jamiyatning o’zaro munosabatiga ham bog’liq. Tizimning tashkiliy quvvati, birinchi
navbatda,
uning tashkil topishi, hayotda ishlashi va rivojlanishiga, unda davlatning
qay darajada ishtirok etishi hamda jamiyat boshqaruvchi kuchlariga ham bog’liq.
Ibtidoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning alohida xususiyatlarini
jismoniy tarbiyaning mehnat jarayoni hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan
chambarchas aloqasi belgilab beradi. Sinfiy jamiyat vujudga kelguniga qadar
jismoniy tarbiyani rivojlantirishga mehnatdan tashqari harbiy ish ham ta'sir o’tkazdi.
O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali
ibn Sino eng muhim o’rinda turadi. U “Mo’tadil ravishda va o’z
vaqtida
badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi
kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaydi” deb bashorat qiladi.
Ibn Sino badantarbiya mashqlarining turlari va ular bilan shug’ullanish tartib
qoidalarini ham aniq ko’rsatadi. Badantarbiyaning xillari turli bo’lishini quyidagicha
ifodalaydi: kichigi va kattasi, juda kuchliligi, tez va susti, tez va shiddatli, nihoyat
sust turlariga bo’lgan.
Xorazmlik shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1246-1324) o’z davrida
kurash usullarini yoshlarga o’rgatgan, u bilan muntazam shug’ullanishda o’z
hayotini amaliy jihatdan namuna bo’lib ko’rsatgan.
Amir Temur Kesh shahri yaqinidagi Shahrisabz tumani Xo’jailg’or
qishlog’ida Barlos qavmi begi bo’lgan Amir Tarag’ay xonadonida 1336 yil tavallud
topgan. U yoshlik chog’ida harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda
bevosita qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir sarkarda bo’lgan. Jangchilarni
tayyorlashda jismoniy mashqlardan keng ravishda foydalangan.
Bobur yoshligidan ilm fanga, she'riyatga qiziqqan. Dovyurakligi va jasurligi
uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) taxallusini olgan.
Hindistonda olib borgan
janglarida, askarlarni jangga tayyorlashda jismoniy mashqlarning rolini ko’rsatgan.
“Yulduzli tunlar” (1990), “Avlodlar dovoni” tarixiy romanlarining muallifi
Pirimqul qodirov faqatgina Bobur hayotini emas, balki o’sha davr madaniyati, urf-
odatlarini, jumladan,
mashaqqatlarga chidamlilik, jismonan kuchli bo’lishning
afzalliklarini, buning ijtimoiy - tarbiyaviy tomonlarini katta e'tibor bilan tasvirlagan.
Bular hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg’usi, unga sadoqat hissini,
jangovorlik
ruhini mustahkamlashda, sog’lom avlodni tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
“Jismoniy tarbiya tarixi” (1963, tarjima) darsligida hozirgi O’zbekiston, hatto,
Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz jismoniy madaniyati,
tarbiyasi
deyarli tilga olinmagan. Mualliflar R.I.Islomov, Yu.R.Shailomitskiy qadimgi
xalqlarimiz jismoniy madaniyatiga doir materiallarni to’laqonli aks ettirmaganlar.
Shunday qilib, O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya tizimi
vujudga keldi. Shuningdek, jismoniy tarbiya ijtimoiy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy
taraqqiyot natijasidir.
Respublikada hamma madaniyat sohalarining tez o’sishiga, qisqa tarixiy vaqt
ichida jismoniy tarbiya tizimini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.
Jismoniy tarbiya tizimi
jismoniy tarbiyaning g’oyaviy,
ilmiy-metodik
negizlari birligidan, shuningdek, Respublika fuqarolarining
jismoniy tarbiyasini
amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilotlar va muassasalar birligidan
iborat.