|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarишлатиладиган газлардаги зарарли моддаларAromatik uglevodorodlar (C
n
H
2n – 6
;
С
n
N
2n – 12
) olti bo‘lak-
li siklik (benzolli) yadrodan tarkib topgan. Neft mahsulotlarining
yengil fraksiyalarida
monosiklik
aromatik uglevodorodlar va og‘ir
fraksiyalarda
polisiklik
uglevodorodlar bo‘ladi.
Bir xil molekular massadagi aromatik uglevodorodlarning al-
kanlar va siklonlarga nisbatan qovushoqligi, zichligi va qaynash
harorati biroz yuqoridir. Harorat pasayishi bilan aromatik ug-
levodorodlarning qovushoqligi keskin oshadi, bu esa moylash ma-
teriallarining xususiyatlariga teskari ta’sir ko‘rsatadi.
Aromatik uglevodorodlarning oksidlanish xususiyati ancha
pastligi tufayli ular benzin yonilg‘isining detonatsiyaga turg‘un-
ligini oshiradi. Aromatik uglevodorodlar dizel yonilg‘isi tarkibida
yonilg‘i aralashmasining o‘z-o‘zidan alangalanish davrini uzaytira-
di va dvigatelning og‘ir sharoitda ishlashiga sabab bo‘ladi.
Qovushoqlik-harorat xossalari yomonligi tufayli aromatik ug-
levodorodlar moylash materiallariga kam qo‘shiladi.
Neft tarkibida 10–15 foiz aromatik uglevodorodlar bo‘ladi va
13
qaynash harorati oshishi bilan ba’zi fraksiyalarda bu miqdor ortib
boradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|