Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24



2-MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY 
MADANIYAT TIZIMINI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI 
Reja: 
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari 
2. Jismoniy tarbiya tizimida tayyorgarlik turlari 
3. Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi 
 
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy 
tushunchalari 
U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o’rtasida bir-birini tushunish va aloqa 
qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ham muayyan tushunarli 
apparatdan foydalanadi, uni tushunish va o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining 
barchasi uchun majburiydir. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida atama va tushunchalardan 
keng ravishda foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko’rib chiqamiz, ularni 
tushunmasdan turib jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o’rganish 
mumkin emas. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to’g’risidagi 
tushunchalar muvofiq boblarda ko’rib chiqiladi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining tushunchalarini 
ko’pchiligi “Jismoniy” so’zi bilan boshlanadi. Odatda amalga oshiriladigan har 
qanday harakat faoliyati, bajariladigan ish, jismimiz, vujudimizning ma’lum 
a’zolari, tanimiz bo’laklarining makon (fazo)dagi joyi, o’rnini almashinuvi orqali 
sodir bo’ladi va bu “jismoniy” so’zi bilan ifodalanadi. Jismoniy so’zi asosan tana 
skelet mushaklari, bo’g’inlarning bog’lovchilarining ishtirokida bajariladigan 
faoliyatlar - barcha mushaklarning, ularning faqat ayrimlarini yoki bir bo’lagini, 
birnecha qismlarini birgalashib namayon qiladigan faoliyatlari namayon bo’ladi. 
Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy 
rivojlanganlik, jismoniy yetuklik, jismoniy kamolot, jismoniy sifatlar, jismoniy 
tayyorlanganlik, jismoniy harakat, jismoniy mashq, jismoniy tiklanish (rekreatsiya), 
jismoniy reabilitatsiya va boshqa shunga o’xshash qator tushunchalardagi 
“jismoniy” so’zi jismimiz, vujudimizning a’zolarini bajargan, namoyon qilayotgan 
jismoniy faoliyatini ifodalaydi. 
Qator adabiyotlarda jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport 
tushunchalarini “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” hamda “Jismoniy 
tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanining yetakchi tushunchalari deb xisoblaydilar 
(A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A.Ashmarin va boshqalar). 
Qayd qilingan asosiy tushunchalar tarkibidagi “umumiy jismoniy 
tayyorgarlik”, “kasbiy-jismoniy tayyorgarlik”, “sport tayyorgarligi”, “sport 


trenirovkasi” va boshqa qator tushunchalar ham jismoniy madaniyat hamda jismoniy 
tarbiya nazariyasi fanlarining yetakchi tushunchalari tarzida qabul qilingan
qolaversa, ularning tarkibida “umumiy jismoniy rivojlanganlik” va “jismoniy 
tayyorgarlik”, “maxsus jismoniy rivojlanganlik” va “maxsus jismoniy tayyorgarlik”, 
“shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy yetuklik”dek boshqa qator 
tushunchalar mavjud bo’lib ular o’zlarining ilmiy, nazariy asoslariga ega. 
Nima uchun yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar 
deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy 
bilimlar, jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiya tizimi va yana boshqa 
tushunchalar asosiy tushuncha deb xisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to’g’ri aks 
ettiradigan barcha tushunchalar o’z ahamiyati jihatidan birdek muhim. Ular 
to’g’risida fanimizning tegishli boblarida nisbatan kengroq izoh va sharhlarni 
beramiz. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə