Jasurbek Yo‘ldashov



Yüklə 8,49 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü8,49 Kb.
#167521
1   2   3
2.Jasurbek Yo‘ldashov

Bular orasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning "Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi" nomli tarixiy dramasi muhim o’rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, O. Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60 yillardayoq " Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim", "Yurak yonmog’i kerak", "Chin muhabbat", "Olma gullaganda", "Bir koshona sirlari" deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi.

Mana shu tajriba va mahorat san’tkorning so’ngi dramasida o’zining yaxshi samarasini bergan. Bu davrda zamonaviy mavzularda ham ko’plab dramalar dunyoga keldi.

Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov, Usmon Azim, Sanjarali Imomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz Toir Yunusovlar samarali ijod qildilar.


Ulardan ba’zilarining asarlari teatrlarning doimiy repertuariga aylandi va tomoshabinlarning tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi. Zero teatrning xalqni ma’naviy ma’rifiy ruhda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi ekanligi azaldan ma’lum. Sahna real hayotning baddiy ko’zgusidir. Shu ma’noda yuqorida nomlari tilga olingan dramaturglardan E. Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi.

U ko’proq xalq og’zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografik mavzularga milliy urf-odatlarimizda o’lib borayotgan udumlarga murojat qildi. E. Xushvaqtovning O’zbekiston milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan "Chimildiq", "Qalliq o’yin", "Qirmizi olma", "Andishali kelinchak" kabi pesalariga iloji boricha o’zbek xalqining azaldan yashab kelgan udimlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ularni yangicha an’analar bilan boyitishga, yosh avlodning munosabatini oshirishga urinadi.Ko’p o’rinlarda bunga erishadi ham.

O’z niyatini ifodalash uchun tanlangan usul va shakllarda yutuqqa erishavermaydi. Masalan, "Chimildiq", "Qalliq o’yin" dramalari avvalo, yengil-yelpi voqealar asosiga qurilgani, personajlar o’rtasidagi munosabatlarning o’ta sun’iyligi, urf-odatlarimizning qadrini ko’tarish o’rniga o’ziga nafrat uyg’otadi. Bu dramalarda yechim ham tomoshabinni qoniqtirmaydi.


Yüklə 8,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə