Mavzu: Tansportlar Maqsad



Yüklə 105,05 Kb.
tarix21.05.2022
ölçüsü105,05 Kb.
#87643
Mavzu transport
Calendar plan-Pul va banklar (2)

Mavzu: Tansportlar
Maqsad: Bolalarga transport to`g`risida tushuncha berish hamda transportning havo, suv, yerda harakatlanadigan turlari haqida umumiy ma’lumotlar berish, transportlarni hayotimizdagi ahamiyati, uning qaysi turidan qanday foydalanish kerakligi hamda transport vositalaridan o`zimizni munosib tutishimizni kerakligini o`rgatish.
Kerakli jixozlar:
Mavzuga oid rasimlar, qog`oz, rangli qalamlar. Transport vositalarining rasimlari va o`yinchoqlari.
Markazlar: “Avtomobil turargohi”, “Tasviriy faoliyat” va “O`yin va o`yinchoqlar”.
Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida o`tirib oladilar.
Tarbiyachi: Assalomu-alaykum, bolajonlar.

Bolalar: Assalomu-alaykum
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga transportlar haqida she’r aytib beraman
Transport turlari haqida tushuncha berish
Transport turlarin,sanay birma bir
Erda yurar avtobus, poezd, matizu, lada
Uzoqni yaqin qilar, og‘irimizni engil
Xatto yuklarni tashib, keltiradi ko‘p foyda
Samolyot, raketa hamda vertolyot
Osmonda uchadi misoli qushdek
Uzoq o‘lkalarga qilib sayohat
Bir zum uyingizga kelasiz tushdek
Okeanu, dengizlar hamda daryoda
Suzadi baliqdek paroxod zumda
Qayiq, kemalarda olis yurtlarga
Odamlar borishar qiynalmay kunda
Tarbiyachi: Hammangizni mashg`ulotga tayyorlanib o`tirib olamiz. O`ng tamonga qaraymiz, chap tomonga qaraymiz. Hammamiz xursand bo`lib mashg`ulotni boshlaymiz. Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan havo, suv, yer ustki transport vositalari haqida suhbatlashamiz. Hozir men sizlarga topishmoq aytaman.

Uchta ko`zli qarang

Yonar rang barang
Bolajonlar javobi: Svetafor

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bolajonlar bilasizlarmi yerdagi barcha transport vositalari svetafor bilan boshqariladi. Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar uning nomlarini aytasizlar. (tarbiyachi poyezd, samalyot, mashina, avtobus, kema, vertalyot rasimlarini ko`rsatadi, bolalar ularning nomlarini aytib beradi).
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilar ekansizlar. Endi ularning qanday vazifa bajarishlarini qisqacha aytib o`taman. Poyezd yer ustki transporti hisoblanib, u odamlar va yuk tashish uchun mo`ljallangan bo`ladi. U maxsus temir yo`llarida harakatlanadi. Kelinglar turgan joyimizda harakatlanib poyezd harakatini o`xshatamiz. (Bolalar turishadi, turgan joyda, jo`r bo`lib poyezd ovoziga va harakatiga taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: Bolajonlar, uzog`imizni yaqin qilishda mashinalar bilan avtobus ham millionlab odamlarga xizmat ko`rsatadi. Bolajonlar, avtobusda o`zimizni qanday tutishimiz kerak?
1-bola: Avtobusda ko`p kulish, haydovchiga halaqit berish mumkun emas.

2-bola: Baland ovozda gapirmaslik yugurib yurmaslik kerak.

3-bola: Oynadan boshini chiqarish mumkun emas
Tarbiyachi: Judayam to`g`ri bolajonlar, bu bildirgan fikrlaringizga men ham qo`shilaman. Bolalar kim menga havo transporti nima ekanini aytib beradi?
1- Bola: Samolyot va vertalyot
Tarbiyachi: Samalyot va vertalyot qanday harakatlanadi, kim ko`rsatib beradi? Bolalardan ikkitasi turib samalyot va vertalyot uchgandek harakatlanadi.
Tarbiyachi: (jismoniy daqiqa o`tadi)
Xoy samalyot, samalyot,
Seni yaxshi ko`ramiz.
Uchib o`tsang osmondan,
Quvnab qarab turamiz.
Tarbiyachi: Endi bolalar suvda harakatlanadigan transportlar nomlarini aytib beringlar.
1-bola: Paraxod, kema, qayiq
Tarbiyachi: Ikki xil suv ustki va suv ostki kemalari bo`ladi. Biz suv usti kemalari haqida tasavvurga ega bo`ldik. Kelinglar birgalikda suv usti kemasini maketini yasaymiz. (Bolalar tarbiyachining ko`rsatmasi bilan oq qog`ozdan kema maketini yasashadi).
Tarbiyachi: Barakalla bolalar, sizlar yasagan kemalar bir-biridan chiroyli chiqibdi. Endi aytinglarchi, Vatanimizda qanday avtomashinalar ishlab chiqariladi. (Bolalar avtomashinalar markalarini sanashadi).
Tarbiyachi: O`zbekistonning Andijon, Xorazm, Samarqand viloyatlarida turli xildagi avtomashinalar ishlab chiqariladi. Bolajonlar, kelinglar endi har birimiz o`zimizga yoqqan transport vositalarining rasmini chizamiz. (Tarbiyachi chizishga qiynalyotgan bolalarga ko`maklashadi, chizdirish davomida bolalar ishini rag`batlantirib turadi).


Yüklə 105,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə