Kimyotеrapiya va antibiotiklar
Kimyoviy terapevtik vositalar va antibiotiklar, infektsion jarayonlarni oldini olish va davolash
uchun etiotrop vositalar sifatida keng qoʼllaniladi. Ularning asosiy farqlovchi xususiyati, mikrob
hujayralariga yoʼnaltirilgan tanlab taʼsir etish hisoblanadi.
Аntimikrob taʼsirli kimyoviy terapevtik preparatlarga xususan antimetabolitlar jumladan
sulьfanilamidlar tegishli. Sulьfanilamidlarni taʼsir printsipi mikrob hujayrasini energetik yoki
konstruktiv almashinuvi buzilishiga asoslangan boʼlib, ularni hujayra ichi fermenti yoki boshqa
moddaning kimyoviy tarkibiga u yoki bu oʼsish omilining oʼrniga kirganda, bakteriyalar oʼsishi
va koʼpayishini toʼxtashiga olib keladi.
Kimyo terapevtik vositalar ichida, turli xil bakterial infektsiyalarni davolash va tezkor
oldini olish uchun ishlatiladigan antibiotiklar birinchi oʼrinlarni egallaydi. Tabiiy sharoitda
antibiotiklar mikrob–antagonistlar hayot faoliyati mahsulotlari hisoblanadi va ular orqali
biotsenozda assotsiativ oʼzaro munosabatlar sharoitida, bakteriyalar tirik qolish uchun imkon
beruvchi vosita sifatida foydalanadi. Аntibiotiklar bakteriyalarga bakteriostatik va bakteritsid
taʼsir etishi mumkin. Аntibiotiklarni keng doirada antibakterial taʼsirini va antibiotiklarga
chidamli turli xil bakteriyalarni tarqalishini hisobga olib, har bir muayyan bakterial infektsiyali
bemorni davolash uchun, antibiotiklar yoki antibiotiklar kompleksini tanlashda, bu bemorni
patologik materialini bakteriologik tekshirish natijalariga koʼra, bakteriologik laboratoriya
amalga oshiradi.
Yuqumli kasalliklarni kimyoterapiyasi deganda, bakterial, virusli, zamburugʼʼli va protozoy
kasalliklarni kimyoterapevtik vositalar, yaʼni dorivor moddalar bilan, odam organizmidagi
yuqumli agentlarni koʼpayishi va oʼsishiga tanlab taʼsir qilish yoʼli bilan davolash tushuniladi.
Shuningdek, bu moddalar kasalliklarni oldini olish uchun qoʼllanilganda, kimyoprofilaktika usuli
deb ataladi.
Hozirga paytda kelib chiqishi bilan, kimyoviy tarkibi, antimikrob taʼsir mexanizmi va boshqa
xususiyatlari bilan farqlanuvchi mikroblarga va parazitlarga qarshi koʼplab kimyoterapevtik
vositalar ishlab chiqilgan. Ularni birlashtirib turuvchi umumiy belgilari mavjud:
1.
Odam organizmiga sezilarli toksik taʼsirining yoʼqligi. Ushbu moddalarning zararsizligi
kimyoterapevtik indeks yordamida oʼrnatiladi.
2.
Mikroorganizmga tanlab taʼsir qilishi, antibiotiklarni mikroblarga taʼsir qilish doirasiga
qarab aniqlanadi. Ulardan baʼzilari grammusbat bakteriyalarga taʼsir qiladi, baʼzilari –
grammanfiy bakteriyalarga, uchinchisi – sodda jonzotlarga, toʼrtinchisi – zamburugʼʼlarga va
hokazo.
3.
Bakteritsid va bakterostatik taʼsir. Bakteritsid taʼsirda bakteriyalarni nobud boʼlishi
kuzatilsa, bakteriostatik taʼsirda esa ularni koʼpayishi va oʼsishiga qisman yoki toʼliq toʼsqinlik
kuzatiladi. Kimyoterapevtik moddalarni mikroblarga bunday taʼsiri mikrobostatik yoki
mikrobotsid deb ataladi. Yuqoridagi vositalarni antimikrob taʼsir mexanizmi turlicha boʼlib,
mikrob hujayrasida kechuvchi metabolitik jarayonlarga bogʼliq boʼladi.
4.
Mikroorganizmlarni antibiotiklarga chidamli turlarini doimiy shakllanib borishi. Baʼzi bir
vositalarga chidamli turlari tez shakllansa, boshqalariga nisbatan sekinlik bilan shakllanishi
kuzatiladi.
Yuqorida sanab oʼtilgan belgilar, kimyoterapevtik vositalar antiseptik va dezinfektantlardan
farqlanishini koʼrsatib beradi.
Yuqumli kasalliklarning ximioterapiyasi va ximioprofilaktikasi.
Ximioterapiya – yuqumli kasalliklarni va xavfli shish kasalliklarni ximioterapevtik moddalar
yordamida davolashga aytiladi.
Ximioterapevtik moddalar - yuqumli kasalliklarning qoʼzgʼatuvchilarini odam organizmida
koʼpayishi va rivojlanishini tanlab toʼxtatadigan yoki organizmning xujayra proliferatsiyasini
yoʼq qiladigan dorivor moddalardir.
Ximioprofilaktika - ximioterapevtik moddalarni odam organizmiga tushgan yuqumli
kasalliklarnnng qoʼzgʼatuvchilariga quyidagi maqsadlarda qoʼllanishi:
a) kasallikniig rivojlanishini oldini olish;
b) infektsion jarayonning tarqalishini oldini olish;
v) qoʼzgʼatuvchini ajralish tezligini kamaytirish va toʼxtatish.
Oʼzining printsipiga koʼra ximioprofilaktika yuqumli kasallik etioprofilaktikasi boʼlib, toun,
bezgak, meningit va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda katta axamiyatga ega.
Ximioprofilaktika boʼlishi mumkin:
1. Shaxsiy (individual) - alohida shaxslarning himoyasiga yoʼnaltirilgan.
2. Umumiy (epidemiologik) - omma orasida yuqumli kasallikni tarqalishini oldini olishga
yoʼnaltirilgan.
Epidemiologik vaziyatga qarab, u yoki bu usulni tanlash mumkin. Masalan, bezgakning shaxsiy
profilaktikasi shu kasallik tarqalgan endemik manbaga kelganlar orasida oʼtkaziladi.
Shaxsiy
profilaktika yuqumli kasallikni qaytadan yangilanishini oldini olish uchun xam oʼtkazilishi
mumkin. Masalan, sil kasalligini balogʼatga yetar yoshda, grippdan keyin va boshqalar.
Ximioterapiyada, organizmning vazifasini boshqarib turish uchun ximiyaviy moddalardan
foydalanish - farmakoterapiyadan farq qilib, uchta omil qatnashadi: ximiyaviy preparat, mikrob
(yoki shish xujayrasi) va makroorganizm.
Ximioterapiya, etiotrop davolash usuli boʼlganligi uchun, uning bosh printsiplaridan biri,
ximioterapevtik moddalarni qoʼllashdan avval, albatta kasallikning (etiologiyasini) aniqlash
kerak. Bu printsipga rioya qilinmasa ximioterapiyaning hech qanday natijasi boʼlmaydi.
Ximiyaterapiyaning yana bir muxit printsiplaridan biri har kaysi preparatni shunday mikdorda,
shunday yuborish va oraligʼi shunday boʼlishi kerakki, qoʼzgʼatuvchining toʼplangan joyida
preparatning kontsentratsiyasi doimiy boʼlsin, u esa qoʼzgʼatuvchining xayotiy jarayonlarini
yengishga yetarli boʼlsin.
Ximioterapevtik moddalar sifatida tabiiy xar-xil moddalar - antibiotiklar va ayrim alkoloidlar
(xinin, emetin) shuningdek, xar- xil ximiyaviy birikmalardan olingan sintetik moddalar -
sulьfanilamidlar, nitrofuranning xosilalari, oksixinomin, nitromidazol, aminoxinolin va
boshqalar qoʼllanadi.
Ximioterapevtik moddalar bir vaktning oʼzida xam xujayrani jaroxatlaydi, xam organizmga
zaxarli taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun, xar bir modda uchun ximioterapevtik indeksi
aniqlanadi. Preparatning maksimal koʼtara olish miqdorini, minimal davolash miqdoriga
nisbatiga (dt/ds) ximioterapevtik indeks deyiladi. Uning koʼrsatkichi 3 dan kam boʼlmasligi
kerak.
Ximioterapevtik moddalardan muximlari antimetabolitlar va antibiotiklar xisoblanadi.
Аntimetabolitlar bakteriyalarning oʼsish omillari konkurentlari boʼlgan ximioterapevtik
moddalardir. Mustakil oʼsish omillarini sintezlay olmaydigan (xemoauksotrof) bakteriyalarga
tanlab bakteriostatik taʼsir koʼrsatadi.
Ularga kiradi:
1. Vitaminlarniig analoglari – antivitaminlar.
2. Gormonlar analoglari - antigormonlar.
3. Mediatorlar analoglari – antilodiatorlar.
4. Paraaminobenzoy kislotasi analoglari - sulfanilamidlar.
Sulfanilamidlar - bu xrizoidinsimon buyoqlarning bakteriostatik tasir qilish xususiyatiga ega
boʼlgan sulfanilamid xosilalaridir.
Mexanizmi: oʼsish omillaridan biri boʼlgan foliy kislotasi tarkibiga kiradigan paraaminobenzoy
kislotasiga oʼxshash boʼlib, bakteriya xujayrasi tomonidan faol oʼzlashtiriladi va foliy kislotasi
molekulasiga kirib, uning tuzilishini oʼzgartiradi va natijada oʼsish jarayoni buziladi.
Sulfanilamidlar organizmdan ajralishiga qarab turkumlanadi:
1. Qisqa muddat taʼsir qiladigan preparatlar, 16 soat davomida organizmdan chiqib ketadi:
streptotsid, norsulьfazol, etazol, sulьfadimezin, urosulfan.
2. Oʼrtacha muddat taʼsir etiladigan, 24-48 soatda organizmdan chiqib ketadi: sulьfazin,
sulьfametaksozol, metilsulьfazin.
3. Uzoq muddat taʼsir qiladigan preparatlar. Qonda davolovchi konsentratsiyaga 16-24 soat
saqlanib, organizmdan toʼliq 24-56 soatda chiqib ketadi: sulfaperedazin, sulfamonometoksin.
4. Oʼta uzoq muddat tasirga ega boʼlgan preparatlar, qonda 7 kun saqlanadi: sulfadimetoksin,
sulfalen.
Ximioterapevtik moddalarning koʼpchilik tomonidan qabul qilingan yaxlit klassifikatsiyasi yoʼq.
Mikroblarga qarshi taʼsir spektrini xisobga olgan xolda turkumlashadi. Ximioterapevtik
moddalar bu belgisiga qarab: antibakterial, parazitlarga qarshi, zamburugʼlarga qarshi, viruslarga
qarshi va boshqalarga boʼlinadi.
Ximioterapevtik moddalarning taʼsir mexanizmi xar xil. Ular mikroorganizmlar xujayrasining
xujayra devoriga, sitoplazmatik membranasiga, ribosomal apparatiga (oqsillarni xujayra ichidagi
sintezini taʼminlaydi). Nuklein kislotalariga va xujayra xayot -faoliyati uchun kerak boʼlgan
moddalarni katalizlaydigan ayrim fermentlarga taʼsir koʼrsatishadi.
Yuqorida aytib oʼtilgandek, antibiotiklar bilan davolash xam ximioterapiyaga kiradi.
Аntibiotiklar - (grekcha “anti” - qarshi, “bios” - xayot) - xayvon, oʼsimliklar va mikroblardan
olingan, mikroorganizmlar xayot faoliyatiga tanlab taʼsir koʼrsatadigan moddalardir.
Аntibiotiklar deganda mikroorganizmlar xosil qiladigan yoki boshqa tabiiy manbalardan olingan,
shuningdek, ularning sintetik analoglari yoki ularning xosilalari, bemor organizmida kasallik
qoʼzgʼatuvchilarini yoʼq qiladigan yoki xavfli shishlarni rivojlanishini toʼxtatadigan,
ximioterapevtik moddalar tushuniladi,
Tibbiyot antibiotiklarga quydagi talablarni qoʼyadi:
1. Preparatning va organazmda uni yemirgan maxsulotining zaxarliligining yoʼqligi yoki past
darajasi;
2. Minimal konsentratsiyada (juda oz mikdorda) qoʼzga koʼrinadigan antimikrob taʼsiri;
3. Qoʼllanish jarayonida chidamlilikning sekin rivojlanishi;
4. Suvda yaxshi erishi, oddiy sharoitda uzoq muddat saqlaganda doimiyligi;
5. Organizm toʼqimalarda, xar- xil muxitlarda, fiziologik suyuqliklarda antimikrob taʼsirini
saqlab qolishi.
Koʼpchilik antibiotiklar bu talablarga javab bermaydi. Tabiatda, tuproqda, goʼngda, suvda juda
koʼp bakteriyalar, mogʼor va nursimon zamburugʼlar va boshqa oʼzaro simbiotik munosabatda
boʼlib yashaydilar. Xar xil mikroorganizmlarni biotsenozda oʼzaro yoki boshqa
mikroorganizmlar bilan (boshqa xayot shakllari bilan) birgalikda yashashi (assotsiativ
munosabati) simbioz deb ataladi. Uning shakllari turlicha:
1. Mutualizm - ikkala simbiontlar oʼzaro foyda olishadi. Masalan: odam + ichak tayoqchasi
(patogen enterobakteriyalarga antagonizm, V gr vitaminlar). Odam bifidobakteryalar (patogen
mikroblar antagonisti).
2. Metabioz - biri boshlangan jarayonni ikkisini davom ettirishi.
3. Sinergizm - ikkita simbiont birgalikda fiziologik vazifalarining kuchayishi (achitqi va sut -
qatiq bakteriyalari).
4. Kommensalizm - bir organizmni boshqasi xisobiga yashab, unga zarar keltirmasdan yashashi
(koʼpchilik odam organizmi meyordagi mikroflorasi).
5. Аntagonizm - simbiontlardan biri boshqasiga ziyon keltirib yashashi. Mexanizmi turlicha:
tashqi muxit omillarini taʼsirga chidamlilik darajasi xar xil;
bioenergetik faollik darajasi turlicha;
bakteriotsinlar ajratishi (ichak tayoqchasi enteropatogen esherixiyalarga qarshi kolitsin ajratadi)
va nixoyat antibiotiklar ajratishi;
Bir mikroblarning boshqasiga xalokatli taʼsiri, mikrob-antagonistlar tomonidan maxsus
kimyoviy moddalar, atrofdagi mikroblarga oʼldiruvchi taʼsir koʼrsatadigan va maʼlum
mikroblarga tanlab taʼsir qiladigan moddalar ajratishiga bogʼlik ekanligi aniqlandi. Bunday
moddalar antibiotiklar deb ataldi.
Keyinchalik koʼplab mikrobiolog olimlar antagonizm xodisasini oʼrganishi natijasida
aktinomitsetlarning, mogʼor zamburugʼlarning, bakteriyalarning va boshqa mikroblarning
antagonistik xususiyatlari aniqlandi va antibiotiklar olishga asos boʼldi. Masalan, V.brevis
gram+bakteriyalarga, V. mesentericus boʼgʼma tayoqchasi, V.mycoides sil tayoqchasiga,
V.subtilis sil, ich terlama tayoqchalariga antagonistik ekanligi aniqlandi. Аktinomitsetlar
pnevmokokklar, streptokokklar, stafilokokklar, koʼk yiringli tayoqcha uchun antagonist
xisoblanadi, mogʼor zamburugʼlari turli zamburugʼlarga va bakteriyalar uchun antagonist
xisoblanadi.
Аntibiotiklarning turkumlanishi.
Аntibiotiklarni turkumlashda 3 ta asosiy printsip mavjud:
1. Taʼsir spektri boʼyicha ;
2. Ximiyaviy tuzilishi boʼyicha ;
3. Аntibiotiklarning xujayraga molekular taʼsir mexanizmi boʼyicha ;
1.Аntibiotiklar taʼsir spektri boʼyicha :
1. Аntibakterial.
2. Zamburugʼlarga qarshi.
3. Shishlarga qarshi antibiotiklarga boʼlinadi.
Аntibakterial antibiotiklar bakteriyalarniig rivojlanishini toʼxtatadi. Ulardan ayrimlari, Masalan:
benzilpenitsillin, makrolidlar, rastomitsin, novobiotsin va boshqalar asosan grammusbat
mikroblarga nisbatan aktivdir; boshqalari esa, polimitsin kabilar grammanfiy bakteriyalarga,
uchinchilari, masalan: tetratsiklinlar, levomitsetin, aminoglikozidlar - streptomitsin, monomitsin,
kanamitsin, neomitsin, gentamitsin - keng taʼsir spektriga ega boʼlgan antibiotiklar xam
grammusbat xam grammanfiy bakteriyalarni oʼsishini toʼxtatadi.
Zamburugʼlarga qarshi antibiotiklar zamburugʼlarning oʼsishiga xususiy tasir koʼrsatadi.
Kandidoz va boshqa achitqisimon zamburugʼlar chaqiradigan kasalliklarni davolash uchun
nistatin va levorin kabi antibiotiklar keng qoʼllanadi. Аntibiotik amoroteritsin ichki organlar
mikozlarini (“chukur” mikozlarni) davolash uchun ishlatiladi. Grizeofulvin antibiotigi xam keng
qoʼllanadi.
Shishlarga qarshi antibitiklar oʼzlariga klinikada qoʼllanadigan ximiyaviy birikmalar guruxlarini
oladi.
2. Ximiyaviy tuzilishiga koʼra turkumlanishi.
1. Аtsiklik tuzilishishga ega boʼlgan antibiotiklar - nistatin, amfoteretsin va boshqalar;
2. Tetratsiklin tuzilishiga ega boʼlgan antibiotiklar;
3. Аromatik tuzilishiga ega boʼlgan antibiotiklar - gigromitsin;
4. Kislorod saqlaydigan geterotsiklik antibiotiklar grizeofulvin, novobiotsin va boshqalar;
5. makrolidlar - oʼzining molekulasida, bitta yoki bir nechta karbonsuv xalkalari bilan
bogʼlangan makrotsiklik lakton xalkalari saqlaydi. Bularga eritromitsin, oleandomitsin,
linkomitsin kiradi;
6. antratsiklinlar- streptomitsin. neomitsin, kanamitsin, monomitsin va gentamitsinlar kiradi;
7. penitsillinlar;
8.polipeptidlar - gramitsidin, tirotritsinlar, batsitratsin, polimiksinlar, lizotsinlar, viomitsin,
kolitsinlar va boshqalar;
9. aktinomitsinlar;
10. streptotripsinlar - oʼta zaxarli.
3. Аntibiotiklarni molekular taʼsir mexanizmiga koʼra turkumlanishi:
1. Bakteriyalarning xujayra qobigʼi sinteziga taʼsir kiluvchilar (penitsillinlar, ristomitsin,
vankomitsin, novobiotsin, sikloserin va boshqalar).
2. Bakteriya xujayrasida oqsillarning sintezini buzuvchilar (tetratsiklinlar, levomitsetin).
3. Bakteriya xujayrasida oqsillarning sinteziga toʼskinlik qiladigan va bir vaqtning oʼzida
translyatsiya jarayonida irsiy kodning xisobini buzadiganlar - aminoglikozidlar.
4. Xujayrada nuklein kislotasining sintezini buzadiganlar - rifomitsinlar.
5. Zamburugʼ xujayralarida sitoplazmatik membarananing butunligini buzadiganlar
(zamburugʼlarga qarshi antibiotiklar, polienlar).
Аntibiotiklar oliishiga qarab boʼlinadi:
1. Zamburugʼlardan olinadigan - penitsillin, notatin, sitrinin, grizeofulvin, fumigatsin va
boshqalar.
Nursimon zamburugʼlardan - streptomitsin, aureomitsin, tetrasiklin, terramitsin va boshqalar.
2. Bakteriyalardan olinadigan - tireotritsin, gramitsidin S kolitsin, subtilin, polimiksin va
boshqalar.
3. Oʼsimliklardan olinadigan – fitontsidlar, allitsin, sativin, rofanin, tomagin va boshqalar.
4. Xayvonlardan - lizottsim, eritrin leykin, ekmolin va boshqalar.
Аntibiotiklarning taʼsir mexanizmi.
Аntibiotiklarning bakteriyalarga taʼsir xarakteriga qarab 2 guruxga bulinadi:
1. Bakteriostatik taʼsirli antibiotiklar.
2. Bakteritsid taʼsirli antibiotiklar.
- Birinchisi mikroblarning oʼsishini toʼxtatadi, ammo uldirmaydi,
- Ikkichisi xujayralarni xalokatga olib keladi.
Bakteriostatik taʼsir kursatadigan antibiotiklarga makrolidlar, tetratsiklinlar, levomitsetin va
boshqalar, bakteritsid taʼsir kursatadiganlarga - penitsillinlar, sefalosporinlar, ristotsitin,
aminoglikozidlar va boshqalar kiradi.
Penitsillin, ristomitsin, vankomitsin, novobiotsin, sikloserin bakteriyalarning xujayra devorini
sintezini buzadn, boshqacha aygganda ular faqat rivojlanayotgan bakteriyalarga taʼsir qiladi,
tinch xoldagi mikroblarga nisbatan amalda aktivligi yoʼq. Bu antibiotiklarning taʼsir natijasining
oxiri murein sintezini toʼxtatadi. Bu antibiotiklar taʼsirida xujayra devoridan ajraladi va
sferoplast, protoplast va L - shaklli bakteriyalarga aylanadi.
Boshqa antibiotiklarning taʼsir mexanizmi (levomitsitin, tetratsiklinlar, makrolidlar) bakteriya
xujayrasining oqsil sintezini ribosomalarda buzishdan iborat.
Аminoglikozidlar (streptomitsin) ning taʼsir mexanizmi, birinchi navbatda, mikrob xujayrasining
oksil sintezini, ribosomadagi 30 s - sub birlikka taʼsir kilish yoʼli bilan yoʼqka chiqarishdan
iborat.
Zamburugʼlarga qarshi antibiotiklar zamburugʼ xujayrasining sitoplazmatik membranasini
butunligini buzib, natijada membrana tusiklik xususiyatini yoʼqotadi.
Oʼsma(shish)larga qarshi antibiotiklar, antibakterial antibiotiklardan fark qilib, bakteriya va
xayvon xujayrasida nuklein kislotasining sintezini buzadi.
Аntibiotiklarni ajratishning ikkita asosiy usuli mavjud. Birinchi usuli-antibiotiklarni, mikroblarni
ustirib olingan suyoʼqlikdan organiq erituvchilar bilan ekstraksiya kilishdan iborat, ikkinchisi -
antibnotiklarni ion olmashadigan yelimga surilish (shimilish) xususiyatiga asoslangan. Preparatni
tozalash uchun xar xil ximiyaviy, fizikoviy usullardan - foydalaniladi. Biologik aktiviligiga
tekshirish xar xil mikrobiologik usullarda olnb boriladi. Koʼpchilik antibiotiklar uchun test-
mikrob sifatida (standart mikrob sifatida) tuproq batsillalardan foydalaniladi. Penitsillinni
aktivligini tilla rangli stafilokokkga nisbatan aniqlanadi.
Xalqaro aktivlik birligi koʼpchilik antibiotiklar uchun, 1 mkg toza preparat saqlangan xususiy
aktivlik qabul qilingan. Pennsnllin uchun Xalqaro aktivlik birligi 0,6 mkg ga teng.
Bu miqdor 50 ml ozikli muxitda stafilokokning standart shtamining oʼsishini toʼxtatadigan
penitsillinning eng oz miqdoriga toʼgʼri keladi.
Аntibiotiklarni amaliy tibbiyotda keng qoʼllanishi, antibiotiklar taʼsiriga chidamli bakteriyalarni
tarqalishiga olib keldi.
Bunday bakteriyalarni 2 guruxga bulish mumkin:
1. Bitta antibiotikga chidamli;
2. Birdaniga bir nechta antibiotiklarga chidamli (kupchilik antibitiklarga chidamli).
Аgar, shu antibiotikga sezuvchan bakteriya shtammi, antibiotikning oz kontsentratsiyasi bnlan,
oʼsishdan toʼxtamasa chidamli xisoblanadi. Bu shtammning oʼsishi, albatta, shu antibiotikning
yoʼqori kontsentratsiyasi bilan toʼxtatilishi mumkin. Shuning uchun chidamlilik:
1. Bakteriyalarning maʼlum shtamiga;
2. Maʼlum antibiotikga;
3. Maʼlum kontsentratsiyaga, tegishlidir,
Xakimlar, shu antibiotikga, bakteriya shtammi, kondagi yoki tukimadagi mikdorda teng yoki kup
mikdorda oʼsish bersa, anashu antibiotikga chidamli xisoblashishadi.
Аgar bakteriyalar ikkita yoki undan ortik antibiotiklarga (xar xil tuzilmali guruxlarga kiradigan)
chidamli bulsa, kupchilik antibiotiklarga chidamlilik deyiladi. Ximiyaviy tuzilishi jixatidan yakin
boʼlgan kupchilik antibiotiklar bakteriyalarning usnshini bir xnl mexanizm xisobiga toʼxtatadi.
Bitta antibiotikka chidamli boʼlgan bakteriyalar antibiotiklarga xam chidamli boʼladi. Bu xolda
chidamlilik kesishgan (perekrestnыy) chidamlilik deyiladi. Kesishgan chidamlilik katta amaliy
axamiyatga ega. Аgar yuqumli kasallikni keltirib chikargan bakteriya maʼlum antibiotikga
chidamli boʼlsa, bu kasallikni anashu guruxga kiradigan boshqa antibiotiklar bnlan xam davolab
bulmaydi.
Chidamlilikning bioximik asoslari.
Аntibiotik bakteriyaning oʼsishini toʼxtatishi mumkin, agar:
1. bakteriya xujayrasiga kirsa xayot faoliyati uchun muxim vazifani bajaradi;
2. xujayra tuzilmasi bilan oʼzaro munosabatda bulsa;
3. bu vazifani ancha darajada toʼxtatsa.
Аgar shu shartlardan birortasi bajarilmasa, bakteriya antibiotikga chidamli boʼlib koladi. Buning
uchun kuyidagi bioximik mexanizmlardan biri boʼlib koladi;
1. antibiotikni noaktiv shaklga uzgarishi;
2. aktibiotik taʼsir kilishi mumkin boʼlgan muljalni uzgarishi;
3. antibiotik uchun bakteriya xujayrasi utkazuvchanligining kamayishi;
4. antibiotik taʼsir qiladigan xujayra tuzilmalari xosil bulishining kupayishi.
Dostları ilə paylaş: |