Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə52/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Stilistik tahlil talablari va bosqichlari.



Lingvistik tahlil metodlari ichida stilistik tahlil alohida ahamiyatga ega. Stilistik tahlil printsipi, hajmi, to‘laligi va maqsadiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Stilistika o‘zbek tilshunosligida yangi soha bo‘lganligi uchun unga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy va amaliy metodik adabiyot kam. Bu hol stilistik tahlil strukturasini belgilashda ancha qiyinchilik tug‘diradi. Stilistik tahlil oldiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat bo‘lishi kerak va ularni qanday metodik priyomlar orqali
amalga oshirsa bo‘ladi? Stilistik tahlilda stilistikaning qaysi sohalari kengroq va qaysi sohalari kamroq aks etishi ksrak? kabi masalalar nazariy va mstodik jihatdan nshlab chiqilmagan.
Stilistik tahlil oldiga qo‘yilgan talablar stilistikaning hamma sohalarini o‘zida qamrab olishi lozim. Unda leksik, fonetik, morfologik, sintaktik stilistika o‘z aksini topishi zarur.
Stilistik tahlil quyidagi talablar asosida o‘tkazilishi mumkin:



  1. tekstning nutq stillariga .hosligiii aniqlash;




  1. tekstdagi epg ko‘p ma’naviy va stilistik vazifa olgan til vositalarinn aniqlash;




  1. shu tekst uchun «begona» bo‘lgan uslubiy vositalarni topish va ularning stilistik funktsiyalarini aniqlash.

Stilistik tahlil ayrim tomonlari bilan leksikologik, fonetik, morfologik va sintaktik tahlilga o‘xshaydi. Chunki stilistik tahlil material tomonidan bu tahlil turlari bilan mushtaraklikka ega.
Stilistik tahlil tartibi:



  1. Tekstning qaysi nutq uslubiga xosligi (kitobiy uslublar, ilmiy uslub va hokazo).




  1. Usha uslubni belgilovchi vositalar.




  1. Til uslublari (fonetik, leksik, grammatik). Bunda:




  1. fonetik stilistikaga xos (urg‘uning o‘rni, tovush o‘zgartirish, tovush orttirish va hokazo) vositalar;

  2. leksik stnlistikaga xos (sinonim, omonim, antonim; tarixiy, eskirgan va yangi so‘zlar; frazeologizm, dialektizm, professionalizmlar va hokazo) vositalar;

v) morfologik stilistikaga xos (forma yasovchi qo‘shimchalar) vositalar;


g) sintaktik stilistikaga xos (so‘z birikmalari, gap tiplari, gapda so‘z tartibi, sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya va h.) vositalar ko‘rsatiladi va ularning stilistik funktsiyasi aniqlanadi.
Ko‘rinadiki, stilistik tahlil talablari nihoyatda ko‘p va murakkab. Shunga ko‘ra, tahlil uchun tekst tanlanganda xilma-xillikka, tekstning ko‘p talabli bo‘lishiga e’tibor haratilishi zarur.
Stilistik tahlil tilning barcha sathlarida qo‘llaniladi. Bu esa, uning universallik xususiyatini belgilaydi. Matnni stilistik tahlil qilish jarayonini tasvirlashda I.R. Galperin quyidagi bosqichlarni tavsiya etadi:
Taksonomik bosqich: Bunda matnning turi funktsional stilistika nuqtai nazardan aniqlanadi. Matnning uslubi (badiiy, publitsistik, rasmiy, ilmiy) aniqlanadi. Matn modeli va janri aniqlanadi. Masalan, baddiy matn, nasr janri, hikoya turi.
Matn mazmunini tushunish bosqichi: Bu bosqichda matnning asosiy mazmunini tushunish talab etiladi. Bunda matnda ifodalangan faktual-mazmuniy axborot to‘g‘ri talqin etilishi lozim.
Semantik bosqich. Bu bosqichda matnda qo‘llanilgan har bir til birligi (so‘z, so‘z birikmasi, gap, qo‘shma gap)ning lug‘aviy ma’nolari o‘rganiladi. Mazkur til birliklarining polisemantik
xususiyatlari lug‘at yordamida tahlilga tortiladi. Bu bosqich stilistik tahlilda eng muhim sanalib, faktual-mazmuniy axborot va kontseptual axborot o‘rtasidagi semantik bo‘shliqni to‘ldirishga yordam beradi. Ya’ni, o‘quvchiga kontseptual mazmunni anglash imkonini beradi.
Stilistik bosqich: Bunda matnda ishlatilgan stilistik vositalar (troplar) va ularning qo‘shimcha axborot berish imkoniyati tahlil qilinadi. Stilistik vositalar matnda ma’lum axborotni obrazli qilib tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, mazkur obraz yoki simvol orqali qo‘shimcha ma’lumot etkaziladi.
Funktsional bosqich: Stilistik tahlilning so‘ngi bosqichi bo‘lib, bunda matnda mavjud kontseptual axborot tahlil qilinadi. Kontseptual axborotga ega bo‘lish uchun dastlabki bosqichlar to‘liq va muvofiq ravishda tahlil qilingan bo‘lish kerak. Kontseptual mazmunni anglash uchun faktual mazmunning matnda joylashish tartibini aniq tushunish talab etiladi. Dastlabki bosqichlardagi tadbirlar samarali amalga oshirilgan bo‘lsa, funktsional bosqichda matnning kontseptual mazmunini anglash qiyin bo‘lmaydi.
Shuningdek, matnni stilistik nuqtai nazardan tahlil qilish muamolari E.S. Aznaurova va boshq.larning ishlarida ham ko‘tarilgan. Ular matnning lingvostilistik tahlilini amalga oshirishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish zarurligini e’tirof etadi:

  1. matndagi kalit so‘z va tematik so‘zlarning ularning qo‘llanilish nuqtai nazaridan tizimlashtirilishi. Bunda ularning aynan matn ichida qo‘llanishiga oid xususiyatlari tahlil qilinadi;

  2. barcha leksik, sintaktik va fonetik stilistik vositalar (troplar) va shunday vositalar yig‘indisidan hosil bo‘lgan boshqa stilistik hodisalarni munosib anglash;

v) poetik detallarni tanlash va ularning tildagi o‘rnini izohlash.
3. Matn stilistikasi muammolari.


D.U. Ashurovaning e’tirof etishicha, matn (asosan badiiy matn) tadqiqida stilistika alohida o‘rin tutar ekan, matn lingvistikasidan matn stilistikasini alohida ajratish maqsadga muvofiq. Matn stilistikasi qator muammolar bilan shug‘ullanadi:


  1. Yüklə 125,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə