Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
jahon sanati tarixi

 
 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
138 
 
XX asr boshlarida O‘zbekiston san’ati. 
XX  asr  boshlarida  o‘rta  Osiyoning  Rossiya  tomonidan  bosib  olinishi, 
san’atda  ham  o‘z  ifodasini  topdi.  Buni  dekorativ  amaliy  san’at  asarlaridagi 
kompozitsiyalarda, 
ularning 
syujet 
va 
motivlarida, 
real 
hayotning 
tasvirlanishida,  voqe’likni  ustalar  tomonidan  real  tasvirlashga  intilishlarida 
ko‘rish  mumkin.  Bunday  o‘zgarishlar  rus  va  o‘zbek  me’morchilik  san’ati 
an’analarining  bir-biriga  yaqinlashishi  va  qo‘shilishi  natijasida  paydo  bo‘lgan 
yangi  uslublarda  ham  namoyon  bo‘la  boshladi.  Realistik  dastgoh  san’ati 
maydonga  keldi.  Buni  birinchi  bo‘lib,  XIX  asrning  40-yillaridan  boshlab  o‘rta 
Osiyoga  kela  boshlagan  rus  badiiy  maktabining  talabalari  boshlab  berdilar.  Bu 
borada  rus  rassomlari  A.Karazin,  I.Kazakov,  S.P.Yudin,  R.Zommer, 1886  yilgi 
ko‘rgazmada  toshkentlik  To‘xta-Sodiq  Xo‘jaevning  alebastrdan  yasagan  ot  va 
kiyik  haykalchalarining  qo‘yilishi,  1915  yil  bosmadan  chiqqan  S.Siddiqiyning 
“Ko‘ro‘Qli”  epik  poemasiga  ishlangan  grafik  illyustratsiyalarining  yuzaga 
kelishi  davr  taqozosi  edi.  O‘zbekistonda  san’atni  targ‘ib  etish,  ko‘rgazmalar 
uyushtirish,  muzeylarni  milliylashtirish  kabi  ishlar  amalga  oshirildi.  1918-20 
yillarda  Toshkent,  Samarqand  shaharlarida  badiiy  maktablar  ochildi.  Ularga 
ko‘plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa milliy rassomlar faol 
ishtirok  etdi.  Shu  bilan  birga  o‘zbek  xalq  san’atini  o‘rganish  orqali  rassomlar 
haqiqiy  milliy  san’at  namunasini  yaratishga,  o‘z  asarlarida  davrning  muhim 
voqealarini  aks  ettirishga  harakat  qildilar.  Shunday  rassomlardan  biri 
O.K.Tatevosyan bo‘ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil birinchi 
bor  O‘zbekistonga  keldi.  Uning  serjilo  tabiati,  boy  me’morchilik  yodgorliklari 
yosh rassomni o‘ziga  mahliyo etdi. O‘zbekistonda o‘z ijodiy izlanishlari uchun 
katta  imkoniyatlar  borligini  his  qilgan  rassom  o‘qishni  bitirgach,  butunlay 
O‘zbekistonga  ko‘chib  keldi  va  o‘zining  sermahsul  ijodini  boshladi,  yosh 
rassomlarga  murabbiylik qildi.  Uning ilk ijodidagi  asarlar  asosan  Samarqandga 
bag‘ishlangan.  Gavjum  ko‘chalar,  noz-ne’matga  boy  bozorlar,  choyxonalar 
rassomning  ko‘pgina  asarlarining  mazmunini  tashqil  etdi.  Xalq  milliy  san’at 
namunalarini  o‘rgandi.  Asarlarida  O‘zbekistonda  bo‘layotgan  o‘zgarishlarni, 
odamlarning mehnatga bo‘lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. ¤sha 
yillari O‘zbekistonda bir qator iste’dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular 
ichida  Farg‘onada  tug‘ilib  o‘sgan  Aleksandr  Volkovning  asarlari  juda  rang-
barang va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda 
yashab ijod qilgan Usto Mo‘min (Nikolaev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona 
asarlar yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo‘lgan yuksak munosabati 
uning asarlarida o‘zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari 
ichida 
“Bahor”, 
“Bedanaboz”, 
“Do‘stlik», 
«Muhabbat”, 
“Kuyov”, 
“Choyxonachi” kabilardir.  



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə