Key words:
Jadid, phonetics, phoneme, dialect, syngarmonism,
vowel, vocalism, alphabet.
Kirish
Millat fidoiylari bo‘lgan jadidlarning adabiyotshunoslik
faoliyati keng o‘rganilgani holda o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan
hissalari bo‘yicha sanoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan,
M.Qurbonova [1993], B.To‘ychiboyev [1995], M.Yo‘ldoshev [2000],
Y.Saidov [2001], Sh.Bobomurodova [2002], T.Tog‘ayev [2006],
Q.Qodirov [2007], Z.Abdurashidov [2019], S.Normamatov [2019],
N.Yangibayeva [2019]larning ishlarini aytib o‘tish o‘rinlidir. Biroq
mazkur ishlar o‘zbek tilshunosligining XX asr boshlaridagi holatini
batafsil qamrab olgan emas. Buning uchun til muammolari bilan jid-
diy shug‘ullangan Behbudiy, Munavvar Qori, Elbek, Qayum Ramazon,
Shokirjon Rahimiy, G‘ozi Olim, Shorasul Zunun, Botu, Mannon Ramz,
Otajon Hoshim, Abdulla Alaviy, Vadud Mahmud, Sanjar Siddiq, Ab-
dulla Yo‘ldosh, Yoqub Omonlarning ilmiy faoliyatini o‘rganib, max-
sus tadqiqotlar yaratish davr talabidir.
Jadidlar millatning millat sifatida shakllanishi, tanilishida
ma’lum qonun-qoidalarga solingan, ma’lum me’yorga keltirilgan
adabiy til zarurligini anglab yеtganlar. Bu haqda Elbek shunday yoza-
di: “
Til ochundag‘i bo‘lg‘on har turli ellarning har biri uchun tangri
tomonidan yuborilg‘on bir quroldir. Ochundag‘i butun ellarning sog‘
yashamog‘i yolg‘uz shu tilning ko‘lagasidaginadur. Negakim, yеr yuzi-
da yashag‘on har bir til o‘z tili orqasidag‘ina dong‘in chiqarmoqda va
yuksalmoqdadur. Buning teskarisin tutkan ellar yuksalmaklari tursun
7
Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari
o‘zlarin ham yo‘qota yozmoqda va yo‘qotmishlar
” [Elbek 2001, 1].
Shuning uchun ham o‘zbek ziyolilari oldida turgan eng kat-
ta vazifa
—
o‘zbek tilining qonun-qoidalarini ishlab chiqish, ilmiy
tadqiqotlar olib borish edi. Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda,
“
ilmiy axtarishlar bo‘lmag‘uncha bunlarning birtasi ham bo‘lajaq
emasdir
” [Фитрат 2006, 141]. Buning uchun xalqimizning og‘zaki
va yozma manbalarini chuqur tahlil qilish, ularni o‘zaro solishtir-
ib, xulosalar chiqarish orqali o‘zbek adabiy tili qoidalarini yaratish
zarur edi:
“Tilimizdagi tovushlarning sonlarini, cho‘zg‘i o‘runlarini
ilmiy suvratda yaxshig‘ina aniqlab qo‘yayiq. Tilimizning iste’dodli,
boy bir til bo‘lg‘anini qichqirib so‘yladiq; “bu til daqqidir (qo‘poldir),
buning o‘rnig‘a turkchaning adabiy bir shevasini olayiq” degan til bil
-
maslar bilan kurashdik – unlarni yеngdik. Biroq hanuz tilimizning
belgili qoidalarini maydong‘a qo‘ya olmadiq. Yozuvlarimizning shak
-
liga “birlik” yangi yozg‘uchilarimizga qulayliq bermak uchun tilimiz-
ning qat’iy qoidalarini bildirish kerak. Hamadan burun u qoidalarni
o‘zimizningda bilishimiz lozimdir”
[Фитрат 2006, 141].
Albatta, bu ish o‘ta murakkab, tinimsiz ilmiy izlanishlar nati-
jasida yuzaga chiqishi, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qarama-qar-
shiliklarni yеngib o‘tish orqaligina amalga oshishi mumkinligini
tushunganlar. Buning uchun, birinchi navbatda, xalq og‘zaki ijodi na-
munalarini, mumtoz adiblarimiz asarlarini ilmiy asosda tekshirish,
ilmiy xulosalar chiqarish lozimligi aytiladi: “
Tilimizning sof shaklini
daladag‘i el-aymoqlarimizda ko‘ra olamiz. Dalada yashag‘an el-ay-
moqlarimiz orasida unlarning jon ozig‘i bo‘lib turg‘an dostonlar, ashu
-
lalar, matallar, laparlar, qo‘shiqlar bor. Shunlarning hammasini buyuk
bir diqqat bilan yozib olish kerak, el-ulus orasida yozuv doirasig‘a kir-
gan ... kabi aristo‘krat shoirlarimizning asarlari bor. “Qutadg‘u bilig”,
“Hibatul haqoyiq”, “Devoni lug‘atit turk”, “Muqad- dimatul adab” kabi
eski vasiqalar bor. Shunlarning hamasini qilni qirq yorib tekshiraylik;
bir-biriga solishtirib, kelishtirib, tekli, tubli natijalar olayiq. Mana shu
yo‘lda, shu shaklda yaraqlanib maydong‘a chiqg‘animizda ko‘rilgan
ishlar, olingan natijalar ilmiy bo‘lib chiqadir. Kimsaningda lom-mim
deyishiga yo‘l qolmaydir”
[Фитрат 2006, 141].
Biroq bu ishlarni amalga oshirish, birinchidan, o‘ta murak-
kab, ikkinchidan, sanoqli olimlarning qo‘lidan keladigan ish emas
edi. Bu barcha millat fidoiylarining birgalikda amalga oshirishi lozim
bo‘lgan vazifalari edi: “
Bu ishlarning qulay bo‘lmag‘ani belgili. Bunlar
bir kishining qo‘lidan kelmaydir. Bu yo‘lda tirishmak yangi chiqg‘an
yigit yozg‘uchilarimizning hamalariga tushadir. Yangi o‘zbek adabi-
yotig‘a ilmiy asos bermak, unga zamoniy, madaniy bir borliq bag‘ish-
8
Inomjon AZIMOV
lamaq uchun mana shu yo‘llarg‘a bot kirishmak hamamizga lozimdir
”
[Фитрат 2006, 141].
Ular, avvalo, milliy til fonetikasi qanday bo‘lishi kerak, degan
savolni o‘rtaga qo‘ydilar, chunki o‘zbek tili boshqa turkiy tillar kabi
uzoq asrlar davomida singarmonizm qonuniyati asosida rivojlanib
kelgan edi.
Dostları ilə paylaş: |