Laboratoriy ishlari


Probirka № Qo’shilgan



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə12/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

Probirka №

Qo’shilgan
modda

Eritma rangining o’zgarishi

Muvozanatining siljishi: chapga, o`nga

1

FeCI3







2

NH 4CNS







3

KCI







Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksiya tenglamasini va reaksiyaning muvozanat konstantasining ifodasini yozing.
2. Eritmalar rangini o’zgarishiga qarab, muvozanatning qaysi tomonga siljishini Le-Shatele qo’idasi asosida izoxlang.

6-Laboratoriya ishi.
Eritma tayorlash va ularning kontsentratsiyasini aniqlash.
Mashg’ulotdan maqsad. Turli konsentrasiyali eritmalarni tayyorlash bo’yicha nazariy va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish, xamda tayyorlangan eritmalarning aniqligini tajribada isbotlashdan iboratdir.
Eritmalar tayyorlash bo’yicha bir necha misolar keltiramiz.
1-misol. O’qituvchi tomonidan berilgan NaOH ning konsentrlangan eritmasidan 200 ml 8,9 % li NaOH eritmasini tayyorlang.
Yechish: Buning uchun, quyidagi ishlar va hisoblar amalga oshiriladi:
1) O’qituvchi tomonidan berilgan NaOH ning konsentrlangan eritmasining zichligini areometr yordamida aniqlang. O’lchash natijasida bu eritmaning zichligi d=1, 253 g/sm3 ga teng bo’sin.
20 % li NaOH ning ichligi 1,225 g/sm3
24 %li NaOH ning ichligi 1,268 g/sm3 ga tengligini topamiz.
Zichligi 1,253 g/sm3ga teng eritmaning C% konsentrasiyasini interpolyasiya usulini qo’llab quyidagi proporsiya bo’yicha topamiz.
24-20 =4 % li eritmaning zichligi _____ 1,268 - 1,225 = 0,043g/sm3 bo’lsa
X % li eritmaning zichligi ______ 1,253 -1,225= 0,028g / sm3
X=4.0,028/0,043= 2,6 %
Shunday qilib, berilgan NaOH ning konsentrlangan eritmasi
C % = 20+2,6 = 22,6 % ekan.
2) Xuddi yuqoridagi usulda tayyorlanishi lozim bo’lgan 8,9 % li NaOH eritmasining zichligini topamiz:
8% ------ 1,092 g/sm3
12% ------ 1,137 g/sm3
Proporsiya tuzamiz: 4% : 0,045 = 0,9 % : X
Bundan X = 0,045.0,9/4 = 0,01 g/sm3
Demak, tayyorlash lozim bo’lgan 8,9 % li NaOH ning zichligi
d=1,092 + 0,01 = 0,102g / sm3 ga teng ekan.
3) Tayyorlash lozim bo’lgan 200ml 8,9 % NaOH eritmasining massasini xisoblaymiz: m=V.d = 200. 1,102=220,4 g
4) 8,9 % li NaOH tayyorlash uchun zarur toza NaOH ning massasini quyidagi proporsiya bo’yicha topamiz:
100:8,9 = 220,4:X Bundan X=220,4.8,9/100=19,6 g
5) Biz toza NaOH emas, balki 22, 6% li NaOH eritmasiga egamiz. Shu sababli 19,6 g toza NaOH qancha miqdor 22,6 % li eritma tarkibida bo’lishligini quyidagi proporsiya bo’yicha topamiz:
100: 22,6 = X : 19, 6 X = 87g 22,6 % NaOH eritmasi
6) Bu miqdor NaOH eritmasining xajmini topamiz:
V=87/1,253=70 ml 22,6 % NaOH eritmasi
Shunday qilib, 200 ml 8,9 % li NaOH eritmasini tayyorlash uchin 26,6 % li NaOH eritmasidan 70 ml olib, 200-70 = 130 ml suv qo’shiladi.
2-Misol. 1 litr 10 %li KOH eritmasini tayyorlash uchun necha gramm o’yuvchi kaliy kerak?
Yechish: Jadvaldan 10 % li KOH eritmasining zichligini topamiz.
d=1,082g/sm 3. 1 litr 10 % li KOH eritmasining massasi:
m=V.d =1000 . 1,082 = 1082g.
1082 g 10 % li eritmada necha gramm toza KOH borligini hisoblaymiz:
100g :10 = 1082:X X=1082.10/100=108,2 g KOH
Demak, 1l 10% li KOH ning eritmasini tayyorlash uchun 108,2g KOH tortib olinib, 1l xajmli kolbaga solinadi va uning bo’g’zidagi belgigacha distirlangan suv qo’shib, chayqatiladi.
3-misol. 250 ml 0,1n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,307 g/sm3 bo’lgan 40% li sulfat kislotadan qancha olish kerak?
Yechish: a) 40 % li sulfat H2 SO4 ning normalligini topamiz:
Cn = =10 .1,307 . 40 /49=10,67
b) Eritma xajmining normalligiga teskari proporsional bog’lanishini ifodalovchi fo’rmuladan foydalanib, olish zarur bo’lgan 40% li H2SO4 eritmaning xajmini (V1) topamiz: V1.N1 = V2.N2
V1= V2.N2/ N1 = 250 . 0,1/ 10,67 = 2,34 ml 40 %li H2SO4
Demak 250 ml 0,1n eritma tayyorlash uchun 40 % li H2SO4 dan 2,34ml olish kerak.
4-misol. 20 % li 240g bariy xlorid eritmasini tayyorlash uchun nech gramm suv va BaCI2 .2H2O kristallogidrat olish lozim?
Yechish: dastlab 240 g eritma tayyorlash uchun qancha BaCI2 zarurligini quyidagi proporsiya tuzib topamiz:
100 : 20 =240 : X X=48g BaCI2
Keyin kristallogidratga qayta hisoblaymiz.
BaCI2. 2H2O ning molyar massasi 244 g/mol
BaCI2ning molyar massasi 208 g/mol
244:208 =X: 48 X= 56,3g BaCI2 . 2H2O
Demak, 20 %li 240 g BaCI2 eritmasini tayyorlash uchun 56,3 g BaCI2. 2H2O va 240 – 56,3 = 183,7g suv olish lozim.

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə