g`ovaklarga
ega, bu g`ovaklar esa paragastral bo`shliqqa
ochiladi. Bu bo`shliq tashqi muhitga oskulyum deb ataluvchi teshik orqali
ochiladi(8-rasm).
Bulutlarning tanasi ikki qavatdan yoki ektoderma va entodermadan tashkil
topgan. Bu qavatlar orasida strukturasiz
mezogleya
qavati joylashgan.
Mezogleyada esa yulduzsimon hujayralar, pinokotsitlar, skleroblastlar (skelet
elementlari hosil qiluvchi hujayralar), amyobatsitlar joylashgan. Yulduzsimon
hujayralar tayanch elementlar bo`lib hisoblanadi. Amyobatsitlar harakatchan
hujayralar bo`lib, ular xoanotsitlar (yoqasimon hujayralar) dan qabul qilingan
oziqalarni hazm qiluvchi hujayralarga tarqatadi. Arxeotsitlar jinsiy hujayralar
hosil qilish xususiyatiga ega. Umuman bulutlarda qariyb barcha hujayralar o `rin,
vazifa almashib turishi mumkin. Bulutlarda nerv hujayralar rivojlanmagan.
Bulutlar harakatsiz, tana shakli deyarli o`zgarmaydigan hayvonlar. Ularning
ko`pchiligi ohak yoki ohaktoshdan iborat skeletga ega. Bir qator turlarida skelet
ohak va kremnezyom aralashmasidan tashkil topgan. Skelet elementlari
mezogleyada joylashadi.
|