Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2 24

Maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlik. 
Inson 
organizmining 
jismoniy 
tayyorgarligini qayd kilingan yo’nalishi tanlangan mehnat faoliyati, kasbi (o’t 
o’chiruvchi, mashinist, xaydovchi, novvoy, duradgor va boshqalar) uchun yoki sport 
faoliyatida tanlangan sport turi talab qiladigan jismoniy sifatlarni rivojlantirish va 
tarbiyalashni boshqarishni o’z ichiga oladi. 
Masalan, o’t o’chiruvchi kasbining soxibi maxsus kiyim bosh kiyib, noqulay 
sharoitda, chegaralangan satx-narvon yoki oddiy taxta ustida ma’lum vaznga ega 
bo’lgan ish kurollaridan foydalanib, o’z vazifasini bajarishda belgilangan darajadagi 
tezkorlik, kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni namoyon qilishi lozim 
bo’ladi. Qayd qilingan sifatlarni tarbiyalashni maxsus jismoniy tayyorgarlik 
jarayonidagi mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. 
Har qanday kasb soxibining jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa, kasbiy jismoniy 
tayyorgarligi o’zining xususiy tomonlariga ega. Mashg’ulotlar kasb soxiblari uchun 
maxsus ishlangan dasturlar asosida tashkil etiladi. Sport faoliyati va unga 


tayyorgarlik jarayonidagi maxsus tayyorgarlik faqat tanlab olingan sport turi uchun 
kerak bo’ladigan sifatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi. 
Kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi
maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayoni 
xisoblanib, ularning har biri xususiy tomonlari bilan farqlanadi. Kasb-xunar 
jismoniy tayyorgarligi - bu, jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq 
mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda 
asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan 
foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi 
mehnat harakat malakalarining shakllanishi jarayonini tezlashtiradi, mehnat 
unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muxit ta’sirining zararli omillariga 
qarshilik ko’rsatishini yaxshilaydi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, jismoniy tayyorgarlik tushunchasi 
jismoniy tarbiya jarayoni tarkibida amalga oshiriladigan amaliy faoliyatdir. 
Jismoniy madaniyat bakalavri jismoniy tayyorgarlik tushunchasining mazmuni, 
atamaning ta’rifi, bu jarayonning maqsadi va vazifasi, jismoniy tayyorgarlikning 
tuzilishi (strukturasi), jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari jarayonida organizmda 
sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar va ularga oid nazariy bilimlar, jismoniy 
tayyorgarlikning ko’rsatkichlari, “jismoniy qobiliyat”, umumiy jismoniy, maxsus 
jismoniy, kasb - hunar jismoniy tayyorgarligi, ajdodlarimiz meroslarida inson jismi 
tarbiyasiga oid nazariy fikrlar, sport turlari jismoniy tayyorgarligidek kasbiy nazariy 
va kasbiy amaliy malakalarga oid bilimlarni boyligi uning kasbiy nazari va kasbiy 
amaliy malakalari salohiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Mustaqilligimizdan so’ngi ayrim maxsus adabiyotlarimizda, ayniqsa, 
matbuot, radio televideniyada “jismoniy barkamollik”, “jismoniy kamolot”, 
“jismoniy yetuklik” va boshqa jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyotining 
qator atamalarini mazmunini o’rinsiz yoki bilmay qo’llash xollari uchrab turganligi 
jamiyat jismoniy madaniyati darajasi haqida salbiy fikrlarga sabab bo’lishi mukin. 
Jismoniy tayyorgarlikning tuzilishi va vositalariga oid ko’shimcha bilimlarni 
Sh.X.Xankeldiyev va Ye.Ya.Bondarevskiylarning “O’quvchi talaba yoshlarning 
jismoniy tayyorgarligini regional xususiyatlari” monografiyasida o’qish mumkin. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə