Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 24

Amaliy jismoniy tarbiya
kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy turlarga bo’linadi. 
Ularning xususiyatlari professional faoliyat sohasiga bevosita kiritilishi bilan 
belgilanadi.
Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari bazali jismoniy tarbiya bilan eng 
mustahkam tarzda bog’langan. Ularning uzviy aloqasi shunda ifodalanadiki, bunda 
kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy 
tayyorgarlik negizida quriladi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiyaning amaliy turlari 
mazmuniga bazali jismoniy tarbiya va sportning muvofiq unsurlari ham kiradi.
 
Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi


Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari 
rivojlanish darajasini ta'minlaydi. 
Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori 
muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini 
ifodalaydi. 
Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli 
darajada jismoniy va unga bog’liq bo’lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va 
o’sishini ta’minlaydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi xisoblangan 
sport tushunchasi yunoncha so’z bo’lib, boshlang’ich ma’noda «kuch sinashaman», 
«musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha sportga dam olish, ko’ngil 
ochish, so’ng, jismonan yuqori sport ko’rsatkichga erishish vositasi, musobaqalarda 
g’alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaralgan. 
Sport asosan uch ko’rinishda - o’quv predmeti, ommaviy-ko’ngilli sport, 
«katta sport», “Oliy tartibdagi harakat mahorati sporti” tarzidagi yo’nalishlarda 
o’zining nazariyasi va amaliyotini rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi. 
O’quv predmeti sifatida davlat ta’lim muasassalari va qurolli kuchlar tizimi 
jismoniy tarbiya jarayonining vositasi tarzida. UJT hamda sport tayyorgarligini 
nazariy asoslari fani tarzida majburiy o’qitiladi. 
Ommaviy-ko’ngilli sport jamiyatimiz a’zolarining bo’sh vaqtlarini samarali 
o’tkazish, sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati soxibining jismoniy mashqlar 
bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining vositasi tarzida foydalanishda, bolalar, 
o’quvchi, talaba-yoshlarning darsdan tashqari vaqtini foydali o’tkazish uchun har bir 
individning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Sport mahoratini oshirish maqsadida 
ham ommaviy ko’ngilli sportdan maqsadli foydalanish ham yo’lga qo’yilishi 
mumkin. 
Ommaviy-ko’ngilli sport atamasi o’z mazmuniga ko’ra ko’pchilik 
shug’ullanishi mumkin bo’lgan yoki shug’ullanishni yoktiradigan sportning - 
minifutbol, futbol, voleybol, basketbol, qo’l to’pi, yengil atletikaning yurish
yugurish mashqlari, suzish, shaxmat, shashka va boshqa qator turlarni o’z ichiga 
oladi. Turli xildagi harakatli o’yinlar, o’z qoidasi, o’yin maydoniga ega bo’lgan xalq 
milliy o’yinlari va milliy sport turlari ham bundan mustasno emas. 
Katta sport boshqachasiga - “oliy maqomdagi sporti mahorati” soxiblari 
bajaradigan harakatlar tarzidagi sport boshqachasiga aytganda “harakatning oliy 
maqomi” (yuqori maqomda bajariladigan) jismoniy mashqlar tushuniladi. 
“Katta sport” sportning tanlangan turi bo’yicha “oliy maqomdagi harakat 
malakasini egallash”ni maqsad qilib shug’ullanuvchilarning maxsus tayyorgarligini 
o’z ichiga oladigan jarayon ko’lamiga ko’ra keng tushuncha. Bunday maxsus 
tayyorgarlik tanlangan sport turiga qarab 8,12,15 va undan ortiq yillar davomida 


muntazam va tizimli amalga oshiriladigan jarayondir. Shug’ullanuvchilarning 
ko’pchiligi sportchi sifatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni faqat yuqori 
sport natijalarga erishishni maqsad qilib qo’yadilar. Hozirgi kunda esa bu kasb ham 
xisoblanadi. 
Shu kunlarda «sportchi» deganda yoki shu so’z talaffuz etilganda
tasavvurimizga kuchli, chidamli va chaqqon, qaddi-qomati kelishgan alpqomat yigit 
yoki qiz obrazi, shu bilan birga, irodali, to’g’ri so’zli, hayotga doimo yaxshi umid 
bilan qaraydigan optimizim ruxi soxibi, har qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, 
kamtarin va o’zining sportdagi mahorati va yutuqlariga nisbatan xotirjam insonni 
ko’z oldimizga keltiramiz. 
Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat, 
tarbiyaviy va kommunikativlik funktsiyalarini ham bajaradi. 
Katta sport shug’ullanuvchidan (sportchidan) o’ziga nisbatan o’ta talabchan, 
uyushgan, belgilangan qoidalarga rioya qiladigan, tashkilotchi, kirishuvchan 
(begonasiramaydigan), tez muloqotga kirishuvchan bo’lishni, talab qilinsa
fidoiylik, o’zini ayamaslikdek, qator insoniy sifatlarning talablarini qoidaga 
aylantira oladigan, unga rioya qilaoladigan, oriyatli, shon-shuxratga nisbatan 
bosiqlikdek xislatlar hamda boshqa qator qadriyatlar talablariga bo’ysinuvchan 
bo’lishga o’rgatadi. 
Sport doimiy kasb emas. Sport hayoti 8-20 yil davom etadigan, moddiy 
ne’mat (boylik) yaratish bilan bog’lanmagan va o’quv tarbiya jarayoni 
qonuniyatlariga bo’ysundirilgan inson tarbiyasi jarayoni vositalaridan biri. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə