Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 24

Jismoniy tarbiya tizimi
O’zbekiston Respublikasida tinch qurilish ishi bilan 
band bo’lgan kishilarning jismoniy va ma'naviy qobiliyatlarini uyg’un ravishda 
rivojlantirishdek olijanob maqsadga xizmat qiladi. 
Jismoniy madaniyat bilan muloqotda bo’lish, undan foydalanish, uning 
vositalarini o’zlashtirish, jamiyatga uning qimmatbaho boyliklarini berish va 
ko’paytirish ko’pqirrali ishdir. Bularni amalga oshirishda birinchi darajali rolni 
“jismoniy tarbiya tizimi” o’ynaydi. 


Bu tizim - katta yoki kichik butun tizimni birlashtirib, har bir jamiyat 
formatsiyasining jismoniy tarbiyani ijtimoiy amaliyotda tashkil qilish uslubini 
ko’rsatadi. 
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u asosan, jamiyatga insonning jismoniy qobiliyatlarini 
rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi; ayni paytda uning ma'naviy kamolotiga 
ham kuchli ta'sir ko’rsatadi. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning mushtarak 
belgisidir. 
Har bir ijtimoiy iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiya tizimi 
gavdalantirilgan, jismoniy tarbiyani amalga oshirilishining aniq tarixiy namunasi 
rivoj topgan. 
Bunday holatda jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy negizi ko’proq 
jamiyatda jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, tamoyillari va boshqa yo’naltirilgan 
g’oyalarini birlashtirishida ko’rinadi; nazariy uslubiy negizi o’ziga jismoniy 
tarbiyaning ilmiy-amaliy qonuniyatlari bo’yicha bilimlar, qoidalar, vosita va 
uslubiyatlarni birlashtiradi; dasturiy-me'yoriy negizini maqsadga muvofiq 
tanlangan, tizimga tushirilgan, shuningdek, me'yor va talablar bo’yicha tuzilgan 
jismoniy tarbiya dasturi materiallari tashkil qiladi; tashkiliy shakllari respublika 
fuqarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan 
tashkilotlar hamda muassasalarning birligidir.
2-chizma 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə