Endoderma hujayralari.
Gidra tanasining ichki qavati bezli va
xivchinli hujayralardan iborat. Bezli hujayralar ichak bo'shlig'iga hazm shirasi
ishlab chiqaradi. Shira ta’sirida ichak bo'shlig'idagi oziq qisman hazm bo'ladi.
Xivchinli hujayralarning bittadan uchtagacha xivchini bo‘ladi. Bu hujayralar
soxta oyoqlar hosil qilish xususiyatiga ega. Xivchinlar tebranib, ichak
bo'shlig'ida suv oqimini hosil qiladi. Bu oqim oziq zarrachalarini soxta
oyoqlarga yaqin kelishiga yordam beradi. Soxta oyoqlar tomonidan qamrab
olingan oziq sitoplazmaga o'tib, hazm vakuolalari ichida hazm bo'ladi. Oziqning
hazm bo'lmagan qoldig'i esa dastlab ichak bo'shlig'iga, undan og'iz orqali
tashqariga chiqarib tashlanadi.
Gidraning maxsus nafas olish va ayirish sistemasi bo'lmaydi. Suvda erigan
kislorod gidraning butun tana yuzasi orqali uning hujayralariga o'tadi.
Moddalar almashinuvi mahsulotlari hujayralardagi qisqaruvchi vakuolalar va
tana bo'shlig'i orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |