Kirish mustaqil O’zbekistonning kirish mustaqil



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#161597
  1   2   3   4   5   6   7
Kirish mustaqil O’zbekistonning-fayllar.org


Kirish mustaqil O’zbekistonning

KIRISH Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkomol, Intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim tarbiya berish sifatiga bog’liq. SHu bois Vatani , xalqini sevadigan , istiqlol g’oyalariga sadoqatli , mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi usuvor yo’nalishlaridan biridir shuning bilan birga talim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy komolotini ta’minlash mazkur yo’nalishning dolzarb muomolaridan biri bo’lib , bu haqda O’zbekiston Respublikasining <> gi va <>da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish , ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat ahamyatiga molik muhim vazifaladan biri ekanligi ko’rsatilgan. Maktab ta’limi umuman olganda uzliksiz ta’limning muhim bosqichi bo’lib , bolaning keyini hayotini belgilashda muhim o’rin egallaydi. Maktabda bola nafaqat bilim oladi balki tarbiyalanib mustaqil hayotga tayyorlanadi. Va bunda bolaning nutqini o’sishi ham muhim ahamiyatga ega .Bolani maktabda muvaqiyatli ta’lim olishi uchun eng avvolo unga ona tilining barcha boyliklarini egallashi uchun tegishli shart sharoitlarni yaratib berish zarur


Malumki boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuqorisinflarga tayyorlash uchun ularning nutq qobilyatini o’stitirish lozim.
Ayniqsa bugungi zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqib , ta’limning ana shu tehnologiyalarinini o’z o’rnida mohorat bilan qo’llagan holda tovush va so’zni to’’ri talaffuz etirish bola tarbiyasining muhim ajralmas qismidir .
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturida belgilangan muhim talablardan biri o’quvchining nutqini o’stirishdan iborat .CHunki o’quvchining nutqi qay darajada ekanligi ularning o’qish va yozish malakalari, o’z fikr mulohazalari , tasavvur tushunchalarini boshqalarga yetkaza olishiga bog’liq .Nutqi rivojlangan o’quvchilar faqat o’uv yozuv darslaridagina emas , balki boshqa darslarni ham to’laqonli o’zlashtirishga erishadilar . Nutqi rivojlanmagan o’quvchilar esa , dars mavzularini o’zlashtirishda qiynaladilar. SHuning uchun ona tili dasturining barcha bo’limlariga nutq o’stirish vazifalari singdirilgan .Bu masuliyatli vazifani amalga oshirishda boshlang’ich sinflarda ta’lim tarbiyaning samaradorligini taminlash ,jumladan ,ona tili darslarida puxta bilim , ko’nikma va malakani hosil qilish muhim ahamyatga ega .
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi . Aslidachi , nutq - bu insonning eng oily murakkab , ruhiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Odamlarning ijtimoiy jarayonida kishilar o’rtasida o’zora fikr almashuvi vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nutq vositasida idrok etadi.So’z singalizatsiyasi , yani nutq tufayli odamborliqni umuman ,fikran idrok etishi mumkin. Nutqning tashqi va ichki , og’zaki va yozma turlari mavjud .Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchiga tushunarli qilib tuziladi . So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq ,ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong, o’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq ( xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yoziladigan narsani ichda pichirlash, tovush chiqarmasdan o’qish)bilan chambarchars bog’liq .So’zlashuvga o’rgatish barcha darslarda olib boriladi, lekin o’qish darslari yetakchi ahamyat kasb etishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga manaviy komolot ona tili orqali mujassamlashadi .Ona tili , shu jumladan, o’qish nutq o’stirish talim –tarbiyajarayonidagi eng muhim vositalardandir.
O’quvchining og’zaki va yozma nutqini me’yorlashda , ularning mutanosibligini ta’minlashda , milliy tilning tabiati vao’ziga xos xususiyatini belgilashda , ifoda va talafuz qonunyatlarini aks etirishda ohangdorlik , ya’ni qiroat bilan amaliy ahamyatini o’tirish , adabiy til meyori va mezonlariga rioya qilish ,o’qish ,o’qish metodlarini takomillashtirish yo’llarini izlash eng qulaylarini amalyotga tadbiq qilish zarur .
Adabiy til tushunchasi keng qamrovlidir va ko’p qirali hodisadir . Adabiy til taraqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madanyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim.
Til qonunyatlarining ta’limda tadbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishga o’rgatishdagi ussullarini to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik , tarqatib berilgan qog’ozlar bilan ishlash yo’lllarini bilish ) usullarini takomillashtiradi. O’quvchilarning bilish faoliyatlarning o’ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish ,ayniqsa ularning ruhiy , fiziologik xususiyatlari bog’liq bo’lgan ishlarga yetarli aham yat berish lozim .Ularga nisbatan e’tiborni kuchaytirish , mehrli va hamisha shirinsuhan bolish lozim.
Bola shazsi pedogogik va psixologik nuqtayi nazardan juda nozik his –tuyg’ularga boy bo’lib , o’qituvchi ana shu tuyg’ularni ilg’ashi va tushuna olishi, bola ruhiyatini ko’tarishi , talim jarayonida insonparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berishi zarur.
O’qituvchining turli fanlardan dars berishidan maqsadi o’quvchilarning nutq madanyatini ,nutq ko’nikmalarini shaklllantirish ,ijodiy qobilyatlarini taraqqiy etirish kabi masalalarni o’z ichiga oladi .O’quvchilarning nutqi ravon , tushunarli bo’lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish lozim .
Nutq ichki va tashqi ko’rinishga ega bo’ladyi . Ichki nutq odamning o’z ichiga gapiradigan passif nutqi bo’lib , u ikkinchi kishini ishtirokini talab etmaydi . SHuning uchun bu nutq o’z -o’ziga qaratilgan bo’ladi , uni boshqalar nazorat qila olmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi bo’lib hizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan bo’ladi va uni nazorat qilish mumkin . U faol nutq bo’lib , og’zaki va yozma ko’rinishda ega .
Yozma nutqning og’zaki nutqdan ya’na bir farqi shundaki , yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz .Yozma nutqning muvaffaqiyatli chiqishi uchun yig’ilgan materialni sistemalashtirish , reja tuzish va qayta ishlab takomillashtirish , homaki nushasini tayorlash va oq qog’ozga ko’chirish zarur.To’g’ri va ifodali gapirish har bir o’qimishli kishi uchun hayotiy zaruriyat bo’lib qolgan hozirgi zamanda o’quvchilarning nutqini o’stirish muamosi o’quv tarbiya tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham olimlar K. B.Barxin, B. I.Sokalov , M.A.Ribnikova va boshqalarning metodik asarlarida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’zoro muvofiq o’stirish masalalariga alohida e'tibor berilgan .Olimlar tomonidanmaktabda o'qitish jarayonida ro'y berayatgan quydagi kamchiliklar tanqid qilindi ;
1.O’qituvchilarninng ko’pchiligi hali ham og’zaki nutqning hayotiy ahamyatini hali ham yetarli tushunmayaptilar .SHuninguchun ular maktab mahsus og’zaki nutq o’stirish mashqlari o’stirish mashqlari o’tkazishga muhtoj emas , deb hisoblab xato qilmoqdalar .Bunday o’qituvchilar ,o’quvchi mukammal ,bezato yozishni o’rganib olsa , ularning nutqi o’z-o’zidan o’sib boraveradi, deb hisoblab amalda og’zaki va yozma nutqning aloqadorligini unutib qo’ymoqdalar .
2.O’quvchilarning nutqi mazmun jihatdan nihoyatda kambag’al va qator kamchiliklarga ega . CHunki yuqori sinflarda o’qituvchi nutq masalalariga e’tibor bermay qo’yadi .



Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə