Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish


Шўролар ва бошқалар: Япония ён бермоқчидур. Шўро ва Япония музокараларининг бошланиши.  Озод Бухоро, 132-сон, 1924 йил 25 август



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix25.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#161634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82 (1)

 
Шўролар ва бошқалар: Япония ён бермоқчидур. Шўро ва Япония музокараларининг бошланиши. 
Озод Бухоро, 132-сон, 1924 йил 25 август.
 
23
Японияда мисли кўрилмаган офат //Бухоро ахбори. 199-сон. 1923 йил 9 сентябр; Япония: 11 шаҳарнинг 
ҳалок бўлиши. Зарар 50 млрд. сўм олтин //Бухоро ахбори. 200-сон. 1923 йил 12 сентябр; Японияда табиий 
офат: 1029 марта ер қимирлаш. Халқ ўртасида ҳаяжон //Бухоро ахбори. 201-сон. 1923 йил 14 сентябр; Япония 
офатларига ёрдам //Бухоро ахбори. 209-сон. 1923 йил 3 октябр. 


buzilg‘on. Poytaxtdagi podsho saroyi, teatr, polisiya binosi, dorilfunun, qurol-yarog‘ 
zavodi, dori ombori, gazeta idoralari va 20 000 qadar uy yemirildi. Shaharg‘a 
quruqlik orqali boradurg‘on yo‘l kesildi... Sumigava daryosi teskari qarab oqmoqqa 
boshladi»-deb yoziladi «Buxoro axbori»ning 1923 yil 9 sentyabrda chop etilgan 
199-sonida. Yaponiya zilzilasi va yapon xalqiga Buxoro xalqi tomonidan 
ko‘rsatilgan yordam bilan bog‘liq ma’lumotlar gazetaning 209-sonida ham «Qisqa 
xabarlar» rukni ostida bayon qilingan: «23 sentyabr (1923 yil) Zirobod qishloq 
yacheykasi bilan dehqonlar ittifoqi a’zolarining qo‘shma majlisida Kaydani 
Og‘ayev (?)ning Yaponiyadagi falokat (zilzila) to‘g‘risidag‘i ma’ruzasi 
eshitilg‘ondan so‘ng majlisda ishtirok qilg‘on 70 kishi bir ovozdan Yaponiya 
mehnatkashlarig‘a yordam bermakni qaror berdilar»
24
.
Tarix fani o‘qituvchisiga dars mashg‘ulotining yangi mavzuni 
mustahkamlash qismi uchun bir necha interfaol usullardan foydalanishga tavsiya 
beriladi. 
XX asr boshlarida Yaponiya jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo‘lib 
qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan 
Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi. 
Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy 
muammolarni 
keltirib 
chiqardi. 
Bu 
muammolar, 
ayniqsa, 
oziq-ovqat 
mahsulotlarining qimmatlashuvi, oddiy kishilarning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Natijada norozilik kuchayib bordi. 
1920 yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz berdi. 
1925 yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919 yilgi darajasidan oshib 
ketdi. Ishlab chiqarishni konsyentrasiyalash jarayoni davom etdi. Monopolistik 
kapital xalq xo‘jaligining muhim sohalari egallab ola boshladi. Og‘ir sa noatda 
«Mitsubisi» va «Sumitomo» konsernlari o‘z pozisiyasini mustahkamlab oldi. 1929 
– 1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi: u 
tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. Ish haqining 
pastligi tufayli ichki bozor juda sust, tashqi bozorda esa yapon mahsulotlari 
sifatining pastligi tufayli ular raqobatbardosh emasdi. Yaponiya hukumati 
inqirozdan chiqishning yo‘li sifatida iqtisodni militarizasiyalash va tajovuzkorlikni 
tanladi. Yaponiya Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, 
Tinch okeani havzasida o‘z hukmronligini o‘rnatishni rejalashtirayotgan edi. 
Ichki siyosiy munosabatlar 1920 yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo 
bo‘lishi hamda saylovchilar soni ni asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan 
xarakterlanadi. 1925 yildan sovet-yapon munosabatlari yo‘lga qo‘yilib, bu iqtisodiy 
hamkorlikning rivojlanishida va yapon qo‘shinlarining Shimoliy Saxalindan olib 
chiqib ketilishida aks etdi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə