Salomlashish. Tanishuv. Xayrlashuv



Yüklə 35,53 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü35,53 Kb.
#166761
chettili mashgʻulot ishlanmasi.2





SALOMLASHISH. TANISHUV.XAYRLASHUV.

Mavzu bo’yicha lug’at.


Hello! – Salom!


Hi! – Salom!


Good morning! – Xayrli tong!


Good evening! – Xayrli kech!


Good night! – Xayrli tun!


Good –bye! – Xayr


Bye-bye! – Xayr


What is your name? – Isming nima?


My name is… – Mening ismim …


How are you? – Ishlaring qalay?


I am fine! –- Yaxshi!


How old are you? – Necha yoshdasan?


I am … (five/six) – Men (besh/olti) yosh.


Thank you – Rahmat!


Please – Iltimos!


Hands up! – Qo'llar tepaga!


kiyimlarida [ou], [p], [t], [d], [ɔ] tovushlari tasvirlangan kartondan kesib olingan

kulguli odamchalar;


5) sexrli qopcha.


Darsning borishi


Tarbiyachi: Salom kichkintoylar! Mening ismim….! Siz bilan ingliz tilini


birgalikda o'rganamiz. Keling oldin tanishib olamiz? Ismingiz nima?


Bolalar ismlarini aytishadi.


Tarbiyachi: Bu qanday til bo’ldi ingliz tili? Aytinglarchi menga, hozir qaysi tilda


gaplashyapmiz? Ingliz tilidami?


Bolalar: Yo’q! Uzbek tilida!


Tarbiyachi: (Zumrad va Qimmat rasmini ko’satadi): Do’stlarimiz qaysi tilda


gaplashadilar?


Tarbiyachi: To’g’ri, uzbek tilida, chunki Zumrad va Qimmat qahramonlarini


O’zbekistonda yaratishkan. Mamlakatimizda odamlar uzbek tilida gaplashadilar.


Lekin dunyoda boshqa mamlakatlar ham bor. Men sizlarga olib kelgan ajoyib


xaritamga qarang. This is a map. Bu xarita. Bu erda turli mamlakatlar chizilgan, ko'k


rangdagisi - okean, juda ko'p suv bor! Odamlar esa quruqlikda yashaydilar. Mana,


turli mamlakatlar: Amerika, Angliya, Avstraliya. Ushbu mamlakatlarda bolalar va


kattalar ingliz tilida gaplashadilar. Ammo bizning mamlakatimiz - Uzbekiston!


Uzbekistonda odamlar uzbek tilida gaplashadilar.


Bolalar xaritani ko'rishadi.


Tarbiyachi: (Mikki-Maus rasmini ko'rsatadi): Bu kim bolalar?


Bolalar: Mikki Maus!


Tarbiyachi: Good! (Bu "yaxshi!" degani). Mikki-Maus haqidagi Multfilmlarni


qaysi mamlakatda yaratishkan bilasizmi? Amerikada! Mikki-Maus aslida faqat


ingliz tilida gapiradi. Bu kim?


Tarbiyachi Vinni-puxni rasmini ko’rsatadi


Bolalar: Vinni-pux


Tarbiyachi: Good for you! Vinni-Pux Angliyada yashaydi, Vinni-Pux do’stlari


bilan qaysi tilda gaplashadi? uzbek tilidami ingliz tilidami?


Bolalar: Ingliz tilida!


Tarbiyachi: Very good! Juda yahshi!


Kenguru rasmini ko’rsatadi.


Tarbiyachi: Bilamanki, sizlar menga darhol bu hayvonni qanday nomlanishini


aytasizlar. Kim biladi?


Bolalar: Kenguru!


Tarbiyachi: Very good! It's a kangaroo! Kenguru Avstraliyada yashaydi. U yerda


ham ingliz tilida gaplashadilar.


Bizni mashg’ulotlarimizga kulguli odamchalar tashrif buyurdi ular ingliz tovushlari.


Ularning hammasini familyasi bir hil English sounds (ingliz tovushlari), ismlari esa


turli hil.


Mana birinchi odamcha ([p] tovushli odamchani ko’rsatiladi).


Hands down! – Qollar pastga!

Jump! – Sakramoq!


Turn around – Ortga burilmoq!


Clap your hands! –Qarsak chaling!


Stamp your feet! –Qadam tashlang!


Run! – Yugurmoq!


Go! –Bormoq!


Close your eyes! – Ko'zlaringizni yuming!


Girl – qiz.


Boy – bola.


1- Dars

Ushbu darsda bolalar:

1) aholisi ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlar haqida;


2) 3 ga qadar ingliz tilida sanashni;


3) ingliz tilida salomlashish va hayirlashishni;


4)savolga javob berishni «What's your name?», “My name is …(Sardor).”


5) turli buyruqlarni tushunish va amalga oshirishni (“Hands up!”, “Hands down!”,


“Jump!”, “Turn around”, “Stop!”, “Hop!”);


6) [ou], [p], [t], [d], [ɔ] tovushlarini o’rganadilar.


Ushbu dars uchun sizga kerak bo'ladi:


1) qo'lga kiyish mumkin bo'lgan qog’irchoq maymun;


2) Mikki-Maus, Piggy, Stepashki, Fili, Vinni-pux, Zumrad va Qimmat, kenguru


tasvirli rasmlar;


3) ko'k fonda jigarrang qit'alarning taxminiy tasavvurlaridagi katta "xarita";


Bu kichkina odam, [p] - chunki har doim puf-puf etib puflaydi, u doimo biror

narsadan norozi. Mendan keyin qaytaring [p]. Say after me [p]-[p]-[p]- [p].


Ikkinchi odamcha [t] ([t] tovushli odamcha ko’rsatiladi), u shodlanishni yaxshi


ko’radi – uning tili yuqori va old tishlarga sakraydi va [t]-[t]-[t]-[t]deb aytadi. Keling


shodlanamiz. Say after me [t]-[t]-[t]-[t].


Uchinchi odamni ismi - [d], chunki u tez-tez o'yinchoq mashinasini o'ynaydi, bunda


ham tilini tepaga qo’yib, aytiladi [d]-[d]-[d]-[d]. Say after me [d]-[d]-[d]-[d]. ([d],


tovushli odamcha ko’rsatiladi).


To'rtinchi odamchamiz hammani zeriktirib yuradi [ɔ]-[ɔ]-[ɔ]-[ɔ]. Say after me [ɔ]-


[ɔ]-[ɔ]-[ɔ].


Beshinchi odamcha har doim hayratlanadi, har bir narsa unga qiziqarli ko'rinadi:


[ou]-[ou]-[ou]. Keling biz ham hayratlanaylik [ou]-[ou]-[ou].


Bolajonlar qarang menda nima bor, bu sexrli qopcha, It’s the magic sack. Ushbu


sexrli qopcha ichida dugonam yashaydi. U yonimga Angliyadan kelgan va faqat


ingliz tilida gaplasha oladi. Sizlarning yonizga bormoqchi bo’lib turganimda men


bilan borishni iltimos qildi. Faqat u juda uyalyapti. Keling ko’zlarimizni yumamiz,


keyin u paydo bo’ladi, faqat sizlar ingliz tilida uchgacha sanashingiz kerak: one,


two, three! Demak, close your eyes! (ko’zlarimizni yumamiz).


Bolalar ko’zlarini yumadi va uchgacha sanashadi.


Tarbiyachi (tezda maymunni qoliga kiyib oladi:) One, two, three! Open your eyes!


Bolalar ko’zlarini ochishadi.


Maymuncha: Hello!


Tarbiyachi: Bolajonlar bu kim? It’s a Monkey. Bu maymuncha. Oh, hello, Monkey,


good to see you! (buni men aytdim: "Salom, maymun, seni ko'rganimdan


xursandman!"). Kelinglar maymuncha bilan ingliz tilida salomlashamiz «Hello,


Monkey!»

Bolalar: Hello, Monkey!

Tarbiyachi: Maymuncha sizlar bilan tanishishni xohlayapti. Ahir u sizlarning


ismlaringizni bilmaydiku. U sizlardan ismlaringizni so’raydi. What's your name?


(Ismingiz nima?) sizlar esa ismlaringizni aytasizlar, shunday qilib tanishib olasizlar.


Tarbiyachi va maymuncha har bir bolani yoniga borib kichik suxbat o’tkazadi.


Maymuncha: Hello! My name is Monkey. What is your name?


Bolalar: My name is…


Bolalar maymuncha bilan tanishadilar.


Tarbiyachi: Bolalar, maymuncha menga nimadir aytishni xohlayapti (maymuncha


Tarbiyachining qulog’iga shivirlaydi) A tushunarli. Maymuncha sizlarga ingliz


mashqlarini namoyish etishni istayapti. Hohlaysizlarmi?


Bolalar: Ha!


Maymun Tarbiyachiga qaraydi


Tarbiyachi: Bolajonlar, maymuncha tushunmadi, mashqlarini ko’rishni


xohlaysizmi yo’qmi. Kelinglar inglizchada aytamiz «Yes!» («Ha!»)


Bolalar: Yes!


Tarbiyachi: Kel, maymuncha men senga ingliz mashqlarini aytaman, sen esa


bajarasan


Hands up! Hands down!

Jump! Jump!


Turn around!


One, two, three, hop! (Ushbu so’zlar davomida bir oyoqda sakrash kerak.)


One, two, three, stop!


Tarbiyachi: Ushbu mashqlar yoqtimi? Keling, buni birgalikda bajarishga harakat


qilamiz. Faqat maymunchamiz charchab qolipti. Ahir u uzoq yo’l bosib Angliyadan


keldiku. Maymuncha, yotib uhla, dam ol. Biz esa bolalar bilan asta-sekin ingliz


mashqlarini bajaramiz. Har ehtimolga qarshi bolalarga «Ko’rishkuncha» deb ayt


(«Good-bye!»).


Maymuncha: Good-bye, kids!


Tarbiyachi: Va sizlar, faqat ingliz tilida maymunchamiz bilan xayrlashinglar.


Bolalar: Good-bye, Maymuncha!


Tarbiyachi maymunni qopchaga solib qoyadi


Tarbiyachi: Shunday qilib, maymuncha uyg'onmasligi uchun, keling, ingliz


mashqlarini ohistalik bilan qanday bajarish kerakligini bilib olamiz va kelgusi safar


bizga Maymuncha tashrif buyurganda, u qanday qilib buni bilib olganimizdan


hayratda qoladi.


Bolalar mashqlarni bajarishadi «Hands up! Hands down!...»


Tarbiyachi: Ana endi bolajonlar bu mashqlarni mensiz bajarishka harakat qilib


ko’ringlar.


Bolalarning o’zlari mashqlarni bajarishadi Tarbiyachi esa ingliz tili so’zlarini


aytadi, agar bironta bola unutib qo’ysa, Tarbiyachi unga qanday bajarish


kerakligini ko’rsatib beradi.


Tarbiyachi: Good for you! («Barakalla»). Bugun ko’p qiziqarli narsalani bilib


oldik. Maymuncha qayerdan keldi? U qaysi tilda gapiradi? Va yana qaysi davlatlar




ingliz tilida so’zlashadilar? Ingliz tilida qanday salomlashib hayrlashadilar? Goodbye!
Yüklə 35,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə