Landshaftli yer tuzish


 Relyefning ko‘rinishi va landshaftlarning geotopologiyasi – yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

2.2. Relyefning ko‘rinishi va landshaftlarning geotopologiyasi – yer tuzish 
maqsadlari uchun landshaftli rejalashtirish asosi 
 
Haydalma yerlarning bugungi kundagi mavjud chegaralari, ularni uzoq yillar 
davomida to‘g‘ri chiziqli tarzda ishlash negizida vujudga kelgan. Oldinlari dalalarning 
o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmagan. Shu sababli ham dehqonlar yerlarni balanddan 
pastga qarab ishlaganlar, sug‘organlar, chopiq qilganlar. Dalalar unchalik katta 
bo‘lmaganli sababli ularni eroziyaga uchrash ehtimoli ham yuqori bo‘lmagan. 
Faqatgina XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ya’ni dalalarni yirik qishloq 
xo‘jaligi texnikasi bilan ishlashga o‘tilganidan so‘nggina dalalar yiriklashdi va u 
yerlarda eroziya degan jarayon boshlandi hamda tez orada atrof-muhitga katta salbiy 
ta’sir ko‘rsatuvchi voqeilikka aylandi. 
Bugungi kunda o‘zining to‘g‘ri chiziqli elementlari bilan mavjud bo‘lgan 
agrolandshaftlarni yirik konturli tashkil etish murakkab relyefli hududlarga unchalik 
mos kelmaydi va shu sababli ularni tegishli tarzda o‘zgartirish talab etiladi. Murakkab 
relyefli sharoitda dehqonchilikdagi ekologik tizimning asosi hududlarni konturli 
tashkil etishdan iboratdir. U o‘z ichiga ekologik bir xil tarkibli ishchi uchastkalarni 
yaratish va doimiy hamda muvaqqat chiziqli elementlarni joylashtirishdan; demak, 
relyefning ko‘rinishiga mos hududlarning ekologik kartasi elementlarini ham 
joylashtirishdan iborat bo‘ladi. 


16 
Ma’lumki, bunday tashkil etish tizimi landshaftlarni tabiiy tarkibini hisoga 
olishni, tuproq tarkibini yemiruvchi salbiy holatlarini kuchayishini kamaytirish 
maqsadida eroziya xavfli maydondagi eklogik karkas elementlari maydalash zarur. 
Demak, ekologik bir xil tarkibli ishchi uchastkalar va ekologik karkasning elementlari 
landshaftning tarkibini va xo‘jalik faoliyatini hisobga oluvchi yagona tizimga 
bog‘lanadi. To‘lqinsimon va cho‘qqili tekisliklar sharoitida agrolandshaft hududlarini 
tashkil etish ko‘pgina ekologik karkasni loyeig‘alash va qiyaliklardagi yerlarni 
tuzishga, ya’ni landshaftlar majmuasining asosiy elementlarini jumladan, ishchi 
uchastka(dala)larni, 
ekokarkasning 
o‘rmonlarini, oddiy chiziqli gidrotexnik 
inshootlarini, dala yo‘llarini majmuali tarzda va kelishilgan tarzda joylashtirish bilan 
yakunlanadi. Boshqacha qilib aytganda, nishablikdagi ishchi uchastka konturining 
ustki va pastki qismlari qo‘tarilgan va ichkariga kiritilgan egri chiziqlar bilan, yon 
tomonlaridan gidrografik tarmoqlarining talvegasi, ya’ni lojbina, loshina va jarliklar 
bilan chegaralangan bo‘lishi zarur. 
So‘zsiz, landshaftli rejalashtirishda yer tuzish uchun ishchi uchastkalarni 
joylashtirishga amaliy talablar hisobga olinishi zarur, ya’ni: 
-
uchastkalar tarkibiga eroziya jarayonlarini sodir bo‘lish darajasi bo‘yicha, 
potesial unumdorlik va yerni ishlashga energiya sarfi bo‘yicha bir xil bo‘lgan, 
morfologik va tuproq sharoitlari bo‘yicha teng bo‘lagn yerlar krishi zarur; 
-
ishchi uchastkalarning chegaralari asosiy suv oqimi yo‘nalishiga ko‘ndalang 
bo‘lishi, ya’ni topografik xarita gorizontallari va qabariq – ichkariga kirgan egiluvchan 
chiziqlarga shunday hisob-kitob asosida parallel bo‘lishi kerakki, bunda oxirgilar 
ekologik karkas(o‘rmon polosalari, o‘tlar ekilgan buferlar) bloklari joylashgan 
hududlar rolini bajarish, shuningdek yerlarni ishlashga yo‘naltiruvchi chiziqlari 
bo‘lishi kerak; 
-
nishablik yerlarini ishlash amalga oshiriladigan yo‘naltiruvchi chiziqlar daryo 
tarmoqlari yuqori qismlarining elementlariga, ya’ni lojbina, loshina, irmoq vodiysi va 
daryo щzanlariga tushmasligi zarur; 
-
ishchi uchastkalarning kengligi nishabliklardagi ikkita bir-birini to‘ldiruvchi 
tarmoqlar elementlari o‘rtasidagi masofa bilan aniqlanishi zarur. 
Amalda har qanday agroxo‘jalikning ekologik karkasini oldindan mavjud bo‘lgan 
kenglikda “aerodromli” dalalar bilan loyihalashga to‘g‘ri keladi. Bunday holda 
loyihalash uchun orientir tariqasida eroziya bilan zaralanganligiga qarab yerlardan 
tabaqalangan foydalanish xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, hududlarni ichki 
dalalarni tashkil etish ishini o‘tkazish talab qilinadi. 
Yuqoridagi holatlarida dalalarning optimal o‘lchamlari qanday bo‘lishi zarur? 
Bu masala landshaftning har bir tipi uchun alohida hal qilinishi zarur. Umumiy tarzda 
qishloq xo‘jalik texnologiyasining talablari shunday, ya’ni uzun tomonlarining 


17 
o‘lchami 300m.dan kam bo‘lgan uchastkalar samarasi juda past(aylanishlar, dalaga 
kirib-chiqishlar ko‘p bo‘ladi), 30,0-40,0 gektar uchastkalar nainki ekologik jihatdan 
maqsadga muvofiq emas, balki iqtisodiy jihatdan ham o‘zini oqlamaydi, negaki 
bunday holda, hatto relyef tekislik bo‘lgan taqdirda ham asosiy qo‘yiladigan talablarni 
bajarish mumkin bo‘lmaydi. 
Xo‘jalik darajasida va agrolandshaft kengligida hududlarni ekologik tashkil 
etishning asosiy tamoyillarini quyida keltirib o‘tamiz. 
1.
O‘rmon polosalari – mahalliy darajadagi ekologik karkasning asosiy bloklari, ular 
shamoldan muhofazalovchi va suvni bir maromga soluvchi turlarga bo‘linadi, ta’siri va 
samaradorligi ko‘pkina omillar va amaliyotchilar tomonidan tasdiqlangan. Cho‘qqili 
landshaftlik sharoitida ekologik karkasning chiziqli bloklari dalalar va ishchi 
uchastkalardan bo‘sh joylarni egallashlari zarur. Bunda ular ishlab chiqarishning 
agrolandshaftli elementlari hisoblangan dalalar, yo‘llar, ishchi uchastkalarga 
biriktirilgan holda joylashadilar. 
2.
Yagona haydalma massivni bir xil ishchi uchastkalarga bo‘linish jarayonida 
oxirgilar quyidagi talablarga javob berishlari zarur: 
-
Dala juda ham murakkab konturga va noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lib qolmasligi(aks 
holda ishni texnika bilan bajarish ta’minlanmaydi) kerak, bundan tashqari yetarli 
ishlash uzunligiga ega bo‘lishi zarur; dalalarning kengligi ekologik karkas elementlari 
orasidagi masofa bilan aniqlanadi; Dalalar va alohida ishchi uchastkalar hududi 
lojbinlar, loshinalar va gidrologik tarmoqlarning boshqa zvenalaridan ishonchli 
masofalangan yoki yetarli masofalarda bo‘lishi zarur. 
3.
Dalalarning chegaralari imkon boricha dala yo‘llari bilan emas (bu holat 
texnikadan foydalanish nuqtai nazaridan o‘ng‘ay bo‘lsada), balki o‘rmon polosalari 
bilan biriktirilishi zarur, bunda mahalliy polosalar qo‘shimcha, lekin o‘sha muhim 
bo‘lgan funksiyani, ya’ni qishloq xo‘jaligi yerlarida oziqlanadigan yovvoyi hayvonlari 
uchun muhofza- yem-xashak manbai vazifasini ham bajaradi. 
4.
Yo‘llar va madaniy qishloq landshaftidagi transport tizimining boshqa elementlari 
o‘rmon polosalariga parallel tarzda o‘tilishi zarur, ular har qanday sharoitda ham yopiq 
kontur bo‘ylab qishloq xo‘jalik yer turlarini chegeralamasligi zarur, negaki bu hosilni 
yig‘ish davrida himoya-ozuqa manbai sifatida yovvoyi faunani bir joydan boshqasiga 
ko‘chishiga to‘sqinlik qiladi. Agarda yo‘l nishablik bo‘ylab loyihalanadigan bo‘lsa, uni 
plani boricha nishablikning qovurg‘alari bo‘ylab joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Nishablik 3-5° bo‘lgan taqdirda nishablik bo‘ylab umuman yo‘lni joylashtirish kerak 
emas. Nishablikka ko‘ndalang tarzda loyihalanadigan yo‘l nishablik bo‘yicha o‘rmon 
polosasidan pastda bo‘lishi zarur. Bu holat bugungi o‘rmon polosasi bo‘yicha 


18 
sug‘orish suvini erkin yetib borishini ta’minlaydi, kuchli shamollarga nisbatan (yoki 
vegetatsiya davridagi asosiy shamollarga nisbatan) yo‘l o‘rmon polosasining orqa 
qismida, shamol ta’sir qilmaydigan tomonida bo‘lishi zarur. 
5.
Dala ( yoki bo‘linib ketgan massivning ishchi uchastkalari) ekologik karkas ustini 
mumkin qadar kam miqdorda bo‘linishi shartlarini bir vaqtda bajargan holda o‘ng‘ayli 
aloqani vujudga keltirishi zarur, bu dalalarni kompakt tarzda joylashtirish evaziga 
erishiladi. Bunda, albatta, ekologik karkas elementlari polosalar shaklida yoki o‘rmon 
orollari ko‘rinishida emas, aksincha, ichki qismida dalalar va ishchi uchastkalar 
mavjud bo‘ladigan to‘liq tarkibli kshrinishda bo‘lishi zarur. 
6.
Murakkab relyefli uchastkalar o‘rtasida konturli yerni ishlashini ta’minlao‘ uchun 
ishlashning asosiy yo‘nalishi sifatida konturli bir xillikka ega bo‘lgan o‘rmon 
polosalari yoki kulislarni qo‘shimcha tarzda joylashtirish zarur. 
7.
Ma’lumki, agrolandshaftni ekologik barqarorligini oshirishning asosiy usullaridan 
biri – bu ekinlarni polosalar bo‘ylab joylashtirishdir. Ammo shuni yodda tutish zarurki, 
turli nishabliklarda polosalarni loyihalash o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə