Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 2,68 Mb.
səhifə5/7
tarix26.05.2023
ölçüsü2,68 Mb.
#113104
1   2   3   4   5   6   7
Abdumannonov SH 111

Biznes uchun kreditlar



Bog'dorchilik
Bo'lajak bog'laringiz va dalalaringiz uchun urug' sotib olishingizga yordam beramiz



Parrandachilik
Tovuq va boshqa parrandalarni ko'paytirish orqali o'z biznesingizni boshlash



Chorvachilik
Chorvachilik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan jismoniy shaxslar uchun kreditlar



Dehqonchilik
Dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan mijozlarimiz uchun kreditlar



Hunarmandchilik
Shaxsiy hunarmandchilik sohasida o'z biznesini ochmoqchi bo'lgan mijozlarimiz uchun



Uy xo'jaligi
Kasanachilik va tikuvchilik sohasida o'z biznesini ochmoqchi bo'lgan mijozlarimiz uchun



2.4 jadval
2.4 jadvalda Ehtirom plus mikrokredit tashkiloti aholi uchun taklif qiladigan biznes uchun kreditlar turlari keltirilgan.



2.2 Fortuna biznes va Ehtirom plusdan kredit olgan kreditorlarning amaldagi holati tahlili
Fortuna biznes mikrokredit tashkiloti maqsadsiz kredit berish bilan shug’ullanadi va unga qo’yiladigan talablar quyidagicha
Fortuna biznes beradigan kredit foiz stavkalari(2.5 jadval)

1 yilga berioladigan foiz stavkasi

32%

2 chi yil uchun beriladigan foiz stavkasi

60%

2.5 jadval
Ehtirom plus mikrokredit tashkiloti kreditorlar uchun taklif qiladigan kredit foiz stafkalari(2.6 jadval)

Kredit turlari

Yillik foizi

Beriladigan muddati

Kredit miqdori

Bog’dorchilik

26 %

1yildan-4yilgacha

50 mln

Parrandachilik

23 %

1 yil

5 mln

Chorvachilik

26 %

2 yil

100 mln

Dehqonchilik

26 %

1 yildan 2 yilgacha

50 mln

Hunarmandchilik

26 %

1 yildan 2 yilgacha

50 mln

Uy xo’jaligi

27 %

1 yil

50 mln

2.6 jadval

2021-2022- yillarda Ehtirom plus mikrokredit tashkilotidan olingan kreditorlar statistikasi(2.7 jadval)



Kredit turlari

Soni

Miqdori

Bog’dorchilik

115

470 mln

Parrandachilik

125

490 mln

Chorvachilik

90

760 mln

Dehqonchilik

130

520 mln

Hunarmandchilik

75

350 mln

Uy xo’jaligi

156

720 mln

2.7 jadval


2.3. Respublikamizda mikrokredit muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari

Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va


uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun moliya-bank tizimini
baholash yondashuvi va tizimlarini tubdan o’zgartirish, bank faoliyatini tashkil
etilishini umum qabul qilingan xalqaro me’yor, andoza va baholash
ko’rsatkichlariga muvofiq yanada yuqori darajaga ko’tarishni ta’minlash
maqsadida “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq quyidagilar respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va uning barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:
Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan
tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb
qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini
takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini
oshirish;
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy
investorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi
jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo’jalik
sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo’yicha
tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini
kengaytirish;
etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan va alohida
banklar va butun bank tizimining butun jahonda qabul qilingan baholash
ko’rsatkichlarining yanada yuqori darajasiga chiqish yo’lidagi ilgarilashlarini
xolisona baholash imkoniyatini beruvchi xalqaro me’yor, mezon va andozalar
asosida tijorat banklari faoliyatini va butun moliya-bank tizimini tahlil qilish va
baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish;
moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazalarini yanada
takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me’yorlar hamda andozalarga muvofiq
amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar
va normativ hujjatlarni qabul qilish;
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning
investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish,
tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini
takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o’sishini
ta’minlash, kreditlar bo’yicha muammoli qarzdorlikni shakllanishiga yo’l
qo’ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko’rish;
nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalari
tarmog’ini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me’yorlar va
andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta’minlash, ular
tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish va moliya bozori
infratuzilmasi institutini mustahkamlash;
aholi farovonligini va bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish muhim instrumenti sifatida
mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni rag’batlantirish;
tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya va uslublarini
yangicha yondoshuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari
sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq
undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul
qilingan andozalar, uslublar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan,
mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash,
moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish.
Mikromoliyalash faoliyati va nobank moliya institutlari sohasidagi qonunchilik
bazalarini yanada takomillashtirish:
- O’zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi va
boshqa qonunlariga mikromoliyalash sohasini xalqaro tamoyillar va andozalarga
muvofiq yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar
kiritish bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
- O’zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi
Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).
- O’zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar
huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi
tahrirda).
- O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya va pay jamg’armalari
to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
- O’zbekiston Respublikasining «Yuk tashuvchilar javobgarligini majburiy
sug’urtalash to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
- O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga
jahon sug’urtalash amaliyotini hisobga olgan holda sug’urta bozorida professional
ishtirokchilar faoliyatini amalga oshirish va uni tartibga solish tizimini yanada
takomillashtirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha
Qonun loyihasini ishlab chiqish.
- O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi Qonuniga lizing
ob’ektini olib qo’yish va ikkilamchi ishlatish bo’yicha lizing beruvchilar
vakolatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritish
bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.
- O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga
auditorlik faoliyatini jahon tamoyillari va andozalariga muvofiq yanada
rivojlantirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha
Qonun loyihasini ishlab chiqish.
Mikromoliyalash va nobank kredit tashkilotlari sohalarini rivojlantirish
a) mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmlarini kengaytirish
- 2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarining jami kapitali hajmini
o’rtacha 2,1 barobarga ko’paytirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini
oshirish.
- 2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarida depozitlar hajmini 2
barobarga oshirish.
- 2011-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar berish va
nobank kredit tashkilotlari tomonidan mikromoliyalash xizmatlarini ko’rsatish
hajmini 2,8 barobarga kengaytirish.
- Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik biznes va mikromoliyalashni
rivojlantirish. 2-faza» loyihasini amalga oshirish doirasida, keyinchalik kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash bilan birga ajratilgan
mablag’larni o’zlashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
b) nobank kredit tashkilotlari va ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari
tarmog’ini kengaytirish
- Nobank kredit tashkilotlari tarmog’ini, ularning sonini 2011-2015 yillarda
1,7 barobarga oshirgan holda yanada kengaytirish.
- Respublika hududlarida kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga imtiyozli
resurslar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari, investorlar va donorlarning
mablag’lari hisobidan mikrokredit va mikroqarzlar ajratishga ixtisoslashgan
mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish.
- Qarzdorlar guruhining solidar javobgarligiga asoslangan
mikrokreditlashning garovsiz usullarini joriy etish bo’yicha pilot loyihalarini
amalga oshirish.
- Banklar va nobank kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan mikrokreditlar
ta’minoti sifatida kreditlarning qaytarilishini sug’urtalash bo’yicha sug’urta
polislaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish.
v) nobank kredit tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa
texnologiyalarini joriy etish
- mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni
yuritish tartibini takomillashtirish.
- mikrokredit tashkilotlari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlari bo’yicha
operatsiya siyosatlari va jarayonlariga bo’lgan talablarni ishlab chiqish va
tasdiqlash.
- mikrokredit tashkilotlari likvidliligini va kredit portfelini boshqarish
bo’yicha talablarni joriy etish.
- mikrokredit tashkilotlari aktivlarini tasniflash, ular bo’yicha ehtimoliy
yo’qotishlarga qarshi zaxiralarni tashkil etish va foydalanish tartibi to’g’risidagi
nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
- mikrokredit tashkilotlarining nosog’lom va xavfsiz bo’lmagan faoliyatlarini
aniqlash va belgilash bo’yicha nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
- mikrokredit tashkilotlarida tashqi auditni o’tkazish bo’yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
- Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibini va ularning
hisobotlarini tahlil qilish usullarini takomillashtirish.
- Nobank kredit tashkilotlari faoliyatida buxgalteriya hisobini yuritish,
moliyaviy va boshqa hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirish bo’yicha
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali ular faoliyatida axborotaloqa texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.
- Mikromoliyalashtirish sohasi ishtirokchilari tomonidan moliyaviy va
ijtimoiy faoliyatlari bo’yicha hisobotlarning nashr etilishini amaliyotga joriy etish.
g) Nobank kredit tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash
sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish
- Pensiya ta’minoti masalalarini o’rganish bo’yicha Bank-moliya
akademiyasida yangi o’quv yo’nalishlarini tashkil etish.
- Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish masalalari bo’yicha tematik treninglar va o’quv seminarlar tashkil etish, mazkur soxadagi ilg’or tajriba bilan tanishish maqsadida o’quv safarlarini uyushtirish.
- Aholi va kichik biznes sub’ektlarini nobank kredit tashkilotlarining xizmat
turlari bilan mikrokredit tashkilotlari va lombardlarni tashkil etish tartiblari bilan
tanishtirish maqsadida Respublika hududlarida muntazam ravishda amaliy
seminarlarni uyushtirish.
-Tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining mijozlari orasida
ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan so’rovlar o’tkazish.
- «Eng yaxshi nobank kredit tashkiloti» yillik tanlovini tashkil etish.
- Jamiyat va odamlar hayotida mikromoliyalashning mohiyati va rolini,
ayniqsa aholining ish bilan ta’minlanishi va farovonligini ortishi to’g’risida
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan radio va televideniya orqali keng targ’ib
qilish.
Xulosa.

Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin.


Xozirda jaxonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar. Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan lizing operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib
o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Mrkaziy bankining tijorat banklarda lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat banklarida lizing xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda lizing bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan lizing beruvchilarga banklar bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada, foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz:
* lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini ancha kamaytirgan bo’lar edi:
* jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini, ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga oshirishga imkon tug’ilar edi:
Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa
Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi, samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanadi.



Yüklə 2,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə