Kommutatsiya va marshrutizatsiya


ICMP (Internet Control Message Protocol-



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
kkkkk

ICMP (Internet Control Message Protocol- boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli) - Internet tarmog‘ida xabarlarni nazorat qilish protokoli bo‘lib, foydalanuvchining paketlarini uzatishda to‘xtab qolish vaziyatlarida aloqani tiklashni ta’minlaydigan TCP/IP stekining to‘rtta tayanch protokollaridan biri.
ICMP protokoli marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishiga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas.
Oxirgi qurilmada xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qo‘llanilishi mumkin, lekin bu xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‘yicha IP paket ichida uzatiladi.
ICMP protokolining vazifalari:

  • birlashgan tarmoqni tashkil etishda qurilmalarni qobiliyatini tekshirish usuli, takroriy exo (Echo va Reply ICMP xabarlari) xabarlari;

  • eng samarali marshrutizatsiyani qo‘llab quvvatlash usuli (Redirect ICMP xabari —ICMP qayta manzillash);

  • mazkur birlashgan tarmoq doirasida qaysidir deytagramma unga belgilangan mavjud bo‘lish vaqtini oshirganligi to‘g‘risida manbaga xabar berish usuli [ICMP- xabari Time Exceeded (vaqt orttirilgan];

  • boshqa foydali xabarlarni uzatish usuli.

ICMP ga yaqinda qo‘shilgan to‘ldirishlar yangi qurilmalarga hozirda ishlab turgan oraliq tarmoqlarda kichik tarmoqlarning maskasini topishni ta’minlaydi. ICMP ixtiyoriy IP protokolini ishlatishda uning integral qismi hisoblanadi. Ayniqsa marshrutizatorlar ishlashida katta axamiyatga ega. ICMP xabarlari bilan IP paketlari, boshqa har qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular ham yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMP ning yangi xabarlarini tug‘dirib chiqarmasligi kerak. ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning har bir turi o‘z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi (1.4-rasm): xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni, (CHECKSUM).



1.4-rasm. ICMP sarlavhasi


Bundan tashqari, ICMP xabari har doim sarlavha va xatoni keltirib chiqargan IP paketining birinchi 64 bit ma’lumotlariga ega. Bu tugun-yuboruvchi xato sababini aniqroq tahlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki –qo‘shma darajasidagi hamma protokollar o‘z xabarlarining birinchi 64 bitda tahlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar.


Maydon turi quyidagi belgilanishga ega:



Belgi
lanish

Xabarlar turi

0

Aks-sado-javob (Echo Replay)

3

Erishib bo‘lmaydigan belgilanish tuguni
(Destination Unreachable )

4

Manbani yo‘qotish (Source Quench )

5

Yo‘nalishni o‘zgartirish (Redirect)

8

Aks-talab (Echo Request)

11

Deytagramma vaqtining tugashi
(Time Exceeded for a Datagram )

12

Paket parmetrning muammosi.
(Parameter Problem on a datagram )

13

Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request)

14

Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)

17

Adresni talab qilish (Address Mask Request)

18

Adres javobi (Address Mask Replay)

Ko‘rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli, o‘zlarining tor masalalarini hal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‘lib hisoblanadi. Xabar turlarini tahlil qilib chiqamiz.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə