М-93-2 гурух талабаси Сулаймонов Рузимурод Жорий назорат Вариант №3 Menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 37,38 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü37,38 Kb.
#147601
1   2
М 93-2 Сулаймонов Р. Менеджмент амалий жорий назорат

Struktura (lot. structure — tuzilish, bogʻlanish) — 1) muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning oʻzaro bogʻliqligi; 2) obʼyektning yaxlitligi va aynan oʻzligini anglatadigan, yaʼni tashqi va ichki oʻzgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. S. sistemani tashkil etadi. S. narsa va hodisani bir xil yoki har xil jinsliligi, uning muayyan nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga boʻlinishini; bu qismlar, elementlar, komponentlarning oʻzaro taʼsir va aks taʼsirlarini, ular oʻrtasidagi aloqadorlik va bogʻlanishlarni, bu bogʻlanishlarga oid qonuniyatlarni; narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan katʼi nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. S.ni bilish — elementlarni aniklash, ularning oʻzaro aloqadorliklarini aniklash, bu elementlar bir butunligining oʻziga xos tabiatini tushunib olishdir.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot obʼyektini chuqurroq oʻrganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning qoʻllanishi ularning samarali va istiqbolli ekanligini koʻrsatmoqda. Olamni falsafiy va tabiiyilmiy bilish real mavjud sistemalarning S. xususiyatlarini bilishga ancha toʻgʻri keladi.
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq strukturasini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv strukturasi ishlab chiqarish strukturasi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi Boshqaruvning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi, ob’ekti va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi. Boshqaruv bo’g’ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo’ladi. Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’g’indir. Masalan: Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
Yüklə 37,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə