ISSN 2181-922X 6
—
23
LINGVISTIKA
LINGUISTICS
Inomjon Azimov
(Toshkent, O‘zbekiston)
azimov@navoiy-uni.uz
Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy
fonetika xususidagi qarashlari
Abstrakt
O‘tgan asr boshlarida yashab ijod etgan millat fidoiylari o‘zbek tili-
ning adabiy me’yorlarini ishlab chiqish, milliy tilimizga xos xususiyatlarni
tadqiq qilish borasida faoliyat olib bordilar. Jadidlar millatning taraqqiy
etishida ma’lum qonun-qoidalar asosida tizimlashtirilgan, ma’lum me’yor-
ga keltirilgan adabiy til zarurligini anglab yеtganlar. Shuning uchun ham
o‘zbek ziyolilari oldida turgan eng asosiy vazifa o‘zbek tilining qonun-qoi-
dalarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borish edi. Albatta, bu ish o‘ta
murakkab, sermashaqqat, tinimsiz izlanishlar natijasida yuzaga chiqi-
shi, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan turli qarama-qarshiliklarni yеngib o‘tish
orqaligina amalga oshishi mumkinligini tushunib yetganlar. Ular, avvalo,
milliy til fonetikasi qanday bo‘lishi kerak, degan savolni o‘rtaga qo‘ydilar.
Sababi, o‘zbek tili ham boshqa turkiy tillar singari uzoq asrlar davomida
singarmonizm qonuniyati asosida rivojlanib kelgan.
Maqolada jadid namoyandalarining taniqli vakillari Ashurali Zohi-
riy va Elbekning singarmonizm qonuniyatiga munosabati, singarmonizm-
ning lab ohangi ko‘rinishi xususidagi bahsli munozaralari, o‘zbek tilida
unlilar miqdorining singarmonizm qonuniyati asosida belgilanishi kabi
qarashlari yoritilgan.