Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


Jismoniy madaniyat bazasi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24

Jismoniy madaniyat bazasi
maxsus ma'lumot va jismoniy tayyorgarlikni 
ta'minlaydi. 


Jismoniy 
madaniyatning 
boshlang’ich 
tagzamini 
shartli 
ravishda 
«maktabgacha va maktab jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan 
maktabgacha yoshdagi bolalar, umumiy ta’lim maktablari va boshqa o’quv tarbiya 
muassasalarida jismoniy madaniyat o’quv predmeti sifatida majburiy mashg’ulotlar 
tarzida tashkillanadi. O’z navbatida bu mashg’ulotlar umumiy jismoniy ma’lumotga 
ega bo’lishi uchun asos yaratadi. 
Jismoniy qobiliyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustaxkam sog’liq 
bazasining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu bilan xar tomonlama jismoniy 
rivojlangan shaxs uchun zarur bo’lgan jismoniy salohiyat darajasining asosini 
yaratishga kafolat vujudga keladi. 
Maktab jismoniy madaniyati esa o’quvchi jismining tarbiyasi uchun zaminni 
shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. 
Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy
tarbiyaning fundamental qismidir. 
Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya 
shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan 
ko’ra yuqori ta'minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o’z ichiga 
oladi. 
Jismoniy madaniyat tushunchasining tarkibiy mazmunini 1-rasmda 
yoritdik (1-rasmga qaralsin). 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, jismoniy madaniyat bashariyat 
madaniyatining bir qismi bo’lib, kamroviga ko’ra o’zining keng mazmunida fanning 
yetakchi tushunchalarini, jismoniy madaniyatning turlarini tatbiqiy (amalda 
foydalanilayoggan) ish, sog’lomlashtirish hamda sog’lom turmush tarzi jismoniy 


madaniyatini, uning jamiyat va jamiyat a’zolari uchun xizmatlarini, jamiyat 
a’zolarining jismoniy madaniyatliligi darajasini o’zida mujassamlashtiradi, uning 
tag zamini esa shartli ravishda «maktabgacha va maktab jismoniy madaniyati» 
orqali qo’yiladi. 
Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir: 

faoliyatni oqilona me'yoriy mustahkamlash; 

madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga yetkazish; 

shaxslararo kommunikativ munosabat o’rnatish, aloqa qilishga 
ko’maklashish; 

insonning biologik, sog’lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning 
jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a'zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini 
bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta'minlash; 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə