Yosh mutaxassisni malakaviy amaliyotini o‘tash to‘G‘risida shartnoma №



Yüklə 46,5 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü46,5 Kb.
#110865
Amaliyot shartnoma (2)


YOSH MUTAXASSISNI MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH TO‘G‘RISIDA
SHARTNOMA № ____________________

“_____”_______2023y.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 iyundagi 198-sonli qarorining 6 bandiga asosan malakaviy amaliyotini o‘tkazish, ko‘maklashish maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti nomidan Pedagogika instituti Ustaviga asoslanib ish yurituvchi direktor Daminov Mirzohid Islomovich bir tomonidan, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nomidan
(tashkilot nomi)
korxona ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi_______________________________________________ _________________________________________________________________________ikkinchi
(muassasa rahbari familiyasi, otasining ismi)
tomondan, (keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb nomlanadi) va “BuxDPI”.


1. SHARTNOMA MAQSADI
Institut ________________________________________________________________________________talabalarining malakaviy amaliyot o‘tishlarini tashkil etish.


2. BUYURTMACHINING MAJBURIYATI
2.1. Amaliyot o‘tkazilayotgan davrda rejaga asoslanib amaliyotchilarga yetarli sharoit yaratish.
2.2. Talabalarni tashkilotining tashkiliy, ijtimoiy infrastrukturasi va ular oldiga kerakli talab va ko‘rsatmalar qo‘yish.
2.3. Amaliyotchilar tomonidan amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish uchun imkoniyat yaratish va ularni amaliyo­tga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik.
2.4. Amaliyotlarga rahbarlik qilish va ularning tartib in­tizomini nazorat qilish, uslubiy yordam berishi uchun tajribali rahbar tayinlash.
2.5. Tayinlangan rahbarlar haqidagi barcha ma’lumotlarni maxsus talabnomaga mos ravishda institutga o‘z vaqtida yetkazish.
2.6. Institutdan tayinlangan rahbarlar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar (amaliy, nazariy) pedagogik mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan ishlar o‘tkazish.
2.7. Amaliyotchilarga va ularning rahbarlariga maxsus xona­lar, qo‘llanmalar va elektron resurslardan foydalanish imko­niyatini yaratish.
2.8. Amaliyotchilarning to‘liq amaliyot vaqtini tashkilotda o‘tkazishini nazorat ostiga olish.
2.9. Amaliyot davomida amaliyotchilar tomonidan yoki ular ishtirokida yuz bergan tartibni buzish hollari haqida tezda institut ma’muriyatiga xabar berish.
2.10. Amaliyot yakunida barcha amaliyotchilar faoliyatini institutdan birkitilgan rahbarlar bilan hamkorlikda baholash.
2.11. Amaliyot yakunida har bir amaliyotchiga tavsifnoma berish.
2.12. Maktabgacha ta’lim tashkilotida shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 yil muddatga amal qiladi.
2.13. Qo‘shimcha kelishuv asosida ushbu shartnomaning muddati uzaytirilishi, o‘zgarishi yoki bartaraf etilishi mumkin.
2.14.Ushbu shartnomaga kiritiladigan har qanday qo‘shimcha kelishuv yoki o‘zgartirishlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida yozma ravishda amalga oshiriladi va u shartnomani ajralmas qismi hisoblanadi.
2.15. Shartnoma uch nusxada tuziladi va bir xil yuridik kuchga ega.
3. IJROCHINING MAJBURIYATI
3.1.Amaliyot boshlanishidan oldin amaliyot o‘tkaziluvchi tashkilotga amaliyot o‘tiladigan muddatlar grafigi va amaliyotchilar soni haqida xabar berish.
3.2. Amaliyot boshlanishidan 1 hafta oldin amaliyotchilarning va ularga biriktirilgan rahbarlar ro‘yxatini taqdim qilish.
3.3. Amaliyotchilarning o‘z vaqtida amaliyot o‘tadigan tashkilotda bo‘lishini taminlash.
3.4. Amaliyot o‘tuvchi talabalarni yetarli metodik qo‘llanmalar, dasturlar bilan taminlash.
3.5. Amaliyotchilarga rahbar qilib tajribali professor-o‘qituvchilarni tayinlash.
3.6. Amaliyot dasturini, rejalarini amaliyot o‘tkaziladigan tashkilot bilan kelishilgan holda muhokama qilish.
3.7. Amaliyotchilar tomonidan amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotning ichki nizomi, qonun-qoidalarning to‘liq bajarilishini taminlash.
3.8. Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotga har tomonlama amaliy-uslubiy yordam berish.
3.9.Amaliyotchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik tartib intizomini buzishlarini darhol ko‘rib chiqib, chora ko‘rish.
3.10. Har ikkala tomon kelishgan holda amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotdan tajribali rahbar tayinlash.


4. SHARTNOMANI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
4.1. Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun normalariga asosan javobgar bo‘ladilar.


5. TOMONLAR MANZILLARI



Buxoro davlat pedagogika
instituti direktori M.I.Daminov
___________________________

2023 yil “_____” __________





Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab
ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
F.E.Qurbonov
___________________________

2023 yil “_____” __________



200130, Buxoro shahri,
Piridastgir ko‘chasi, 2-uy
Tel.: 0365(65) 226-10-97

200112, Buxoro shahri, Hamza ko‘chasi, 6-uy
Tel.: (365) 223-08-45, faks: (365) 223-05-47
web-site:bvxtb.uz, E-mail.: buxoro_vxtb@xtv.uz

Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə