Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish


 1. “1918-1939 yillarda Yaponiya” mavzusining ahamiyati va qisqacha



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix25.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#161634
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82 (1)

3. 1. “1918-1939 yillarda Yaponiya” mavzusining ahamiyati va qisqacha 
mazmuni
Tarixiy ilm va tushunchalarni egallashda ikki jahon urushi oralig‘ida dunyo 
mamlakatlarida kechgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy jarayonlardan 
xabardor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, dunyo ko‘p qutbli bo‘lgan 
hozirgi davrda tinchlik va xalqaro hamjihatlikning roli oshib borayotganligi isbot 
talab qilmaydi. 1918-1939 yillarda Yaponiya mavzusini chuqur va mukammal 
o‘rganish dolzarblik kasb etadi. 
 
Ikkinchidan, XX asrning 20-yillarida BXSR- Yaponiya, 30-yillarda esa 
O‘zbekiston - Yaponiya o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy (ipakchilik sohasida) 
aloqalarning yo‘nalishlari hamda tarixiy tajribasidan xulosalar chiqarish ham 
muhimdir. 
Dars jarayonida o‘qituvchi o‘tgan mavzuni mustahkamlash bosqichini 
yakunlab, darsning yangi mavzu bo‘limida mavzuni umumiy tavsiflaydi (1-reja 
bayoni orqali) va qo‘shimcha manbalar orqali o‘quvchilarga mavzuni tushuntirish 
uchun mavjud materiallarni ikki guruhga ajratib oladi. 
Jahon tarixi fanidan “1918-1939 yillarda Yaponiya” mavzusini atroflicha va 
keng qamrovli o‘rganish uchun 1917-1930 yillarda Turkistonda chop etilgan davriy 
matbuot materiallari, mavzuga oid qo‘shimcha boy ma’lumotlar beradi. Avvalo, 
1920-1929 yillarda Buxoroda dunyo yuzini ko‘rgan “Buxoro axbori” va “Ozod 
Buxoro” gazetalari
21
da Yaponiyaning urushdan keyingi o‘n yilliklaridagi siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy ahvoliga oid ko‘pgina ma’lumotlar keltirilgan
22
. Ikkinchidan, 
«Buxoro axbori» gazetasining 1923 yil sentyabr oyi sonlaridan Yaponiyada ro‘y 
bergan dahshatli tabiiy ofat, ya’ni zilzila tafsilotlari va BXSR xalqining jabr ko‘rgan 
yapon xalqiga ma’naviy hamda moddiy yordami bayon qilinadi
23
. «Tokio, Iokagama 
va boshqa shaharlar xarob bo‘ldi. Tokio yonadur. Temir yo‘l, radio, telegraf 
21
“Бухоро ахбори” газетаси БХСР Марказий Ижроия Қўмитаси матбуот органи бўлиб, 1920 йил 9 
сентябрдан 1923 йил октябргача чоп этилган. Газета ўзбек тилида, ислоҳ қилинган араб имлосида, 
сарғиш рангли ўртача сифатдаги қоғозда, ҳафтада 1-2 марта, 1500-2000 нусхада чиқарилган. 1923 
йил 16 октябрдан “Озод Бухоро”номида газета нашр қилина бошланган. Бу газета 1930 йил октябр 
ойигача чиқиб турган.
Газеталарнинг тўлиқ тахламлари бугунги кунда Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат 
архиви (Ўзбекистон МДА) ва Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилояти марказий 
кутубхонасида сақланмоқда.
22
Узоқ шарқда: Японияда (воқеалари ҳақида). Бухоро ахбори, 163-сон, 1923 йил 28 апрел; Японияда янги 
ҳалокат. Озод Бухоро. 4-сон. 1923 йил 25 октябр; Японияда янги ташкилот. Озод Бухоро. 47-сон. 1924 йил 10 
феврал;

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə