Kasb tanlashga yo`naltirish mеtodlari va formalari.
O`quvchilarni ongli
kasb tanlashga tayyorlash umumiy ta'lim maktabining, litsеy, kasb-hunar kollеjlari
hisoblanadi. Bu tayyorgarlik ikki faktor (omil)ni o`z ichiga oladi:
jamiyatning kadrlarga bo`lgan ehtiyojini;
yoshlarning shaxsiy qobiliyatini hisobga olib amalga oshirishga e'tibor
bеrish va uchinchidan shaxsning kasbiy jihatdan o`z-o`zini anglashi bilan
bog`liqdir.
Kasbga yo`naltirishning dastlabki bosqichida targ`ibotchilik ishiga
o`quvchilarning o`zini faol jalb etish zarur. Bu shubhasiz ularning ishlab chiqarish
va undagi kasblar bilan batafsil tanishishlari uchun zamin yaratadi. Maktabda
kasblarni targ`ib qilish vositalari sifatida, kasb tanlashga bag`ishlangan ma'ruzalar,
49
suhbatlar, anjumanlar, bahslar, tanlovlar, munozaralar, radio va oynai jahon orqali
maxsus
eshittirishlar
uyushtirish,
dеvoriy
gazеtalar
chiqarish,
maxsus
ko`rgazmalar, bеzashlardan foydalaniladi.
Maktab yoshlari uchun tеngdoshlari korxonalarning ishchilari va kasb-
hunar kollеjlari o`quvchilari bilan bеvosita aloqalari juda foydali bo`ladi. Umumiy
manfaatlar,
o`zaro
munosabatalar,
ko`pincha
bitiruvchilar
kеyinchalik
qo`shiladigan mеhnat jamoasini tanlashni bеlgilab bеradi. Kasb tanlashdagi
mеhnat faoliyati turli axborot manbaiga qarab kasbga yo`naltirish shakl va
usullarini uch guruhga ya'ni og`zaki, ko`rgazmali va amaliy usullarga bo`lish
mumkin.
Professiografiya - bu kasb tomonidan insonga qo„yiladigan talablar nuqtai
nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan
ixtisos - kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo„yiladigan talablar tizimining
tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi.
Professiogramma yoshlarga o„zlarining kelgusida energetika yo`nalishi
kasbini to„g„ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o„qitishni tashkil qilishda
ta‟limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko„nikmalarga,
ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog„liq ekanligini
albatta ko„rsatish zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan, bo„lajak mutaxassis - kimyogarning
sifat jihatidan o„z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa
qismini esa, zarur kasbiy qobiliyatlar ro„yxati tarzida inson psixologiyasiga
qo„yiladigan talablarning qisqacha ma‟lumotidan iborat bo„lgan psixogramma
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o„z ichiga oladi.
Ammo, uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klasiffikatsiya g„oyat hilma -
hil mezonlarni belgilaydi. Chunki, kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko„ra
klassifikatsiyalashning o„zi bir ish, gigienaga ko„ra klassifikatsiyalashning boshqa
bir ish va hokazo. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va uning kompleksligi
50
shunda yaqqol ochiladi. Har qanday kasbni o„rganish va tavsiflash hamisha
ma‟lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga bo„ysindiriladi.
Professiografiyaning maqsadi turlicha bo„lishi, professiogrammalar quyidagi
maqsadlar uchun tuzilishi mumkin:
zarur kadrlar tayyorlashni ta‟minlovchi o„quv programmasini asoslash;
mehnatning gigiena sharoitini hisobga olish va yaxshilash;
kasbga yo„naltirish, kasb bo„yicha konsultatsiya, kasb uchun odam
tanlashni asoslash.
Tarixiy professiografiya yo„qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq,
professiografiyaning eng progressiv sohasi bu bizga o„tmishning stixiyali o„tib,
kirib kelayotgan yangi kasbni konstruksiyalashga bag„ishlangan bo„lishidir.
Mehnatni har tomonlama o„rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga
turlicha vazifalar qo„yadi. Shuning uchun ham kasbni tahlil va tavsiflash uzviy
ammo bir-biriga aynan o„xshash jarayon emas. Tekshirishning vazifasi
materialni batafsil o„rganib olish, uni kengaytirishdan turli formalarni analiz qilib
chiqish, bu formalar ichki bog„lanishini kuzatib borishdan iborat" - degan
so„zlarini eslamasdan bo„lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki,
professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiyasi bo„yicha har qanday
ishning shart - sharoiti shu bilan barcha ishni iloji boricha har tomonlama
o„rganish bo„yicha yakuni bo„lib ham xizmat qiladi. Har qanday kasb xususiyatini
kompleks tahlil qilishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristika;
kasbning iqtisodiy ahamiyati;
kasbning statsiologik xarakteristikasi;
ijtimoiy psixologik xarakteristika, uning ishlar orasidagi obro„si,
kompleks jamoaning xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning vertikal va
gorizontal bo„yicha o„ziga xosliklari;
pedagogik xarakteristika: kasbiy mahoratni belgilaydigan kasbiy mehnat
muvoffaqiyati uchun zarur bo„lgan bilim va ko„nikma xajmining ro„yxati
51
tayyorgarlik turi va muddatli harakat marshrutlari xarakteristikasi hamda
pedagogik jarayonini yaxshilashga oid takliflar;
mehnat
sharoitining
ishiga
xarakteristika
("kasbiy
zarar"
va
sog„lomlashtirish tadbirlari);
mazkur kasbda ishchiga tibbiyot nuqtai nazaridan zid bo„lgan sabablar
ro„yxati (ayo`llar va o„smirlar mehnati alohida ajratiladi);
faqat zarur (asosiy) va lozim ko`rilgan (qo„shimcha) qobiliyatlar ro„yxati
emas, balki psixologik to„g„ri kelmasliklar ro„yxati emas, balki psixologik to„g„ri
kelmaslik ro„yxati alfavit ro„yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan
psixologik to„g„ri kelmaslik ro„yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan.
Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli
sabablarni ajratib olish imkonini bеradi:
- kasb va o`quv muassasasini tanlash sabablari;
- o`qish, o`quv-kasbiy faoliyat sabablari;
- ish joyini tanlash sabablari;
- mеhnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
- kasbiy o`sish va martabasi oshish sababalri.
O`quvchilar bеrilgan omillar mazmunini qanchalik anglab tushunishlaridan,
ularni ijtimoiy-kasbiy yo`naltirish va tanlangan kasbni egallash motivatsiyasi
shakllanadi.
O`quvchilarning bеrilgan toifalari (guruhlari) sonlar bo`yicha quyidagicha
taqsimlanadi.
Umuman
olganda,
kasbga
yo`naltirishda
individual
psixologik
xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchi o`zining qiziqishi, hohishi, qobiliyatini va
intilishlarini ro`yobga chiqarishga, o`zi uchun eng maqbul yo`lni ongli va mustaqil
ravishda tanlash imkoniga ega bo`lishi uchun unga ko`maklashish lozim dеb
o`ylaymiz.
«Ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy
siyosiy iqlim kеskin o`zgaradi, odamlar ongida dеmokratik qadriyatlar qaror
topadi. Inson jamiyatdagi o`rnini ongli ravishda o`zi bеlgilaydi».
52
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi
ixtisosliklar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi
tushuniladi.
Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon
qilish o„ziga xos xususiyatga ega bo„lib, umumiy hamda xususiy jabxalarni o„zida
aks ettiradi. Ular quyidagilardan iborat:
1) kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2) kasb - korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyati uchun ahamiyati;
3) kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4) kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning
ijtimoiy mavkei (nufuzi), jamoaning o„ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal
bo`yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari.
5) kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va
ko„nikmalar ko„lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy
mahorat aniqlanadi);
6) pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik
muddatlari, tadbir - choralarining umumiy tavsifi;
7) mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8) kasb bo„yicha mehnat qilishga tibbiy jixatdan ta‟qiqlanuvchi omillar
izchilligi;
9) kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10) o`zini o„zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo„yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy,
iqtisodiy texnikaviy va pedagogik jabxalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos
asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali
mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo„naltirish davlat tadbir - choralari tizimidan iborat bo`lib,
inson tomonidan tanlanadi, o`z xayot yo„lining ilmiy asoslanganligini ta‟minlashga
xizmat qiladi, u turmushda o`z o„rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
53
1) maktabda kasbiy ma‟lumotlar berish;
2) kasb - hunar maorifi bilan shug„ullanish;
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslaxatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur soxada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan
sxema ishlab chiqqan bo`lib, u "Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagi" deb
nomlanib, o`zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois
kasb tanlashga yo„llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagining muxim bir tomoni - bu xar hil
kasb hunar egasiga nisbatan qo`yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning
mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu
mutaxassislikka nisbatan
jamiyat
(viloyat, shaxar,
tuman)ning
mehnat
imkoniyatiga extiyoji bo`yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o„ziga
xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo„naltiriluvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlari bo`yicha bilimlar umumlashtirilgan bo`lib, kasb tanlashga oid barcha
jixatlar majmua xoliga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayili xoxishi,
o`zini o`zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o`zida mujassamlashtiradi.
Ye.A. Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari, faoliyat
jarayonidagi axborotlar ko„lami va umumiy xususiyati (ko„rish eshitish va
boshqalar);
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning
xususiyati;
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi;
4) ishda, mehnat faoliyatida nerv - psixologik zo`riqish, tanglikning
mavjudligi;
5) diqqatni boshqarish zarurati;
54
6) ishda muvaffaqiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik
ko„rsatkichlar.
Bizningcha yuqoridagi muloxazalardan tashqari professiogramma oldiga
quyidagi talablarni qo„yish maqsadga muvofiq:
1) ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi,
mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o„rni imkoniyati, mehnatning turdosh
xususiyatlari va uning muxim tavsiflarining bayozi);
2) ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma‟lumotlar;
3) mehnat quroli sifatida nimalar qo„llanilishi.
4) mehnat predmetining tarkiblari va ularning o„ziga xos jabxalari;
5) mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi;
6) nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi;
7) mehnat maxsullarini baholash mezonlari;
8) ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari;
9) ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning
motivirovkasi;
10) ishni bajarilishining sharti va sharoitlari;
11) mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari;
12) mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?);
13) mehnatning jadalligi (intensivligi) to„g„risida ma‟lumotlar;
14) mehnat faoliyatida ma`suliyatning va xavf-xatarning qaysi daqiqalari
(xolatlari) uchrashi;
15) mehnat uning sub‟ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot,
ma‟naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov jamoatchilik
bahosi va boshqalar);
16) ish yoki faoliyatning o„ziga xos xususiyatlariga ko`ra qanday talablarga
va cheklanishlarga ega ekanligi.
Kasb tanlashning umumiy masalalari. Kasb-hunar to„g„risida xar hil
munosabatlar xosil bo„lishining asosiy sabablaridan biri - bu maktab
55
o„quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli hil motivlarning namoyon bo„lishidir.
Motivlar o`rtasidagi ko`rash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo„ladi.
Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo„lish, ob‟ektiv va qat‟iy qarorni
keltirib chiqaradi.
O„quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi
tarkibiy gismlarni o`z ichiga qamrab oladi:
a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr -
xayo`li - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo`naltirilgan bo„lishi kerak;
b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni
amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi soxalarda ishlatish
mumkin ekanligini bilish, ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini
to„g„ri tasavvur qila olish, operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf
qilish uchun xarakat qilish;
c) asosiy qurollar va vositalar: qo`l aslaxalaridan - slesar, xirurg, skripkachi,
g`ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
d) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o`rab turgan tabbiiy muxim va
sharoitlar, kishilar va x.k.
Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat birlashmasida belgilangan
standartlar asosida kasb-hunar markazlarini tamomlaganlarga “Skills pasport”
berish yo„lga qo„yiladi.
Bugun odamlarni ish bilan ta‟minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng
samarali yo„li ularni kasb-hunarga o„qitish ekani mamlakatimiz tajribasida yaqqol
namoyon bo„lmoqda. O„tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi
qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta‟limni davom ettirishidan qat‟iy
nazar, ularga hayotida asqotadigan biror hunarni o„rgatish, egallagan kasbi
bo„yicha bo„sh ish o„rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga
aylangan.
2020 yilning 17 yanvarida mamlakatimiz dunyo bo„yicha kasb-hunar ta‟limi
maqomi va standartlarini oshirish, xalqaro tanlovlar orqali zamonaviy kasblarni
ommalashtirishni maqsad qilgan “WorldSkills International” xalqaro harakatiga
56
83-a‟zo sifatida qabul qilindi. Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat
birlashmasida
belgilangan
standartlar
asosida
kasb-hunar
markazlarini
tamomlaganlarga “Skills pasport” berish yo„lga qo„yiladi.
Prezidentimizning 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag„al va ishsiz fuqarolarni
tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga
o„qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta‟minlashga oid qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida”gi qaroriga asosan, bunday kasbiy malaka pasporti 2021
yilning 1 yanvaridan boshlab, “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-
hunarga o„qitish markazlarida sinov imtihonlari asosida topshiriladi.
Yangi pasport kimlarga beriladi?
Yoshlar orasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo„layotgan kasbiy
malaka pasporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida tan olinadi. Ushbu pasport
mehnat vazifalari va asosiy ko„nikmalarning batafsil taqsimlanishini ta‟minlab, har
bir kishining muayyan yo„nalishdagi qobiliyatni qanchalik egallaganini alohida
qayd etadi. Jarayonda kasb-hunarga o„qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy
malakasi “WorldSkills International” xalqaro standartlari orqali baholanadi va
texnik ko„nikmalar, aloqa hamda tashkilotchilik qobiliyati singari bir qator
mezonlar asosida VS standartlari shakllantiriladi. Bu standartlar o„zgaruvchan
bo„lib, doimiy tarzda takomillashtirib boriladi.
- Ayni paytda ko„plab davlatlarda keng qo„llanilayotgan mazkur kasbiy
malaka pasporti o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi
va egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida qo„llash huquqini beradi. Bunday
pasportni mamlakatimizda xalqaro standartlar bo„yicha o„tkaziladigan imtihonlarni
muvaffaqiyatli topshirishni istagan kishi yoki kasb-hunarga o„qitish markazlari
bitiruvchilari olishi mumkin. Ya‟ni o„rta ta‟limni tamomlagan, o„z bilim va
ko„nikmasiga ishongan 16 yoshga to„lgan har qanday fuqaro “Ishga marhamat”
monomarkazi yoki hududlardagi kasb-hunar ta‟limi markazlarida ro„yxatdan o„tib,
belgilangan vaqtda imtihon topshirishi mumkin. Imtihon “WorldSkills
International” xalqaro birlashmasi mutaxassislari tomonidan o„tkaziladi. Undan
57
muvaffaqiyatli o„tganlarga kasbiy malaka pasporti beriladi. Ammo, unutmaslik
kerakki, bu pasport ta‟limning keyingi turini davom ettirishga asos bo„la olmaydi.
Boshqa mamlakatda ishlash istagidagi insonlarning oliy ma‟lumot darajalari
nostrifikatsiya jarayonidan o„tkaziladi. Ammo, bu amaliyot o„rta kasb-hunar
diplomlari uchun amal qilmagani bois, ko„plab kishilarning qo„shimcha
imkoniyatlarini yo„qqa chiqaradi. Yoki zarur bilim va ko„nikmalarga ega
bo„lmagan kishilar ish topishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Ana shu
jihatlarni inobatga olgan holda, “Skills pasport”ni oliy ma‟lumot diplomlarini
nostrifikatsiya qilish jarayonining muqobiliga aylantirish, uning “WorldSkills
International” xalqaro harakatiga a‟zo davlatlar o„rtasida tan olinishini ta‟minlash
maqsad qilingan. Bu esa, kasb-hunar ta‟limi pasportiga ega insonlarning ko„plab
davlatlarda o„ziga munosib ish topish imkoniyatini oshiradi. Ayni paytda “Skills
pasport” Rossiya Federatsiyasi hududida faol qo„llanilmoqda va kadrlarni
tanlashda unga ishonadigan ish beruvchilar soni kun sayin ortib boryapti.
Kasbiy malaka pasporti ish beruvchilarning mos xodimlarni topish va
tashkilotiga jalb qilishida ham bir qator qulayliklar yaratadi. Ya‟ni korxona-
tashkilotlar rahbarlari xodimning malaka pasporti asosida qaysi yo„nalishda zarur
ko„nikmaga ega ekanini bilib oladi. Bo„sh ish o„rniga talabgor nomzodning “Skills
pasport”ga ega ekani uning xalqaro standart asosida imtihondan o„tganini ham
tasdiqlaydi.
Mamlakatimizda kasbiy malaka pasportini olish tizimi joriy etilgach, unga
ega bo„lgan har bir mutaxassisni yagona milliy kadrlar bazasiga kiritish ko„zda
tutilgan. Bu ish beruvchilarga bitta platformada to„plangan ko„plab mutaxassislar
orasidan o„ziga mosini tanlab, ishga taklif etish imkoniyatini oshirish bilan birga,
pasportga ega kishilarning munosib ish joyida faoliyat yuritishini ta‟minlaydi.
Qurilish muhandisining kasbiy kompetentsiyasi – bu integral funktsiyalar, bu
o'z ichiga olgan professional funktsiyalarni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan
texnik va iqtisodiy bilim, ko'nikma va tajribaga ega bo'lgan mutaxassisning
ishbilarmonlik fazilatlari va qobiliyatlari to'plamini o'z ichiga oladi.
Qurilish muhandisi kasbi «Inson-texnika» turiga kiradi, u loyihalash, montaj
58
qilish va ishga tushirish, texnik ob'ektlarni ishlatish va texnik qurilmalarni
boshqarishga qaratilgan. Ushbu kasb fikrlashning yuqori darajada rivojlanishini,
yaxshi vosita mahoratini, jismoniy chidamliligini, qo'l va texnik ishlarga
moyilligini talab qiladi.
Yuqoridagi muloxazalardan kelib chiqqan xolda, o„spirinlarning qurilish
sohasiga qiziqishi, mayli, extiyoji, iqtidori, qobiliyati, ko„nikmasi va malakasini
xisobga olgan xolda kasb tanlashga to„g„ri yo„llantirish mamlakat taraqqiyoti
uchun puxta zamin xozirlaydi. Bu xaqda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da
ibratli fikrlar bildirilgan.
Dostları ilə paylaş: |