Hisoboti 20-oktabr 1-kun amaliyot



Yüklə 20,67 Mb.
səhifə1/9
tarix26.05.2023
ölçüsü20,67 Mb.
#113129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Torebayev Bauirjan hisobot

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT


PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING
FIZIKA-MATEMATIKA fakulteti
matematika-informatika yo’nalishi
201-guruh talabasi
Torebayev Bauirjanning
Malakaviy o’quv amaliyotdan tayyorlagan
HISOBOTI


20-oktabr 1-kun amaliyot
Barcha 201-MI guruh talabalari 8:20 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 172-maktab hududiga o’quv amaliyoti konferensiyasiga yetib kelishdi. Bu yerda bizni amaliyot o’qituvchilarimiz Tuxtamatov Husan va Fayziyeva Mahbuba ustozlar kutib oldilar va mabtab bilan tanishtirdilar. Amaliyot tartib qoidalari bilan tanishtirdilar.Maktabning M.M.I.B.D.O’ bizni sinflar kesimida taqsimladilar. 2-3 kishidan iborat guruhlarga bittadan sinfni biriktirib berdi. Bizga 9-“a” sinf biriktirildi. Bu sinfda jami 27nafar o’quvchi bo’lib, har kuni darslarda o’rtacha 27-26 nafari qatnashar ekan.20-oktabr kuni 1-soat Adabiyot darsi ekan. Bu darsni barcha o’quvchilar kata qiziqish bilan tinglashdi va faol ishtirok etishdi.2-soat Ona tili darsi ekan.Dars boshlanishidan oldin .Òqituvchi o’quvchilarni o’tilgan mavzular yuzasidan qisqa savol-javob qilib oldilar. Barcha o’quvchilar bu darsda faol ishtirok etdilar. Savol javoblarga yaxshi qatnashib o’zlari uchun ball jamg’arib qo’ydilar va shundan so’ng yangi mavzu bayoni bilan tanishtirildi.3-dars esa Algebra darsi ekan.òquvchilar berilgan vazifalarni tòliq bajarishibdi.Sòngra biz kursdoshlar bilan seminarga kirdik. Biz ushbu kunda ilk bora maktab hududiga o’quvchi sifatida emas balki o’qituvchilar safida edik. Buning ham o’ziga yarasha ancha mas’uliyati bor. O’quvchilarni oldida hayajonlanmasdan, o’zini erkin tuta olish ham anchagina mashaqqat ekan.



27-oktabr 2-amaliyot kuni .
Davomat daftariga imzo qo’yib bo’lib, kechikmasdan bizga biriktirilgan o’sha sinfga bordik va o’quvchilarning birin-ketin kirib kelishini kuzatdik va ko’p vaqt o’tmasdan kirish qo’ng’irog’i chalindi.Men birinchi va ikkinchi soatlarda 9a-sinfiga algebra darsiga tahlilga kirdim undan òzimga kerakli ma’lumotlarni oldim.3-soat esa 8-a sinfni Algebra darsga kirdim.Dars davomida yangi mavzu bayon qilindi va barcha o’quvchilar diqqat bilan tinglashdi.4-soat esa 9-bning algebra darsi edi.Dars davomida o’quvchilardan test shaklidagi nazorat ishi olindi. Barcha o’quvchilar bunga mas’uliyat bilan yondashishdi.5-soatda esa 11-bning fizika darsiga kirdim. Darsda amaliy mashg’ulot qilindi, ya’ni o’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilib òquvchilar bilimini mustahkamlab oldi. Barcha darslarni o’zimiz uchun tahlil qilib boryapmiz.Dars so’ngida shunday xulosaga keldikki, biz bu amaliyotdan ko’p narsa olsak bo’ladi. Masalan bu shunchaki talabalari uchun ilk bora jang maydoniga kirishdek bir gap. Bu jang maydonini ko’rib kimdir yanada kuchli va mas’uliyatli bo’lishi kerakligini anglasa, yana kimdir kech bo’lmasdan boshqa sohada o’zini sinab ko’rish fikri paydo bo’lgan bo’lsa ajab emas.



Yüklə 20,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə