Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 24

Bolalar sporti.
Bolalar sport faoliyati darsdan tashqari vaqtda amalga 
oshiriladi. O’quv fani sifatida umumta’lim maktablari o’quv rejalari va dasturlariga 
qisman kiritilgan va maktabda sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari 
muassasalardagi mashg’ulotlar shaklida alohida ahamiyat kasb etadi, ko’ngilli 
tarzda yo’lga qo’yiladi. 
Sportning xarakterli alomatlarining barchasi bir butun bo’lib, bolalar sportida 
o’z aksini topgan. Uni bolaning darsdan tashqari faoliyatining turli ko’rinishi deb 
belgilash ham, maxsus tayyorgarlik, musobaqalarda qatnashish yoki o’zidagi 
mavjud imkoniyatlarini xisobga olgan holda, oldindan belgilangan optimal harakat 
qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni, deb qarash ham mumkin. Bolalar sporti 
ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga ruxsat 
berilgan muddatdan to umumta’lim maktabini bitirgungacha bo’lgan davrni o’z 
ichiga oladi. 
Yoshlar sporti.
Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun ifodalangan. Uning 
chegarasi yoshga qarab o’smirlar, yoshlar sporti deb chegaralanadi. Yoshlar sporti 
o’z ichiga asosan katta maktab yoshidagi o’quvchilar, studentlarning birinchi 


kurslaridagilarni qamrab oladi. Bu ibora shartli xisoblanib, qizlarning ham ishtiroki 
nazarda tutiladi. Bu yoshdagilar sporti mamlakat katta sportining zaxirasidir. 
Maktab sporti shug’ullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab 
bolalar sportiga o’xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan 
tashqari muassasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o’quvchilari bilan 
maktab sport sektsiyalarida yo’lga qo’yiladi. 
Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun ko’rsatayotgan xizmatidan 
tashqari jismoniy tarbiyalash xizmatini xam o’zida mujassamlashtirgan. Sportda 
jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni mujassamlashtiriladiki va jismoniy kamolotga 
erishishning pedagogax tizimi mutaxassislashtiriladi va sportchining tayyorgarligi 
deb nomlanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə