Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24

 
 
1-chizma. Jismoniy tarbiya maqsadga muvofiq yo’naltirilgan pedagogik 
jarayon bo’lib, harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish va jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. 
Jismoniy madaniyat
- muayyan tarixiy sharoit maxsuli. Xar bir ijtimoiy-
iqtisodiy tuzimida jamiyat a’zolari jismining madaniyati o’z davri uchun xarakterli 
bo’lib, jamiyat taraqqiyotining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi, mulki 
tarzida shaxsning xar taraflama barkamolligini ta’minlovchi vosita yoki uning 
majburiy sharti bo’lib qolaveradi. 
Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolarining jismoniy kamolotga erishishini 
maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va 
Ji
smo
n
iy
ta’lim
Sport harakatida ko’nikma va
malakalarni shakllantirish
Hayot uchun kerakli harakat, ko’nikma
va malakalarni shakllantirish
Maxsus jismoniy madaniyat
bilimlarini berish
Jismoniy
sifatlarni
tarbiyalash
Kuch
Chidamlilik
Chaqqonlik
Tezkorlik
Egiluvchanlik
Jismoniy tarbiya bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda va Vatan 
himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar 
bilan qurollantirishdir


sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan 
yutuqlarning majmuidir. 
.... 
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy 
madaniyat keng, jamlovchi tushuncha. Jismoniy tarbiya, sport tushunchalari esa 
jismoniy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi sifatida o’zining yo’nalishlariga 
ega bo’lgan pedagogik jarayonlarni o’z ichiga mujassamlashtiradi. 
Ularning jismoniy madaniyat va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya 
fakulьtetlari talabalari uchun yozilgan darsliklarida bu tushunchaning ta’rifini 
quyidagicha ifodalaydi: “Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolarini jismonan 
tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, ma’naviy 
boyliklar majmuidir”. 
Moddiy boyliklar - mavjud jamiyatning xilma-xil sport inshootlari, maxsus 
anjomlar, uskunalar, mablag’lar, jamiyat a’zolarining jismoniy kamoloti darajasn 
(sport yutuqlari) demakdir. 
Ma’naviy boyliklar - tarbiya tizimi yaratgan, shakllantirgan, g’oyaviy, ilmiy-
nazariy, uslubiy, tashkiliy, amaliy sohada erishilgan maxsus ilmiy yutuqlar majmui 
bo’lib, u doimiy ravishda boyib, o’zgarib turadi. 
Jismoniy tarbiya orqali har qanday inson o’ziga munosib jismoniy madaniyat 
mazmunini o’zlashtiradi, shu soha yutug’i uning shaxsiy mulkiga (boyligiga) 
aylanadi. Maktab o’quvchilarining jismoniy madaniyati ta’rifi jamiyat jismoniy 
madaniyati ta’rifidan kelib chiqadi. 
Tadbiqiy (amaldagi) jismoniy madaniyat – kasbiy tadbiqiy va yutuq-tadbiqiy 
jismoniy madaniyatlarga bo’linadi. 
Ular bevosita kasb-hunar faoliyati sohasi soxibining hamda ma’lum kasbiy 
tayyorgarlik talablaridan kelib chiqadigan va mehnat sharoitiga bog’liq maxsus 
jismoniy tayyorgarlik jarayonidagi jismonny madaniyat bilimlaridir. Jismoniy 
madaniyatining tadbiqiy turlarini organik bog’liqligi, kasbga oid amaliy tayyorgarlik 
va harbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikning bazasida 
yuzaga kelgan. 
Bundan tashqari, jismoniy madaniyatning amaliy turlari mazmuniga jismoniy 
tarbiya va sport zaminida kuch sinashuv, musobaqalashuv va boshqa turli xildagi 
jismoniy mashqlar ham kiritilgan. 
Jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan jismoniy tarbiya ko’pchilik 
aloqalarning boshqa qismlari bilan birlashgan, chunonchi jismoniy tarbiya va 
ommaviy tayyorlangan tomosha tutashgan joyda jismoniy tarbiya paradlari va 
namunali chiqishlar vujudga keldi. 
Jismoniy tarbiya turlarining tasnifi katta amaliy ahamiyatga ega, u jamiyatda 
jismoniy tarbiyadan maqsadga muvofiq foydalanish yo’nalishini ko’rsatadi. 


Chunonchi, agar maktabda bazali jismoniy tarbiya vazifalari yechilayotgan bo’lsa, 
u holda jismoniy ma'lumot va umumiy jismoniy tayyorgarlik amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiyaning barcha boshqa turlari bu vazifalarni yechishga ko’maklashishi 
mumkin, ammo bazali jismoniy tarbiya o’rnini bosishga qodir emas. 
Jismoniy madaniyat mavjud jamiyatning rivojlanishida ma’lum xizmatlarni 
bajaradi: 
-
inson harakat faoliyatining muvofiq me’yoriy normalarini
 
belgilab 
beradi (“Alpomish” va “Barchinoy’’ salomatlik testi normalari); 
-
jismoniy madaniyatga oid ma’lumotlar va axborotlarni tuplash 
(axboriylik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va tarkatishga vositachilik 
kiladi; 
-
shaxslararo mulokot, uzaro aloka (kommunikativlik) munosabatlarini 
shakllantiradi; 
-
shaxsning harakat estetikasi talabini kondirish bilan bog’liq estetik 
didni tarbiyalash xizmati; 
-
insonning doimiy harakat kilishga bo’lgan tabiiy extiyojini kondirish 
bilan bog’liq bo’lgan va uning kundalik turmushi uchun lozim darajadagi jisman 
yarokdilik xolatini ta’minlashdek (biologik) xizmati; 
-
jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati - sport, jismoniy 
madaniyati deb atalmish madaniyat tasnifining asosida yotadi. 
Jamiyat a’zosining jismoniy bilimi, jisman rivojlanganligi, jismoniy 
tayyorgarligi evaziga aktiv hayotiy faoliyat uchun zarur bo’lgan jismoniy kamolotga 
erishishga zamin yoki jismoniy madaniyatning poydevori yaratiladi. 
Shug’ullanuvchilarning 
yoshiga 
qarab 
jisman 
rivojlanganlik, 
tayyorgarlikning o’zgaruvchanligi va o’ziga xoslik xususiyatlari orqali jismoniy 
madaniyatga egalik, jismoniy madaniyat soxibiligidek jihati yuzaga keladi. Bunda 
turli 
xildagi 
jismoniy-madaniy, 
ma’naviy va ommaviy-teatrlashtirilgan 
tomoshalarning, ochiq havoga-tabiat qo’yniga ommaviy chiqishlar, sayohatlarning 
o’rni beqiyos. Ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirish orqali ko’rgazmali, tashviqot 
tarzidagi namoyish etib chiqishlar bilan - ommaviy krosslar, yugurishlar, 
velosipedda sayohatlar, ochiq havoga ommaviy va oila a’zolari bilan chiqishlarning 
yo’lga qo’yilishi xalq millatning jismoniy madaniyatidan dalolatdir. 
Ba 
shariyat madaniyatning boshqa barcha turlari orqali qayd qilingan vazifalarni 
xal qilishning imkoni bo’lsada, ular inson jismi madaniyatining o’rnini bosa 
olmaydi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə