Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


 Jismoniy tarbiya tizimida tayyorgarlik turlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 24

2. Jismoniy tarbiya tizimida tayyorgarlik turlari 
Jismoniy tayyorgarlik.
Individning tashqi ko’rinishiga qarab jismoniy 
tayyorgarligiga baho berish hozirgi kungacha ham uchrab turadi. Qaddi qomatning 
kelishganligi bu jismoniy jihatdan barkamolik belgisi emasligi maxsus 
adabiyotlarda qayd qilingan. 
Jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yishning asosiy shartlaridan biri tana 
shaklini yaxshilashdir. Bu asosan tana mushaklarini rivojlantirish, uning vaznini 
izga solish (vaznni boshqarish), qaddi-qomatni rassomligini yo’lga qo’yish 
tarbiyalash, rostlash (tuzatish) tarzidagi qator boshqa ishlar amalga oshiriladi. Qayd 
qilinganlar jismoniy tayyorgarlik jarayoni deb atash qabul qilingan. 
Qator mualliflar, jismoniy tayyorgarlikni - individ gavdasining tashqi 
ko’rinishi, qaddi - qomati, bo’yi-basti, gavdasining tuzilishi va boshqa jihatlariga 
qarab “baquvvatlar” deb farqlanishini jismoniy tayyorgarligi yuqorilar deb atash 
shartli bo’lib, ko’rinishiga ko’ra jismoniy tayyorgarligi yuqorilarni har doim ham 
jismonan baquvvat deb bo’lmasligi o’zining ilmiy nazariy isbotiga ega. 
Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport jarayonida jismoniy 
tayyorgarlikning uchta asosiy yo’nalishi mavjud bo’lib, ular inson jismoniy 
tarbiyasining ana o’sha mezonlar asosida – “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasb-
hunar jismoniy tayyorgarligi”, “sport tayyorgarligi” tarzida amalga oshiriladi, yo’lga 
qo’yiladi. 
Jismoniy tayyorgarlik bilan jismoniy qobiliyatning farqini tushuntirishga 
urinib, farqni aqliy mehnat va jismoniy mehnatning farqiga o’xshatgan yoki 
jismoniy madaniyat bilan madaniyatning boshqa turlari orasidagi o’xshashlik, 
yaqinlikdek deb tushuntirgan. Demak, jismoniy tayyorgarlik bilan jismoniy 
qobiliyat tushunchasi biri-biriga o’ta yaqin tushunchalardir. 


Professor Sh.X.Xonkeldiyev, A.Abdullayev va boshqalar tomonidan Oliy 
o’quv yurtlarning talabalari uchun yozilgan “Sog’lom turmush tarzi jismoniy 
madaniyati” (2009) o’quv qo’llanmasida “jismoniy qobiliyat” tushunchasiga - 
insonning u yoki bu mushaklarining faoliyati talablariga javob beradigan va uning 
samarali bajarilishini taьminlaydigan ruhiy-fiziologik hamda morfologik 
xususiyatlarining majmuidir deb ta’rif berilgan. 
Jismoniy tayyorgarlikning ikki ko’rinishi mavjud bo’lib, umumiy va maxsus 
jismoniy tayyorgarlik tarzida amalga oshiriladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) deb inson organizmining harakat 
sifatlarini teng, birini - biridan ustun qilib rivojlantirmay, barchasini teng 
rivojlantirish (xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik)ga yo’naltirilgan ko’p yillik 
pedagogik jarayon tushuniladi. 
Hozirgi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan STT jismoniy 
madaniyatining asosida ham jamiyat a’zosini UJTini yaxshilash masalasini xal qilish 
yotadi. 
UJTning mazmuni, vositalari, usullari va mashg’ulotlarni tashkil etish 
jarayonida inson faoliyatining barcha shakllari, u sport faoliyatimi, mehnat jarayoni 
faoliyati ko’rinishida bo’ladimi, keng jihatli bazaviy jismoniy tayyorgarlikni yuzaga 
keltirishga yo’naltiriladi. 
UJT jarayonida asosan quyidagi vazifalar hal qilinadi, ular: 
- inson organizmining har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ta’sir etish bilan 
chidamlilik, kuch, tezlik, chaqqonlik va mushaklar plastikligi va bo’g’inlar 
harakatchanligidek sifatlarini tarbiyalash bilan jamiyat a’zosini umri davomida 
yoshi uchun mos darajadagi harakat aktivligi tonusini ushlashning qulay bazasini 
yaratish; 
- salomatlikni mustaxkamlash, organizmni tashqi muxitning zararli omillariga 
karshi tura olish jihatini kuchaytirish; 
- o’quv va mehnat faoliyati davomida ish qobiliyati pasaygan xolatlarda faol 
xordiq chiqarib, organizm quvvatini tiklash uchun sharoit yaratish; 
- qo’shimcha yoki kutilmaganda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish 
uchun iroda kuchini mustaxkamlash va boshqalar. 
Ma’naviy merosimizga taalluqli Sharq mutafakkirlarining kontseptual-
metodologik tarixiy asarlari, xalq pedagogikasi an’analarida, diniy adabiyot 
manbaalarida xam inson jismoniy tayyorgarligi jarayoni, uni rivojlantirishning 
muhimligiga, faqat undan kundalik turmush sharoitidagina emas, vatan ximoyasi 
jarayonida xam muhimligiga oid aytilgan fikrlarga duch kelamiz. 
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali 
ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Bobur va boshqa allomalarimizning tan 


tarbiyasi, inson jismining jismoniy quvvati haqidagi fikrlari biz o’rganishni maqsad 
qilgan muammoni ajdodlarimiz davrida ham muhim ekanligini ko’rsatadi. 
Bobokalonimiz, tibbiyot olamining yetakchi namoyondasi Abu Ali ibn Sino 
o’zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda 
shug’ullangan odam hech qanday davolanishga muxtoj bo’lmaydi” deb yozgan. 
Jismni hayotiy sinovlarga tayyorlash ma’lum darajadagi tayyorgarliklarni talab 
qilishini uqtirgan. 
Jahongir bobomiz Amir Temur jahonga mashxur asari sanalmish o’zining 
“Tuzuklari”da o’z qo’shiniga askarlarni tanlash qoidasida quyidagi uch jihatga 
e’tibor berishni uqtirgan: eng avvalo, sog’lom va jismonan baquvvat bo’lishi, 
ikkinchisi, qurolni biror turidan moxirona foydalana olishi, uchinchisi - aqli, 
zakovati, iktidorini sinab ko’rish lozim deb xisoblagan. 
E’tbor bersak, bo’lajak jangchi tanining sihatligi, jismining baquvvatligi 
birinchi o’ringa qo’yilgan. Bayramlar, sayillar va boshqa yirik tantanalarda yoki 
sarbozlikka nomzodlar tanlashda, jahongir bobomiz o’zi kurash tushganligi
qo’riqlarda shaxsan o’zi, hozirgi zamon tili bilan aytsak, “mahorat” (master-klass)ini 
namoyish qilganligi haqidagi ma’lumotlar saqlangan. 
Ulug’ sulton, davlat arbobi, falakiyot sohasining yetakchi olimi, bobomiz 
Mirzo Ulug’bekning pedagogik qarashlarini hozirgi kunda Prezidentimiz davlat 
siyosatiga aylantirgan muammo, yoshlar jismoniy tayyorgarligiga chaqiriq qilib 
olish mumkin “Farzandingiz sog’lom va baquvvat bo’lishini istasangiz, uni kichik 
yoshidan badan tarbiyasini yo’lga ko’ying, chiniqtiring” degan so’zlarining 
ahamiyati hozirgi kungacha ham o’zining ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 
Yuqoridagilardan kelmb chiqib, umumiy jismoniy tayyorgarlikka shaxsni 
jismoniy yetuklikka erishtirishning bazaviy shakli deb qarashga to’g’ri keladi. 
Boshqachasiga aytganda jismoniy yetuklik individning jismoniy rivojlanishi 
asnosida, uni jismoniy mashq, ixtiyoriy harakatlar to’g’risidagi nazariy bilimlari va 
amaliy malaka va ko’nikmalarini imkon qadar to’liq namoyon eta olish darajasidir. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik aslida individning atletik jihatini 
tarbiyalanishini ta’minlaydi, salomatligini mustaxkamlaydi, harakat sifatlarining 
imkoniyatlarini bir xilda kengaytiradi va organizmini jismoniy rivojlantirish uchun 
mustaxkam poydevor yaratadi. 
Organizmdagi mavjud harakat sifatlari - kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, 
egiluvchanlik va boshqa sifatlarni rivojlanganligi jihatini bir xil, teng 
tarbiyalanishini yo’lga qo’yadi. Bu bilan jismoniy tayyorgarlik amaliyotda 
uchraydigan kuch jihati yuqori, lekin chidamlilik talab qiladigan faoliyatni qiynalib 
bajaradigan yoki uni teskarisi – o’ta chidamli, lekin kuch talab qiladigan 
faoliyatlarni bajarishda qiynaladigan bir tomonlama shakllangan shaxslarni 
tarbiyalanishiga yo’l qo’ymaydi. 


Tadqiqotlar va jismoniy tayyorgarlik amaliyotida u mumiy jismoniy 
tayyorgarlik insonni baquvvatroq, sog’lomroq, katta yuklamalarga chidamliroq 
qilishi isbotlangan. 
Umumiy 
jismoniy 
tayyorgarlikning 
vositalari 
tarzida, 
gimnastika 
jihozlaridagi mashqlar, jismlar va jismlarsiz bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi, 
sport turlari mashqlari yoki ularning elementlari va boshqa og’irlik ko’tarish, 
o’zining tanasi vaznidan hamda qarshiliklarni yengish bilan bajariladigan 
mashqlardan foydalaniladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlikda barcha organ va tuzilmalarimizni faol 
ishlashini ta’minlovchi (yurish, yugurish, sayrlar, sayoxatlar) mashqlar muhim rolь 
o’ynaydi. Ular orqali tayyorgarligi hamda rivojlanishida orqada qolgan, funktsional 
holati yaxshi bo’lmagan a’zolarimizni, organ va tuzilmalarimizni xizmati darajasi, 
imkoniyatlarini oshirish uchun foydalanish maqsadga muvofiq. Qayd qilingan 
vositalarni tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari bilan qo’shib qo’llanishiga 
erishilsa, jismoniy tayyorgarlik jarayoni samaradorligidan kutilgan maqsadga oson 
erishiladi. 
UJT sog’liqni mustaxkamlashga, keng doiradagi harakat malakalari va 
ko’nikmalarga ega bo’lish, qayd kilingan tayyorgarlikka esa o’zidan so’ng amalga 
oshiriladigan maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) uchun zamin bo’lishga xizmat 
qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltiriladi. 
UJT jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko’proq maktab jismoniy tarbiya 
tizimida, ommaviy jismoniy madaniyat tadbirlari, ishlari hamda jismoniy mashqlar 
bilan individual shug’ullanish mashg’ulotlarining turli shakllari orqali amalga 
oshiriladi. Bunday mashg’ulotlarning mazmuni harakat sifatlarini har tomonlama 
garmonik rivojlantirishga yo’naltiriladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə