Javob : duksimon hujayralar Elektron mikrofotografiyada ikki ХIL hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor. Ikkinchi hujayraning qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi


Javob : Buxoroda keng tarqalgan edi  571. Bemorda drakunkulyos kasaligi aniqlandi, u qanday gelmint?  Javob



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix12.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105184
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Vaziyatli-masalalar

Javob
: Buxoroda keng tarqalgan edi 
571. Bemorda drakunkulyos kasaligi aniqlandi, u qanday gelmint? 
Javob
: yirik biogelmint 
572. Bemorda aniqlangan drakunkulyos kasalligi odamga qanday usul bilan yuqadi? 
Javob
: ifloslangan suv bilan, siklop orqali yuqadi 
573. Odamlarda drakunkulyos qo‟zg‟atuvchi parazit qanday gijjalar guruhiga kiradi? 
Javob
: tirik lichinkalar tug‟uvchilar guruhiga kiradi 
574. Odamlarda drakunkulyos qo‟zg‟atuvchisi bo‟lgan rishta parazitining hayot sikli 
qanchagacha davom etadi? 
Javob
: 1 yilgacha davom etadi 


575. Shifokor bemorda drakunkulyos kasaligini shubxa qildi, uni aniqlashda qanday 
laboratoriya usullardan foydalaniladi? 
Javob
: parazitning atipik joylashishida, immunologik, allergologik reaksiyalardan 
foydalaniladi 
576. Bemorda drakunkulyos kasaligi borligi aniqlandi, parazit odam organizmida 
qanday qilib yetuk shakliga aylanadi? 
Javob
: odam ichagida lichinkalar qon tomirga o‟tadi, migratsiyalanadi, teri osti yog‟ 
klechatkasiga borib yetuk shaklga aylanadi 
577. Shifokot odamlarda filyaridozlar uchrashini aniqladi, odamda qanday filyaridoz 
kasallik qo‟zg‟atuvchilar uchraydi? 
Javob
: vuhererios, loaaos, onhoserkos, brugios 
578. Shifokorga murojat qilgan odamga vuhererioz tashxisi qo‟yildi, voyaga yetgan 
parazit bemorning qayerida parazitlik qiladi? 
Javob
: limfa bezlarida, ichki a‟zolarining qon tomirlarida 
579. Shifokorga murojat qilgan odamga vuhererioz tashxisi qo‟yildi, parazitning 
rivojlanishida definitiv va oraliq ho‟jayinlarni ko‟rsating? 
Javob
: definitiv faqat odamlar, oraliq ho‟jayinlar culex, anopheles va aedes avlodiga 
kiruvchi chivinlar 
580.Shifokorga murojat qilgan odamda avval allergik reaksiyalar, keyin tana 
haroratining ko‟tarilishi va to‟qimalarda shish hosil bo‟lishi kuzatildi, bunda qaysi 
parazitar kasallikka shubha qilinadi? 
Javob
: vuheriryoz 
581. Bemorda limfa oqimi qiyinlashib elephanthes (filoyoqlik) kuzatildi, bu belgilar 
qaysi kasallik uchun xos ekanligini ko‟rsating? 
Javob
: vuheriryoz kasalligi uchun xos 
582. Shifokor bemorlarda ovogelmintoskopiya tekshiruvini o‟tkazmoqchi, bu usulda 
asosiy tekshiruv materiali nima hisoblanadi? 
Javob
: bemorning axlati, balg‟ami, siydigi, qoni va boshqa tana suyuqliklari 
hisoblanadi 
583. Ovogelmintoskopiya tekshiruvlari qaysi shaxslarda muntazam olib boriladi?
Javob
: bolalar muassasalarida ishlovchilarda, oromgohlarda, oziq-ovqat 
korxonalarida va kasalxonada xizmat qiluvchilarda 
584. Shifokor ovogelmintoskopiyaning makroskopik usuli bilan nimalarni aniqlaydi? 


Javob
: gijjalarning o‟zi yoki boshchalari hamda yetilgan bog‟imlari aniqlanadi 
585. Shifokor ovogelmintoskopiyaning nativ surkash usulini qanday amalga oshiradi? 
Javob
: glitsirinning 50% eritmasida axlat aralashtirilib buyum oynasiga qo‟yib 
mikroskopda tekshiriladi 
586. Laboratoriyada ovogelmintoskopiyaning cho‟ktirish usuli qanday amalga 
oshiriladi? 
Javob
: tekshiruv materiali (axlat) xlorid kislota va efir eritmasida aralashtirilib 
aralashma qil elakdan o‟tkaziladi va u probirkaga solinib 3-5 minut sentrifugada 
aylantiriladi hosil bo‟lgan cho‟kmadan namuna olinib preparat tayyorlanib 
mikroskopda ko‟riladi 
587. Ovogelmintoskopiyaning qalqib chiqish usuli qanday usullardan iborat? 
Javob
: fullyuborn va kalantaryan usullari 
588. Ovogelmintoskopiyaning qalqib chiqish-kalantaryan usuli qaysi gelmintlar 
tuxumlarini aniqlash uchun qulay? 
Javob
: mayda tsestodalar va nematodalar tuxumlarini aniqlash uchun qulay 
589. Shifokor mikroskopda ovogelmintoskopiya usuli bilan aniqlangan tuxumni jigar 
qurti tuxumi ekanligini aniqladi, tuxumning qutublarida nima bo‟ladi? 
Javob
: bir qutibda qalpoqchasi bo‟lib ikkinchisida yassi dongchasi bo‟ladi 
590. Laboratoriya tekshiruvida mikroskopda lansetsimon so‟rg‟ich tuxumlari 
aniqlandi, tuxumning qutublarida nima bo‟ladi? 
Javob
: bir qutibda qopqoqchasi bo‟ladi ikkinchi tomonida dum bo‟ladi va astsentrik 
bo‟ladi 
591. Mikroskopda topilgan gelmint tuxumlari jigar qurti va lansetsimon so‟rg‟ich 
tuxumiga o‟xshash ko‟rindi, tuxumlarning qutublaridagi farqini ko‟rsating? 
Javob
: lansetsimon so‟rg‟ich tuxumining bir qutibda qopqoqchasi bo‟ladi ikkinchi 
tomonida dum bo‟ladi va astsentrik bo‟ladi, bir qutibda qalpoqchasi bo‟lib 
ikkinchisida yassi dongchasi bo‟ladi 
592. Mikroskopik tekshiruvda topilgan gelmint tuxumi mushuk so‟rg‟ichli tuxumiga 
tahmin qilindi, bu tuxumning birinchi va ikkinchi qutblari qanday ko‟rinishga ega? 
Jovob: bir qutbi kengaygan ikkinchisi tor bo‟lib qopqog‟i aniq ko‟rinadi 
593. Mikroskopik tekshiruvda aniqlangan gelmint tuxumi o‟pka so‟rg‟ichli tuxumiga 
tahmin qilindi, bu tuxum uchun xos bo‟lgan belgilarni ko‟rsating? 
Javob
: ovalsimon shaklda, bir tomonida qopqog‟chasi bor 


594. Shifokorga murojat qilgan odamning shikoyatiga ko‟ra unda o‟pka so‟rg‟ichlisi 
paraziti borligiga taxmin qilindi, bemorga bu parazit qanday yuqqan bo‟lishi munkin? 
Javob
: yaxshi pishirilmagan qisqichbaqa va dengiz krablari orqali 
595. Osiyoning janubiy mamlakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma 
hemotobium yoki urogenital shistasamos kasalligiga taxmin qilindi, bu parazitning 
tuxumlari qanday o‟lchamda bo‟ladi? 
Javob
: tuxumining o‟lchami yirik va bir tomonida o‟simtasi bo‟ladi 
596. Osiyoning janubiy mamlakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma 
manzoniy taxmin qilindi, parazit tuxumining o‟lchami va rangi qanday bo‟ladi? 
Javob
: tuxumi yirik sarg‟ish rangda bo‟ladi 
597. Osiyoning janubiy mamlakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma 
yaponikum parazitiga shubha qilindi, parazit tuxumlarining shakli qanday? 
Javob
: o‟lchami kichik ovalsimon shaklda bo‟ladi 
598. Shifokorga murojat qilgan odamda yaxshi pishirilmagan mol go‟shti iste‟mol 
qilingandan kegin bezovtalik kuzatildi, bunda qaysi parazit bilan kasalanganligi 
shubha qilinadi va ovogelmintoskopiya uchun tekshiruv materiali nima hisoblanadi? 
Javob
: qormol solityori shubha qilinadi, tekshiruv materiali bo‟lib najas hisoblanadi 
va unda parazitning yetilgan bo‟g‟imi topiladi 
599. Bemorda qora-mol solityori borligi aniqlandi, ovogelmintoskopik tekshiruvda bu 
parazit tuxumlarining eni va uzunligi nechaga teng? 
Javob
: uzunligi 30-40mkm, eni 20-30mkm 
600. Bemorda tenioz kasalligiga shubha qilindi, bunda tekshiruv materiali najas 
bo‟lganda mikroskopik tekshiruvda uning tuxumi qanday shaklda bo‟ladi? 
Javob
: najasdan topilgan tuxumi yumaloq yoki biroz ovalsimon bo‟lib pardasi nozik 
bo‟ladi 
601. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrios kasalligi tashxis qo‟yildi, 
laboratoriya tashxisida topilgan tuxumlarning rangi? 
Javob
: tuxumlarning rangi kulrang yoki to‟q jigarang bo‟ladi 
602. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrios kasalligi borligi, laboratoriya 
tekshiruvida topilgan tuxumlarning qutublaridagi qanday belgilariga qarab 
yasdiqlanadi? 
Javob
: tuxumining bir uchida qopqoqchasi bo‟ladi ikkinchisida esa dong bo‟lishi 
mumkin 


603. Bolalar bog‟chasida tekshiruv o‟tkazilganda najasdan topilgan tuxum pakana 
gijja tuxumi deb shubha qilindi, uning shakli qanday bo‟ladi? 
Javob
: shakli ovalsimon va yumaloq bo‟ladi 
604. Shifokorga murojat qilgan odamda ehinococos kasalligiga shubha qilindi, 
exinakok tuxumlari odamga qanday yuqqan bo‟lishi mumkin? 
Javob
: exinakokning tuxumi itlardan ifloslangan qo‟l orqali yuqadi 
605. Shifokorga murojat qilgan odamda askaridos kasalligi borligiga taxmin qilindi, 
bemor najasidan ovogelmintoskopiya usuli bilan topilgan tuxumning rangi va shakli 
qanday bo‟ladi? 
Javob
: shakli oval, rangi to‟q kulrang bo‟ladi 
606. Askaridoz bilan kasallangan odamda, askaridaning otalangan tuxumi qanday 
o‟lchamda bo‟ladi? 
Javob
: otalangan tuxumlar kattaroq bo‟lib, uzunligi 80-90 mkm eni 45 mkm 
607. Bolalar bog‟chasida bolalarda enteribioz kasalligi aniqlandi, ovogelmintoskopiya 
tekshiruvida najasdan topilgan tuxumning shakli qanday bo‟ladi? 
Javob
: tuxumining shakli uzunchoq, bir tomoni biroz yassi bo‟ladi 
608. Shifokorga murojat qilgan odamda trixosefalioz kasalligi aniqlandi, bunda 
ovogelmintoskopiya usuli bilan najasdan topilgan tuxumining shakli va rangi qanday 
bo‟ladi?
Javob
: najasdan topilgan tuxumi bochkasimon shaklda, tilla sariq rangda bo‟ladi 
609. Shifokorga murojat qilgan odamda ankilostomos kasalligi aniqlandi, bemorda 
ovogelmintoskopiya usuli bilan aniqlangan tuxumning ichida nimalar ko‟rinadi? 
Javob
: aniqlangan tuxumning ichida 4-8 blastomeralar borligi ko‟rinadi 
610. Shifokorga murojat qilgan odamda vuhererioz kasalligi aniqlandi, kasallik 
qanday aniqlanadi? 
Javob
: vuhereriozda kechasi olingan pereferik qon surtmasi tekshiriladi 
611. Mikroskopda tayyor preparat ko‟rilganda bo‟g‟imoyoqlilarning oyoq o‟simtalari 
tananing qayerida joylashganligini ko‟rsating? 
Javob
: oyoq o‟simtalari tanasining har xil sigmentlarida joylashgan 
612. Tibbiy biologik nazariy bilimlariga asoslanib bog‟imoyoqlilar tipining xarakterli 
belgilarini ko‟rsating? 


Javob
: tana xitin qoplam bilan qoplangan, bog‟imli oyoqlari mavjud, aralash tana 
boshlig‟iga ega, kondalang tana mushaklari rivojlangan 
613. Tibbiyot biologiyasidan olgan nazariy bilimlarga asoslanib bo‟g‟imoyoqlilarning 
kenja tiplarini ko‟rsating? 
Javob
: trilobitsimonlar, jabra bilan nafas oluvchilar, xelitserallar va traxeya bilan 
nafas oluvchilar 
614. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qisqichbaqasimonlar sinfining vakillari 
rivojlanish darajasiga qarab qanday qisqichbaqasimonlarga bo‟linadi? 
Javob
: tuban qisqichbaqasimonlar va yuksak qisqichbaqasimonlar bo‟linadi 
615. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib o‟rgimchaksimonlar sinifiga kiruvchi 
hayvonlarning xarakterli belgilarini toping? 
Javob
: tanasi bosh-ko‟krak va qorin bo‟limlarga ajralgan, 6juft bo‟g‟imli oyoqlari bor 
616. Mikroskopda ko‟rib kanalarning pedipalpalari nimalarni hosil qilishini 
tushuntiring? 
Javob
: mikroskopda ko‟rilganda kanalarda pedipalpalarining asosiy bo‟g‟imlari 
qo‟shilib so‟ruvchi nay-gipostomni hosil qiladi 
617. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalarning qaysi kenja turkumlari 
ahamyatli ekanligini ko‟rsating?
Javob
: akariform va parazitaform kenja turkumlari ahamiyatli 
618. Mikroskopda iksod kanasi preparati ko‟rilganda qanday belgilarni ko‟rish 
mumkin? 
Javob
: o‟lchami 4-5mm yetadi, erkaklarni orqa tomonida xitin qalqoni mavjud, 
urg‟ochilarida, lichinkalarida va nimfalarida xitin qalqon faqat oldingi tomonida 
joylashgan
619. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib urg‟ochi iksod kanasiga xos xususiyatlarni 
ko‟rsating?
Javob
: faqat bir marta uzoq vaqt qon so‟radi, qonga to‟ygan urg‟ochi kana 1 marta, 
17000 tagacha tuxum qo‟yadi
620. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib iksod kanasining xavfli tomonini 
ko‟rsating? 
Javob
: tayga, ensefaliti, tularemiya, gemorogik istma kasallik qo‟zg‟atuvchilarning 
tashuvchisi sifatida xavfli 
621. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalar nimaga sabab bo‟lishini ko‟rsating? 


Javob
: kanalar ektoparazitlar bo‟lib organizmda yallig‟lanish va allergik 
reaksiyalarga sabab bo‟ladi 
622. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib it kanasi rivojlanish siklini qancha davom 
etishini ko‟rsating va u qaysi organizmlarda parazitli qiladi? 
Javob
: 7 yilgacha davom etadi, yovvoyi, uy hayvonlari hamda odamda parazitli qiladi 
623. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasining tibbiy ahamiyatini 
ko‟rsating? 
Javob
: tayga ensefaliti qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi va tabiiy rezervuarlari 
hisoblanadi 
624. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasi necha xo‟jayinli kana 
ekanligini va rivojlanishida lichinka, limfa va imagosi qaysi hayvon qoni bilan 
ozuqalanishini ko‟rsating? 
Javob
: 3 ho‟jayinli kana, lichinkasi kemiruvchilar qoni bilan, nimfasi quyon, 
olmaxon qoni bilan, imagosi esa los va bug‟u qoni bilan ozuqalanadi
625. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib dermosentor pictus kanasining tibbiy 
ahamiyatini ko‟rsating va ular qayerlarda tarqalgan? 
Javob
: dermosentor pictus tuleremiya kasallik qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi 
hisoblanadi va ular o‟rmonlarda keng tarqalgan 
626. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalari qayerlarda keng tarqalgani va 
yashash joyini ko‟rsatin?
Javob
: issiq iqimli mamlakatlarda keng tarqalgan, kemiruvchi hayvonlar uylarida, 
g‟orlarda, eski uylarda yashaydi 
627. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalar qancha yashashini va 
urg‟ochisi nechi martda tuxum qo‟yishini ko‟rsating? 
Javob
: 25-28 yilgacha hayoti davom etadi, urg‟ochisi bir necha martda tuxum 
qo‟yadi 
628. Mikroskopda kanalar preparati ko‟rib argas va iksod kanalarining farqini 
ko‟rsating? 
Javob
: og‟iz aparati argas kanasida qorin sohasida joylashadi, iksodda oldinga turtib 
chiqqan, argasda kanasida qalqon bo‟lmaydi iksod kanalarida bo‟ladi 
629. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qishloq kanasining qanday parazit 
ekanligini, odamga qachon xujum qilishini va qancha och yura olishini ko‟rsating? 
Javob
: ektoparazit, odamga ko‟pincha kechasi xujum qiladi, uzoq vaq 10 yildan ortiq 
oziqlanmasdan kasallik yuqtirishni saqlaydi 


630. Mikroskopda akariform kanasini ko‟rganda unga xos qanday belgilarni ko‟rsa 
bo‟ladi? 
Javob
: tanasi bog‟imlarga ajralmagan, oval shaklga ega, o‟lchami juda kichik-
mikroskopik 
631. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining nomi va tibbiy 
ahamiyatini ko‟rsating? 
Javob
: sarkoptes scabei, odamning ektoparaziti, qichima kasalligining 
qo‟zg‟atuvchisi 
632. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining hayot sikli qanchagacha 
davom etishini, qancha tuxum qo‟yishini ko‟rsating? 
Javob
: 50 kungacha yashaydi, hayoti davomida 40-50 tagacha tuxum qo‟yadi 
633. Paxta terimiga borogan talabalarning ko‟pchiligida qichima kasali aniqlandi, 
uning sabablarini tushuntiring? 
Javob
: shaxsiy va jamoat profilaktikasi qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun 
634. Paxta terimiga borogan talabalarda qichima kasalligi aniqlandi, bunda qanday 
profilaktik choralarni amalga oshirib kasallikni tugatish mumkin? 
Javob
: sifatli shaxsiy va jamoat profilaktikasini amalga oshirish 
635. Ba‟zan kasal qonini so‟rmagan kanalarda kasallik qo‟zg‟atuvchilarini aniqlanadi, 
buni qanday tushuntirish mumkin? 
Javob
: kana kasal qo‟zg‟atuvchisining rezervuari bo‟lishi mumkin 
636. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi, 
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat 
qildi, shifokor qanday parazitar kasallik haqida gumon qilishi mumkin?
Javob
: trixinelyoz 
637. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi, 
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat 
qildi, bunda shifokor qanday usullar bilan parazitar kasallik bor ekanligini tasdiqlash 
mumkin?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə