Kirish mustaqil O’zbekistonning kirish mustaqil


Boshlang’ich sinflarda yozma nutqni o’stirishda insho, uning turlari va ahamiyati



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#161597
1   2   3   4   5   6   7
Kirish mustaqil O’zbekistonning-fayllar.org

Boshlang’ich sinflarda yozma nutqni o’stirishda insho, uning turlari va ahamiyati.
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo’lib, maktabda olhidsa o’rin tutadi ; barcha nutqga oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo’y sunadi.
Insho 1- sinfda og’zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib , o’z fikrini ifodalashga , o’quvchini o’quvchining shaxsini tashkil topishiga hizmat qiladigan , ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan jiddiy aqliy ishga aylanad.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo’lib , his hayajon uyg’otadi , aqliy mustaqqillikka , fikrlashga , ko’rgan kechirganlari va o’zlashtirganlarinibaholashga , kuzatuvchanlikka ,voqea hodisalar o’rtasidagi sabab natija bog’lanishni topishga , ularni qiyoslashga , hulosa chiqarishga o’rgatadi. Insho fikrni tar tibga soladi , o’quvchilarda o’ziga , o’z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug’diradi.
“ Insho “ asli arabcha so’z bo’lib , ma’nosi “yaratish” ,” bunyod etish “ demakdir. Bu so’zning ma’nosi hozirda ancha torayib , asosan ,o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy ish ma’nosida qo’llaniladi.
Insho - ijodiy ish bo’lib , uo’quvchidan faollik , qiziqish , fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash , uni tartibga solish va insho kampazitsiyasi rejasi haqida o’ylash , mantiqiy bog’lanishni belgilash, so’z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o’zoro bog’lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o’quvchidan butun aqliy kuchini ishga solish bilan birga , o’z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko’nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazaryasi nutq tajribasi bilan qo’shiladi.’quvchini inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo’lgani uchun , “ o’ziniki”ni
Yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan . Maktablar o’quvchilar nutqini o’stirish , aqliy ,ijodiy o’sishiga mo’ljallangan yangi dasturga o’tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi.
Og’zaki va yozma inshoga o’rgatishda o’quvchilarda mavzuni tushinish va yoritish, o’z inshosini aniq fikrga bo’y sundiris, material to’plash , uni tartibgasa solish va joylashtirish , reja tuzish va reja asosida yozish , mazmunga va nutq vaziartiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takamillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi.
O’g’zaki va yozma insho material manbvaiga , mustaqillik darajasiga , tayyorlash usuli, janr va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi .
Insho material manbaiga qarab uch turga bo’linadi;

  1. O’quvchining o’zi ko’rgan - bilganlari, eshitganlari haqida kuzatishlar, ekskursiyalar , o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosida insho;


  2. Kitob materiallari , rasmlar, film , spektakl, o’qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosida insho;


  3. Turli manba va materiallardan foydalanilgan insho;


Mustaqillik darajasiga , tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra insho ikki turga bo’linadi;


  1. Sinf o’quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan insho;


  2. Alohida tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan individual insho;


Janriga ko’ra hikoya , tasvir, muhokama tarzida insholar bo’linadi. Boshlang’ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo’lgan hikoya tarzidagi insholardan ko’proq foydalaniladi .


Inshoni tasnif qilish ta’limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga , shuningdek ,ish turlarini zaruriy yo’nalishda , baravar taqsimlashga yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda yoziladigan insholarning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o’quvchilarning hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasm asosidagi insho maktablarda tez –tez o’tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini , tasavvurini boyitishga hizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta’sir etadi, hayotning hali bola tajribasida uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqur anglashga yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning asosiy uch turi bor;
  1. Rasmlar seriasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;


  2. Sujetli , o’quvchilarni o’ylashga , faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida hikoya tarzidagi insho;


  3. Rasmni tasvirlash ( tasviriy insho).


O’quvchilar avval rasmlar seiasi asosida, so’ngra bir rasm asosida , undan so’ng tasviriy insho yozishga o’rgatiladi.


Dasturga ko’ra , 1- sinf o’quvchilari o’yinlari , mehnatlari, voqea hodisa haqidagi tasurotlari asosida o’qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yozishlari, 2- sinfda rasm seriyasi asosida kichik hikoya tuzishlari va uni jamoa tarzida tuzilgan reja asosida yozishlari , tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni haqida, bolalar o’yinlari , ishlari , sayillari haqida, avval o’qituvchi rahbarligida, so’ng mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yoza olish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari kerak.
3-sinfda rasmlar ( bir mavzuga oid bir nechas rasm , sujetli bir rasm , rasbni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari , ekskursiyalardan olgan tassurotlari asosida rejani , avval jamoaviy ravishda , keyin mustaqil tuzib uni hikoya qilishlari va yozishlari talab etiladi.

Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə