|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
7
narsalar, turmushda qo‘llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar,
meva va boshqalarni tasvirlaydi. U o‘z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni
tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro‘y
berayotganligini ham ko‘rsata oladi. Taniqli ijodkor musavvirlardan
R.Axmedov, L.Salimjonova, O‘.Abdurahmonov va boshqalar natyurmort
janrida barakali ijod qilmoqdalar.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o‘tmishda bo‘lib o‘tgan
voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan
tanishamiz. Tarixiy janrning ko‘rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr
- “botal” fransuzcha so‘z bo‘lib, “jang”, “urush” ma’nosini
bildiradi. U jang manzaralarini o‘zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy
yurishlar manzarasi asosiy o‘rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida
jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o‘z ona Vataniga
bo‘lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Grekov,
G.K.Savitskiy, A.A.Deyneka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday
musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabievning “Spitamen qo‘zg‘oloni”,
musavvir
R.Rizamuhammedovning
“Muqanna qo‘zg‘oloni”, musavvir
T.Sodiqovning “To‘marisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bo‘la
oladi.
Animalistik
- janr o‘zgacha tasviry san’at turidir. U lotincha “anima”,
“hayvonot olami” degan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot
dunyosiga zo‘r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.
Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
O‘sha davrda ular g‘orlarining devorlariga kiyik, qo‘tos, mamontlarning
suratlarini chizganlar.
Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar
tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan.
XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da
Vinchi va A.Dyurerlar ishladilar.
Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A.Vatagin o‘zining asarlarida
to‘rt oyoqli do‘stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Mashg‘ulot rahbari o‘quvchilarga nazariy bilim berish jarayonida
mazmuniy to‘liq ochib berishi uchun jonli nutq orqali so‘zlash bilan birga
musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, adabiyotlar, kino va diafilmlar va
slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Maishiy janr:
tasviriy san’atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik
hayotini, turli voqealarni o‘zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari -
Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx, Vermer kabilar ijodida namoyon bo‘ladi.
|
|
|