|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
139
O‘zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel
Petrovich Benkov edi. U o‘zbek san’atining rivojlanishiga, milliy kadrlar
yetishib chiqishiga katta hissa qo‘shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda
ko‘p polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda
bo‘lib, ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me’morchilik
fonida ustalik bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi.
“Dugonalar”, “Dutorchi qiz” deb nomlangan asarlar do‘stlik mavzusida yaratgan
yirik asarlaridir. 20-30-yillardan boshlab milliy rassomlar ko‘rina boshlandi.
Ular o‘zlarining dastlabki asarlari bilan respublika badiiy ko‘rgazmalarida
ishtirok etib, badiiy hayotni yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san’at
mavzusi kengaydi. Do‘stlik, tinchlik, mehnat go‘zalligini kuylovchi asarlar
yaratildi. Iste’dodli yosh rassom Bahrom O‘amdamiyning “Ish tugadi” deb
nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar o‘z
ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla Abdullaevning “Yosh shoir uyidagi
uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar orasida san’at va ma’rifatga intiluvchi
yoshlarning fazilatlarini ochib berishga bag‘ishlangan. Bu yosh rassomlar
O‘zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari o‘zbek rassomlari uchun katta sinov bo‘ldi.
Ular G‘oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front Qalabasi uchun rag‘batlantira
oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O‘zbekistonga
evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiev, Xarkov badiiy institutlari, ular
bilan birga kelgan yetuk san’atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar
respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko‘maklashdilar. Urush tugagach,
tinchlik yillari o‘zbek san’ati ham o‘z rivojlanishida yangi bosqichga qadam
qo‘ydi. Inson go‘zalligi, tabiat ulug‘vorligi rassomlarimiz polotnosida o‘z
ifodasini
topa
boshladi.
Bu
urushdan
keyingi
yillarda
yaratilgan
A.Abdullaevning
A.Hidoyatov
portreti,
T.Oybek,
L.Abdullaevning
“Qahramonni kutib olish”, O‘.Tansiqboevning “Qayroqqum GESida tong”,
R.Ahmedovning
“Onalik
o‘ylari”,
R.Timurovning
“Samarqand”,
Yu.Yelizarovning “O‘zbekiston san’atkorlar guruhi portreti”, N.Karaxonning
“Oltin kuz”, V.Fadeevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning “Xirmonda”,
Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o‘zbek san’ati tarixida
o‘zlarining munosib o‘rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu davrdan
boshlab, barcha ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligini
ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko‘plab ko‘rgazmalarda
qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o‘zbek san’ati yangi poQonaga qadam
qo‘ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida
ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning emotsional
tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Buni B.Boboev
|
|
|