Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə49/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

TMning nozik tomonlari: bevosita lingvistik materialdan kelib chiqmay, empirik asosga quriladi; qo‘llanish doirasi va yadro gaplar miqdori aniq emas; gapning tashkiliy qismlarini yoritib bermaydi; sintaktik transformatsiya va sintaktik derivatsiya o‘rtasidagi farq ochilmaydi. Transformatsiyada yadro gapning gaplik holati saqlanib qolishi zarur. Masalan, Dars boshlandi (transformatsiya). Darsning boshlanishi (derivatsiya).
Bevosita ishtirokchilarga ajratish. BI metodi jumlani eng kichik ma’noli qismlar (segmentlar)ga ajratish usulidir. Bunda konstruktsiya markaziy masala hisoblanib, uning tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Ishtirokchilar ma’lum konstruktsiya (butunlik)ni tashkil etuvchi so‘z, morfema yoki konstruktsiya bo‘lishi mumkin. Bevosita ishtirokchilar deb ma’lum konstruktsiyaning qurilishida bevosita qatnashgan bir yoki bir nechta qatnashchilarga aytiladi.
BIga ko‘ra, har bir konstruktsich (mustaqil nutqiy parcha) ikki qismdan tashkil topadi, o‘z navbatida, har qaysi qism o‘z ichki bo‘linmalarga, qismlarga ajratiladi. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilinadi (Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini konstruktsiyasi tahlili misolida): 1) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi. Masalan, birdaniga olib ketdi gulning totini tarzida birlashtirish mumkin emas. Avval gulning so‘zi toti so‘zi bilan birlashadi. So‘ngra gulning totini so‘zi olib ketmoq so‘zi bilan birlashadi; 2) bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas. Xususan, yuqoridagi gapda qurg‘ur, ilk so‘zlarini birlashtirib bo‘lmaydi; 3) BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi (Nurmonov, 2008, b. 61-64). Bu jarayon qismlarni boshqa ajratish mumkin bo‘lmagan holatgacha davom ettiriladi.
Gap bo‘laklari metodi. Ta’rif va tavsif: Ushbu tahlil metodi tilshunoslikda qadim paytlardan beri qo‘llanilib kelmoqda. Gaplarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Asosan bosh (ega va kesim) va ikkinchi darajali bo‘lak (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, uyushiq bo‘laklar)lar tahlilga tortiladi.
Metodni qo‘llash bosqichlari. Ushbu metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: a) gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari aniqlanadi. Bu bosqichda so‘zlarning gapdagi vazifasiga asoslanib ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar ajratiladi; b) aniqlangan gap bo‘laklari qaysi so‘z turkumlari tomonidan foydalanganligi o‘rganiladi; v) bu bosqichda esa gap bo‘laklari vazifasida kelayotgan so‘zlar qanday grammatik shaklda turganligi (ya’ni morfologik kategoriyalari) aniqlanadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu metodning kamchiliklari sifatida uning ob’ektiv va universal emasligi, uning faqat sintaktik sathda qo‘llanilishini e’tirof etish mumkin.
Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lish (gapning funktsional istiqboli). Ushbu lingvistik tahlil gapni ma’no jihatidan tarkibiy qismlarga bo‘lish metodi bo‘lib, mazkur xususiyati bilan gapni formal belgilari (grammatik elementlar)ga ko‘ra qismlarga bo‘lish metodidan farqlanadi. Ya’ni, gapning mazmun plani tekshirish ob’ekti darajasiga ko‘tariladi. Gapni formal bo‘laklarga bo‘lishda ega va kesim asosiy elementlar sanalsa, gapni aktual bo‘laklarga ajratishda ifoda asos (tema) va ifoda yadro (rema) kabi komponentlar muhim rol o‘ynaydi. Bunda ifoda asos fikrning ma’lum qismi hisoblansa, ifoda yadro fikrning noma’lum qismi sanaladi. Fikrning harakatlanish tarzi
quyidagicha bo‘ladi: ma’lumdan noma’lumga (temadan-remaga). Demak, ma’lum bo‘ladiki ushbu tahlilda gap ifoda asos (tema) va ifoda yadro (rema)lar kabi ikki komponentga bo‘lib tahlil qilinadi.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə