kо‘payadi. Bunda gidra tanasi sirtida dastlab bo'rtiqlar hosil bo'ladi. Bo'rtiqlar
o'sib, kurtakchalarga aylanadi. Kurtakchalar uchida paypaslagichlar va og'iz
teshigi paydo bo'lishi bilan yosh gidralar yetishadi. Ular ona organizmdan
ajralib chiqib, mustaqil yashay boshlaydi. Kurtaklanish jinssiz ko'payish
Jinsiy ko'payish tuxum va erkaklik jinsiy hujayralar hosil bo'lishi va
ularning qo'shilishi (urug'lanishi)dan iborat. Gidraning tuxum hujayralari
amyobasimon, yirik bo'ladi. Urug' hujayralari - spermatozoidlar esa xivchinli,
mayda harakatchan hujayralardan iborat. Spermatozoidlar gidra tanasini
tashlab chiqadi, suv orqali tuxum hujayralarni topib, ularni urug'lantiradi.
Urug'langan tuxum hujayra o'z atrofiga qalin po'st ishlab chiqarib, sistaga
aylanadi. Qishda gidra nobud bo'ladi; bahorda esa zigotadan yosh gidracha
rivojlanadi. Dengizlarda koloniya bo'lib o'troq yashovchi poliplar tarqalgan.
Koloniya jinssiz-gidrantlar va jinsiy individlar - blastotsillardan iborat.
Blastostildan gidropolipning jinsiy bo'g'in-meduza hosil bo‘ladi. Meduza jinsiy
ko’payib, kiprikli erkin suzib yuradigan lichinka planulani, planula esa suv
tubiga yopishib, kichkina polipni hosil qiladi. Polip kurtaklanib ko'payishi
gidropolip koloniyasi hosil bo'ladi. Jinsiy va jinssiz ko'payishning natijasida
bunday almashinib turishi nasl gallanishi (metagenez) deyiladi. Yapon dengizi
va Kurill orollari yaqinida uchraydigan butli meduza juda zaharli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: