Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə228/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar. Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.

Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi
: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz maktabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.


  • Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chadajoylashgan?

    2. U necha qavatli?

    3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?

    4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?

    5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?


Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namunaviy hikoya berishi mumkin). Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).

Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir «Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatlardagi kayfiyatda aytishlari mumkin).

Jismoniy daqiqa:
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

1. Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?

2. U necha qavatli?

3. Maktabgacha ta’lim muassasamizning qanday xonalari bor?

4. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

5. Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

O‘zbek xalq maqollari bolalarni tarbiyalaydi va ularga hayotdagi yangiliklarni o‘rgatadi.


Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə