Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 24

Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi 
Yo’naltirilgan g’oyaviy tamoyillar, maqsad, vazifalar 
Ilmiy-metodik konsepsiya 
Dastur mazmuni va me'yoriy asoslari 
Majburiy kurs 
Mustaqil mashg’ulotlar 
Tashkil qilishning davlat 
shakli 
Tashkil qilishning jamoatchilik 
shakli 
Jismoniy madaniyat amaliyoti tizimining ishlashi uchun sharoit 
Tibbiy-pedagogik tizim nazorati 
Professional kadrlarni tayyorlash va 
maxsus ilmiy-tekshirish 
muassasalari 
Axborot bilan ta'minlanganligi 
Moddiy-texnik baza 
 
2-chizma. Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi va uning ishlash sharoiti 
Jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi jamiyatning moddiy va ma'naviy 
darajasi yetarli darajada yuqori bo’lishiga hamda ishlab chiqarish kuchlari va 


jamiyatning o’zaro munosabatiga ham bog’liq. Tizimning tashkiliy quvvati, birinchi 
navbatda, uning tashkil topishi, hayotda ishlashi va rivojlanishiga, unda davlatning 
qay darajada ishtirok etishi hamda jamiyat boshqaruvchi kuchlariga ham bog’liq. 
Ibtidoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning alohida xususiyatlarini
jismoniy tarbiyaning mehnat jarayoni hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan 
chambarchas aloqasi belgilab beradi. Sinfiy jamiyat vujudga kelguniga qadar 
jismoniy tarbiyani rivojlantirishga mehnatdan tashqari harbiy ish ham ta'sir o’tkazdi. 
O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali 
ibn Sino eng muhim o’rinda turadi. U “Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida 
badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi 
kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaydi” deb bashorat qiladi. 
Ibn Sino badantarbiya mashqlarining turlari va ular bilan shug’ullanish tartib 
qoidalarini ham aniq ko’rsatadi. Badantarbiyaning xillari turli bo’lishini quyidagicha 
ifodalaydi: kichigi va kattasi, juda kuchliligi, tez va susti, tez va shiddatli, nihoyat 
sust turlariga bo’lgan. 
Xorazmlik shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1246-1324) o’z davrida 
kurash usullarini yoshlarga o’rgatgan, u bilan muntazam shug’ullanishda o’z 
hayotini amaliy jihatdan namuna bo’lib ko’rsatgan. 
Amir Temur Kesh shahri yaqinidagi Shahrisabz tumani Xo’jailg’or 
qishlog’ida Barlos qavmi begi bo’lgan Amir Tarag’ay xonadonida 1336 yil tavallud 
topgan. U yoshlik chog’ida harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda 
bevosita qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir sarkarda bo’lgan. Jangchilarni 
tayyorlashda jismoniy mashqlardan keng ravishda foydalangan. 
Bobur yoshligidan ilm fanga, she'riyatga qiziqqan. Dovyurakligi va jasurligi 
uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) taxallusini olgan. Hindistonda olib borgan 
janglarida, askarlarni jangga tayyorlashda jismoniy mashqlarning rolini ko’rsatgan. 
“Yulduzli tunlar” (1990), “Avlodlar dovoni” tarixiy romanlarining muallifi 
Pirimqul qodirov faqatgina Bobur hayotini emas, balki o’sha davr madaniyati, urf-
odatlarini, jumladan, mashaqqatlarga chidamlilik, jismonan kuchli bo’lishning 
afzalliklarini, buning ijtimoiy - tarbiyaviy tomonlarini katta e'tibor bilan tasvirlagan.
Bular hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg’usi, unga sadoqat hissini, 
jangovorlik ruhini mustahkamlashda, sog’lom avlodni tarbiyalashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
“Jismoniy tarbiya tarixi” (1963, tarjima) darsligida hozirgi O’zbekiston, hatto, 
Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz jismoniy madaniyati, tarbiyasi 
deyarli tilga olinmagan. Mualliflar R.I.Islomov, Yu.R.Shailomitskiy qadimgi 
xalqlarimiz jismoniy madaniyatiga doir materiallarni to’laqonli aks ettirmaganlar. 


Shunday qilib, O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya tizimi 
vujudga keldi. Shuningdek, jismoniy tarbiya ijtimoiy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy 
taraqqiyot natijasidir. 
Respublikada hamma madaniyat sohalarining tez o’sishiga, qisqa tarixiy vaqt 
ichida jismoniy tarbiya tizimini yaratilishiga imkoniyat yaratildi. 
Jismoniy tarbiya tizimi
jismoniy tarbiyaning g’oyaviy, ilmiy-metodik 
negizlari birligidan, shuningdek, Respublika fuqarolarining jismoniy tarbiyasini 
amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilotlar va muassasalar birligidan 
iborat. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə