiga tushib qolsa
, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi
mumkin. Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning
janubiy-Qarbidagi Midnapur shahri yaqinida bo‘ri uyasidan ikkita bo‘ri
bolasi bilan ikkita qizchani topib olgan. Ularning biri 7-8
yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi. Amala (kichigi) bir yildan
so‘ng vafot etdi. Kamola esa 1930 yilgacha yashadi. Odob, axloq, xulqiy
sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning
o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat
rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.
Abdulla Avloniyning fikricha, “Axloq – bu xulqlar majmuidir. Xulq esa
kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun
ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib
tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi.”1 Buyuk
muallimning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas, ijtimoiy
ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi
avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ijtimoiy pedagogikada
bolaning mikromuhit orqali jamiyatga kirib borishi ko‘rib chiqiladi.
Mikromuhitda insonning hayoti va munosabatlari o‘zaro ta’sir
xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit –
bu o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil
insonlar birligi.
SHuning uchun
, bir tomondan inson unga (muhitga)
nimadir shaxsan o‘zinikini olib kiradima’lum bir darajada unga tasir
qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir
ko‘rsatadi, unga o‘z talablarini qo‘yadi. Muhitning insonga bo‘lgan
munosabati, uning o‘zini tutishi qanchalik muhitning ishonchiga to‘g‘ri
kelishi bilan aniqlanadi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p holda jamiyatda u
qanday o‘rinni egallashi bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtda bir
qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi,
rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan
bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni
beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va
majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb
ataladi. Maqomlarning ba’zi birlari insonga tug‘ilishi bilan beriladi.
Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillar
bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki o‘zlashtirilgan deb
ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda
shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan,
pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida
o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan
maqom haqida gap yuritiladi. Maqom insonning jamiyatda o‘zini
tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini
istaganicha
emas
, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu
vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni
o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan
kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. Inson hayoti davomida
nafaqat jamiyat bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning
uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy yoki negativ rolni ham
o‘zlashtirishi mumkin. Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va
buvi, o‘g‘il
yoki qiz
, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi,
o‘rtoq, do‘st, etakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq
kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevish, ubilan faxrlanish, vatanparvar
bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.). Bola
bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy
munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u
uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu
individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni
ijtimoiy moslashuv deb ataladi. Ijtimoiylashuv jarayonida insonning
“hammadek” bo‘lish ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan
parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini
ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini
qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda
uni namoyon qiladi
, natijada uning
individuallashuvi sodir bo‘ladi. Bolaning individuallashuvi - u yoki bu
ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga
mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa
insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay betakror,
individuallik qirralarni egallaydi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy
rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: ijtimoiylashuv
(ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashuv(mustaqil
bo‘lish).Agar bolani mikromuhitga kiritishda ijtimoiylashuv va
individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola,
bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni
o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini
qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. Agar bolaning
guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik,
tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy
deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar bola moslashuv fazasidan
o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual farqlarini ko‘rsatishni boshlasa,
atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga
to‘g‘ri
kelmaydi deb hisoblasa
, unda bolada negativlik, gumonsirash,
agressiya, o‘ziga yuqori baho berish holatlari ko‘rinadi.
Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato
etgan buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha,
keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh
hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat
xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik
burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat
qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek
qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida
boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang
arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning
roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil,
ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular
chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni
sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».
Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat
qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi
yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish,
ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar
yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga
unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz
yо‘q.
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan
ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa
ham, ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari
sodir bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas,
balki uchiga chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni
oyoq-osti qilish, о‘z insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga,
о‘zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar
zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bо‘lishi tabiiy.
SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari,
ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli
qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi
merosimiz о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-
tarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab,
targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib
qо‘ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-
ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho
boyliklaridan judo bо‘la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek
qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz,
farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan,
axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz
odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir
holdir. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni –
Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy
burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy
qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab
berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan,
mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari haqida g‘amhо‘rlik
qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi
va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning
quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham
qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib
kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-
darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab
turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-
ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma,
desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda
otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l
uzatmaslik, otadan avval о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish
lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-
odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish,
nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob
berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan
rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi
о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi.
Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining
barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish,
uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p.
Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi
hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo,
nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u
sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli
fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi
savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga
jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga
jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa,
uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-
onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo
uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech
shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi,
musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan
vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy
bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»;
«Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish
tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-
onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir.
Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan
ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z
otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan
anglab yetishi kerak.
Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga
surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib
ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh
avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega.
Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-
ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin
boshlanishi kerak. YA’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand
tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola,
farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga
mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini
nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta
muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik
davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu
davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga
oshiriladi.
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu
davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi.
Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada
rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani
kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin.
Hazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar,
amollar halol luqmadandir.
Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan
pok va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni
unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z
manfaatlariga moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali
tug`ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz
lozim bо‘ladi. Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib
yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha
maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana
shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning,
ikki olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu
oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda,
turmush dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini
esa er va xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham
tortadi. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat
va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim
omil hisoblanadi.
Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi.
Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi.
Xalqimizni tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-
о‘zimizni kamsitgan bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh
otish insofdan emas. Lekin tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish,
kimosharga isrofgarchilikka yо‘l qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va
ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini
mustahkamlash ustuvor bо‘lgani yaxshi.
О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-
qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan
ba’zilari, turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik.
Zero bu oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas,
degan niyatdamiz.
Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib,
о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish
unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi….
Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan
sо‘ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta
tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib
qо‘yadilar…
Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi
axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom
beriladi, hol-ahvol sо‘raladi…
Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan
farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar,
bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy
kiyimida chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda
belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va
talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham
qarzdir.
Shunday qilib, oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan
tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha,
tasavvur bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila
mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik
vujudga keladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi
о‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan,
oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil
mafkura yaratolmaymiz». YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni
muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida
e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan
14-bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin:
«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bо‘lish huquqiga ega…
64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar
boqish va tarbiyalashga majburdirlar…
65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi».
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat
berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi
sessiyasida «Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz
mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati
albatta farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga
ega bо‘ladi.
2. Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari
ma’naviy dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan
bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak
badiiy, jozibali adabiyot va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l
topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-
hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari
bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining
kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir
etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish
muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida,
kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir.
Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana
shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.
Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng
foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil
bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad
Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon
Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan
foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta
ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy
merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan
ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik,
birovning haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik,
vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma
bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur
ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad,
О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham
keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori,
axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta
samara beradi.
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr
san’atining ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari
cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga
о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik
olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan
inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga
qarshi kurashadi.
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan
inson qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur
kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega.
Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida
tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish
zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr,
kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik
yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi.
Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-
harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning
о‘zida ham sо‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga
ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr
va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish
katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish
lozim bо‘ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye
imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi.
Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik
bilan kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va
olijanoblikni, ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik,
nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak
adabiyot va san’at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni
yuksaltiribgina qolmasdan, shu bilan birga yoshlarimizga ilm
egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda,
zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri
hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy
istiqlol g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat
kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash
lozim bо‘ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida
samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan
Respublikamizning kо‘zga kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining
uchrashuvlarini tashkil qilish, kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli
ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat,
tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop
risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib
qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash о‘z faoliyati bilan
mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga о‘z
hissasini qо‘shib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb
masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar,
jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek
mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari
darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan
samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni
tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.
Tayanch sо‘z va tushunchalar:
Ota-ona — aziz va mo`’tabar zot; ota-ona farzandning suyanchig‘i,
bitmas-tuganmas boyligi; birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh; ota-
onani e’zozlash farzand burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyat; ota rozi –
xudo rozi; otalar sо‘zi – aqlning kо‘zi; ota-onaga itoat qilish – Tangriga
itoat qilishdir; yaxshi fe’llar, a’mollar halol luqmadandir; oila
jamiyatning asosiy bо‘g‘ini; adabiyot va san’at inson qalbiga, ruhiy
dunyosiga chuqur kirib borishi va shu orqali uning ma’naviy dunyosini
boyitish xususiyatiga ega.
Takrorlash uchun savollar:
1. Ota-onaning farzand oldidagi ulug‘ligi nimada?
2. Birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh iborasining mazmunini
izohlang.
3. Ota-onaning farzandlar oldidagi burchi nimada deb bilasiz?
4. Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi nimada deb bilasiz?
5. Ota-ona va farzandlar mas’uliyati haqida О‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida nimalar kо‘rsatilgan?
6. Ota rozi – xudo rozi iborasining mazmunini izohlang.
7. Farzand tarbiyasini qaysi davrda boshlanishi haqida nimalar bilasiz?
8. Yaxshi fe’llar, yaxshi a’mollar – halol luqmadandir? iborasining
mazmunini izohlang.
9. О‘zbek oilasining ma’naviy-axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz?
10.
Kishilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda adabiyot va san’atning
ahamiyati nimada deb bilasiz?
11.
Qaysi yozuvchi va shoirlar asarlarida о‘zbek milliy
ma’naviyatining о‘ziga xos jihatlari о‘z ifodasini topgan? Ular milliy
ma’naviyatimizning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega?
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. О‘zbekistan buyuk kelajak sari. –T.: О‘zbekistan, 1998
y.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. –T.: Sharq, 1999 y.
3. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. //Xalq sо‘zi, 4 mart
1999 y.
4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk
kelajakka ishonchdir. –T.: О‘zbekiston, 2000 y.
5. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar muammolari. (Davlat, jamiyat, oila va
yoshlar muammolari Respublika konferensiyasi materiallari). –T.:
О‘zbekistan, 1997 y.
6. Aliyev A. Istiqlol va adabiy meros. T., О‘zbekiston, 1997 y.
7. Soifnazarov I., Soifnazarova F. Ma’naviyatimizning umrboqiy
sarchT., Mehnat, 1997 y.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |