M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

Saturnaliya
- har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o ‘tkazila-digan 
bayram b o iib , u kamaval bilan boshlangan, bayram vaqtida taba-qaviy farqlarga 
rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqalar berilgan, bir- bir-lariga o‘zaro tuhfalar 
ulashganlar.
Luperkaliya -
xudo Favkaga atalib (chorva homiysi), qadimgi hosil-dorlik 
sehrgarligi bilan b o g iiq
bayram
boigan.
Bu bayram har yili fevral oyida o ‘tkazilgan. Shu kuni ham mani qam-chi bilan 
nomiga sekin urib chiqqanlar (qamchi febritsa deyilgan, shundan fevral oyining nomi 
kelib chiqqan).
Mifologiya sohasida Rim bilan bogiiq miflar, chunonchi, «Rim dunyo markazi», 
«Rim - abadiy shahar» singari dunyo ustidan Rimning hukmron-lik qilishi g‘oyasi 
alohida o ‘rin tutgan.
Filosofiya va boshqa fan sohalarida ham rimliklar yunonlar izidan bor-ganlar.
Rim tasviriy san’at namoyandalari deyarli yunonlaming asarlari nu-shalarini 
va ichki dunyosini tasvirlaganlar. Rim yozuvchilari romanchilik janriga asos 
solganlar. Alsonaga ko‘ra Rimga er.avv. 753-yili egizaklar - Romul va Rem asos
H c lo n u i цш1нпц1 K iu u h i k a s h f q ilis h g a n .
47


solgan. Shu vaqtdan Rimning monarxiya boshqaruvi tarixi boshlanadi. U davrda 
jam iyatning muhim masalalarini xalq majlisi hai qilgan. Patrit-siylaming (tub 
aholi) nufuzli oqsoqollaridan «Keksalar kengashi» tuzi-lib, uni lotinchada Senat deb 
atashgan. Dastlab Senat va podsho xalq majlisi-ga tayanib davlatni idora qilishgan.
Er.avv. 510-yili Senat bilan podshoning qarama-qarshiligi natijasida podsho 
Takviniy ag‘darilib, Rim da aristokratik Respublika boshqaruv ti-zimi o ‘matiladi. 
Puni urushlaridan keyin (264-146) Karfagen m agiubi-yatga uchragach, Rim 
imperiyasining hududi ancha kengayadi va Rimning obro‘si kuchayadi. Ba’zi olimlar 
Rimga ko‘chib kelib ijod qiladilar. Masa-lan, tarixchi Polibiy ko‘p tomlik Rim tarixiga 
doir o ‘zining «Tarix» asarini Rimda yozadi.
Avgust (er.avv. 30-14) davri tarixchisi Tit Liviy 142 jilddan iborat «Rimning 
ta ’sis qilinganidan keyingi tarixi»ni yozgan. Er.avv. I asrda yashagan Galikamass 
Dionisiy 
«Qadimgi 
Rim
yodgorliklari» 
degan 
ki-tob 
yozgan. 

madaniyatshunoslik tarixi uchun m uhim m anba hisoblanadi. Komeliy Tatsitning 
«Tarix» kitobida 68-69-yillardagi fiiqarolar urushi va Flaviy davri tarixi bayon 
qilingan. Uning «Yilnomalar» nomli asarida Avgust o ‘limi bilan Neron o iim i 
orasidagi voqealar yozilgan.Yuliy Sezar ham «Gall urushlari haqida yozmalar» va 
«Fuqarolar urushi haqidagi yozmalar» nomli kitoblarini yozdirib qoldirgan. Bu asarlar 
Rim tari-xini, jumladan, uning madaniyatini o‘rganishda muhim manbalardir.
Yunon adabiyoti ta’sirida bir qator shoirlar va dramaturglar paydo boia-di. Ular 
ichida Plavt va Terensiylaming komediyalari hozirga qadar yetib kelgan. Plavt Tit 
M akutsiy (mil.avv. 111-184-yillar o ‘rtalari) Umbriyada tug‘ilgan. U 21 ta komediya 
yozgan: 
"Xazina”. “Kurkulon”, 
“Maqtanchoq jangchi” va boshqalar. Plavt 
komediyalaridagi obrazlar - greklar, lekin uning asarlarining mazmunida rimliklar 
hayoti aks ettiriladi. Jumladan, Rim su-di, o ‘z-o‘zini boshqarish, rim madaniyati
turm ush tarzi namoyon bo‘la-di. Liviy Andronik Gomem ing «Odisseya»sini lotin 
tiliga W jim a qilgan. Bu davr shoirlaridan Lutsiliy turmush mavzulari bo‘yicha 
sh e’rlar yozib, boylik orqasidan quvuvchi o ‘ta xasislar ustidan kulgan.
Publiy Terensiy (miLaw. 195-159). Kelib chiqishi bo'yicha karfegenlik qul bo‘lgan. 
Quldor uni aw al o ‘qishga berib savodli qilgach, so‘ngra ozod-likka chiqaradi. Publiy 6 
ta komediya yozadi: “Andriyanka” , “Qaynota” , “Aka-ukalar”, “Evnux” va 
boshqalar. M uallif o ‘z asarlarida oila, tarbiya masalalarini yoritishga qaratadi va 
gumanizm, ayollarga hurm at ruhini targ‘ib qiladi. Er.avv. 27-yili Rim respublika 
nomi bilan atalsa-da, am alda avtoritar boshqaruvidagi imperiyaga aylanadi. 
Birinchi imperator, prinsipiat (shu sababli imperiyani prinsipiat deb atalgan) 
b o ig a n Oktavianga Senat Av-gust unvonini - «Muqaddas kishi» degan faxriy nom 
bergan. Oktavian davridan boshlab butun Apenin yarim oroli Italiya deb atala 
boshlan-gan. Besh asr davom etgan Rim imperiyasida Avgust davri (er.avv. 20-14- 
) Rim madaniyatining oltin davri hisoblanadi.
Bu davrda Rim falsafasida Epikurizm, Stoitsizm va Neoplotonizm oqimlari 
keng yoyiladi.Epikurizmning ko‘zga ko‘ringan vakillari Lukretsiy va Sitseronlar 
edilar. Lukretsiy K ar (mil.avv. I asr) «Tutam narsalar haqida» poemasi-da yunon 
faylasufiari izidan borib, tabiatdagi barcha jonli va jonsiz nar-salaming atom 
zarraehalaridan tashkil topganligini ta ’kidlagan. Epikurizm yerdagi hayotdan 
xursand b o iish , huzur-halovatda yashashga undagan, kishining vafotidan keyin
48


hech qanday hayot yo‘qligini ta’kidlagan. U kishilikning eng qadimgi davri haqida 
shunday 
yozadi:
«Odamlar o ‘t bilan muomalani bilmasdi hali.
Vahshiy hayvonlami quvishardi o ‘rmonga,
Va og‘ir to ‘qmoq bilan urib ularni 
Toshbo‘ron qilishardi bermasdi omon.»
Lukretsiy diniy e ’tiqodlami inson tafakkurini jilovlovchi yuganga o ‘xshatadi. 
U tabiat, jam iyat va kishilar hayotida sodir boMadigan vo-qealarning sabablarini 
ilmiy asosda tushuntirib berishga harakat qilgan. Uning fikricha, jon o ia d i, chunki 
u maxsus zarralaming vaqtincha qo‘-shilishidangina iborat bo‘lib, jism halok 
bo‘lgandan keyin ayrim atom-larga parchalanib ketadi. Jon butun tanaga yoyilgan 
b o isa , ruh ko‘krak-ning o ‘rtasida joylashgan, deydi u. U jonning o iish in i tan 
olishi bilan faqat oxirat, narigi dunyoga ishonishni emas, balki bu bilan ц ruhni 
oxi-ratda jazolanishga ishonishni ham yo‘qqa chiqaradi, insonni do'zaxdan 
qo‘rqishdan xalos qiladi. Shu bilan birga, o iim d an qo'rqish ham yo‘q bo'ladi, 
ya’ni: “Biz yashab turgan ekanmiz - o iim yo‘q: o‘lim kelgach - biz yo‘q” . U 
birinchi bo‘lib, falsafa {aniga materiya atamasini kiritgan. Bu atama lotincha 
“mater - ona” so‘zidan olingan.
Sitseron M ark Tulliy (106-43) qadimgi Rim madaniyatining rivojla-nishiga 
katta hissa qo‘shgan. U buyuk faylasuf, notiqlik nazariyotchisi va siyosatchi edi. U 
o‘z asarlarida yunon falsafa maktablarining barcha oqim-larini ommalashtirishga qaratdi. 
Etika muammolari Sitseronning “Yaxshilik va yomonlikning chegaralari to‘g‘risida”, 
“Burchlar haqida” asarlarida yori-tilgan. U baxtning birdan-bir manbayi sifatida oliy 
ezgulik, oliy fazilat xusu-sidagi, axloqiy burch va shaxsiy foyda ziddiyati haqidagi 
masalalarga e ’tibor berib, amaliy tavsiyalar bergan. Kamolotga erishish uchun to‘rt 
fazilat - donishmandlik, adolat, mardlik, mo‘tadilIik zarur, deb uqtirgan. Rim stoi- 
tsizmining vakillari Seneka, Epiktet va imperator Mark Avreliylar boMib, ulaming 
uchalasi ham falsafani insonning dunyoviy lazzatlardan voz ke-chib, axloqiy yetuklikka 
yetishishi to‘g ‘risidagi ta’limot deb tushunar edilar. Stoitsizm xristianlik ta’limotining 
shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Imperiya davrida fanlar rivojlanishi kuzatiladi. Katta Pliniy, Ptolomey va Galen 
taniqli olimlar edilar. Katta Pliniy tomonidan 37 tomlik «Tabiiy fanlar tarixi» asari 
yaratildi. Bu asar o‘sha davrda tabiiy fanlar ensiklopediyasi rolini o ‘ynagan.
Ptolomey dunyoning geotsentrik tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. Uning 
«Almagest» asari astronomik bilimlar bo‘yicha qomus edi. U optika, matematika va 
geografiya sohalariga doir asarlar ham yozgan.
Qadimgi dunyoning mashhur tabiblaridan Asklepiad, Komeliy Sels, Юavdiy Galen 
boMib, ulaming ichida Klavdiy Galen (129-201) mashhur edi. Dastlab u gladiatorlik 
maktabida ishlab, so‘ng Rim imperatori saroyida tabib-lik qilgan. Klavdiy Galen 400 dan 
ortiq asarlar yozgan. Uning «Tabiblik 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə