103
tajribani va insoniy ish-harakat shakllari hamda faoliyatlarini organizmning amaliy
o‟zlashtirishi uchun kerakli bo‟lgan faqat ma‟lum xususiyatlari berilishi mumkin.
Taraqqiyot davomida shunday vaqt keladiki, unda bolaning hayotiga
alohida faoliyat turi kirib keladi.
Bu faoliyatning shunday turiki, uning bevosita
maqsadi ma‟lum informatsiyalar, harakatlar va
ish-harakatlar shakllarini
o‟zlashtirishdan iboratdir. Sub‟ektning o‟z maqsadi o‟rganishdan iborat bo‟lgan
mana shunday maxsus faoliyatni ta‟lim (o‟quv) deb ataladi. Ta‟lim faoliyati o‟z
tarkibiga quyidagilarni oladi:
a) ma‟lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyat bilan tashkil
qilish uchun narsa va hodisalarning zarur xususiyatlari haqidagi informatsiyalarni
o‟zlashtirish ( bu jarayonning mahsuloti bilimdir);
b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan
usul va operatsiyalarni
o‟zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo‟ladi);
c) ko‟zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to‟g‟ri yo‟l
va operatsiya tanlash hamda nazorat qilish uchun ko‟rsatilgan informatsiyalardan
foydalanish usullarni egallash (bu jarayonning mahsuli - ko‟nikmadan iborat
bo‟ladi).
Shunday qilib, insonning ma‟lum bilim, ko‟nikma
va malakalarni
o‟zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta‟lim bilan
bog‟liq bo‟ladi. Ta‟lim jarayoni insoniyatning ijtimoiy tajribasini o‟zlashtirishga
yo‟naltirilgandir.
Shaxslararo munosabat to‟g‟risida. Guruhda shaxslararo munosabat:
simpatiya (mehr-muhabbat), antipatiya, uyushganlilik. O‟zaro kelishuv,
guruh
a‟zolari orasida izzat-hurmat. Rasmiy va norasmiy liderlik. Liderlik nazariyalari.
Guruhning va uning ichki tuzilishi ni o‟rganish metodlari: sotsiometriya,
refrentometriya metodlari. Ta‟lim-tarbiya jarayonida shaxslararo mos kelishlikni,
munosabatlarini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: