Jasurbek Yo‘ldashov



Yüklə 8,49 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü8,49 Kb.
#167521
  1   2   3
2.Jasurbek Yo‘ldashov

Jasurbek Yo‘ldashov

Hozirgi o'zbek drammaturgiyasi.

Dramatik tur o’zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo’ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning " Padarkush" asari 1911 yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo’lgan bu o’zbek dramaturgiyasi o’tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urishi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan.

Bu susayish ayniqsa o’tgan asrning "turg’unlik davri" deb atalgan va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq seziladi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o’rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan shug’illanadigan maxsus ijodkorlar juda kam

Borlari ham tezda shuhrat topib kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug’iladi. Uchinchidan bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o’z asari bilan boyib ketayotgani yo’q. Shunga qaramay so’ngi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo’shab ham qolmadi, ozmi-ko’pmi tomoshabin teatrga ham kirib turdi.

Eng muhimi so’ngi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomondan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. San’atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar ananalarga ko’ra ko’plab she’riy dramalar dunyoga keldi.

E.Vohidovning "Istanbul fojiasi", A. Oripovning "Sohibqiron", U. Qo’chqorning "Rasululloh kotibi", R. Bobojonning "Yusuf va Zulayho" kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko’lamining kengayishida yaqqol ko’rinadi


Bu borada ayniqsa tarixiy mavzudagi sahna asarlarning ko’payganligini alohida takidlash lozim. Tarixga munosabatning o’zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma’naviyma’rifiy merosini qadrlash, tarixiy manbalarni o’rganish tufayli xalqimiz o’zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa Amir Temur, Ahmad al-Farg’oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakllardagi sahna asarlari dunyoga keldi.

Yüklə 8,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə