Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


Harakatga o’rgatish (o’qitish)



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24

Harakatga o’rgatish (o’qitish)
- o’zining asosiy mazmuniga ko’ra jismoniy 
bilim (ta’lim) berishni, ya’ni insonni o’z harakatlarini ratsional boshqarishni 
bilishini, tahlil qilishiga oid nazariy bilimlarga ega qilishni va shu yo’l bilan 
egallangan bilimlariga asoslanib, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va 
ko’nikmalari zahirasini boyitishni hamda ularga oid nazariy bilimlarga ega qilishni 
nazarda tutadi (P.F.Lesgaft). 
O’z jismi tarbiyasiga oid bilimlarga ega bo’lish inson uchun o’zining hayoti 
davomida egallagan, to’plagan harakat zahirasi va imkoniyatlaridan ratsional 
foydalana olishi uchun kerak bo’ladi. 
Jismoniy tarbiyaning mohiyatiga ko’ra yana boshqa ahamiyatli tomoni 
organizmning jismoniy sifatlarini maqsadli rivojlantirishga yo’naltirilib, uning 
tabiiy xususiyatlariga kompleksli ta’sir o’tkazish, me’yoriy jismoniy funktsional 
yuklamalar bilan jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari)ni bajartirish, shuningdek, 
individ hayotiy rejimi (turmush tartibi)ni optimallash yo’li bilan va tabiatning tashqi 
muhit sharoitidan rotsional foydlanishni stimullash va boshqarish uchun zarurligidir. 


Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd qilingan jihatlarini jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish yoki tarbiyalash boshqachasiga qisqa ma’nodagi jismoniy tarbiya deb 
ham qaraladi. 
Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy harakatlar (mashqlar)ni tizimli bajarish, 
shug’ullanish orqali organizmni tashqi ko’rinishi shakli o’zgaradi. Bunday 
o’zgarishlar organlar faoliyati va xizmatida ham sodir bo’ladi. 
Hozirgi kunga kelib insonning mehnat faoliyati yoki ongli ravishda o’zi 
ixtiyoriy ravishda bajaradigan harakatlari (mushaklari faoliyati)dan biologik 
“quvvat” yuzaga kelishi va bu quvvat faqat mushaklar ishi, faoliyati uchungina 
sarflanmay (oldin faqat mushaklar faoliyati uchun ishlatiladi degan nazariya mavjud 
bo’lgan), ichki a’zolarimizning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatishi 
M.R.Magendovichning “motor vistserial reflekslari” nazariyasi orqali isbotlandi. 
Harakatlanish, jismoniy mashqlar bajarish orqali xosil bo’lgan energiya 
mushaklardagi, bo’g’imlar va paylardagi mikroskopik nerv tolalari orqali markaziy 
asab tizimi (MAT) tomonidan boshqarilib ichki organlarimiz - ichki a’zolarimizni 
faoliyatini yaxshilash, quvvatlash uchun uzatilishi isbotlandi. Yaxshi rivojlangan 
mushaklar faoliyatidan yuqori chastotadagi impulьslar, zaif rivojlangan 
mushaklardan esa chastotasi pas energiya yuzaga kelishi, ularning ayrimlaridan esa 
umuman “quvvat” ajralmasligi tadqiqotlar orqali aniqlandi. Bu bilan jismoniy 
tayyorgarligi past, mushaklari me’yorida rivojlanmaganlarning ko’pchiligini turli xil 
kasalliklarga tez berilishi, hayotdan nolib, tushkunlik ruhiyat bilan hayot 
kechirishlarining sababi ham shunda. 
Jamiyatda jismoniy tarbiyaning rivojlanish darajasi quyidagi ko’rsatkichlar 
bilan baholanadi: 

jamiyat a'zolari turmushiga jismoniy tarbiyaning tatbiq etilishi

jamiyat a'zolarining jismoniy tayyorlik va sog’liq darajasi; 

jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining moddiy-texnika ta'minoti sifati va 
borligi; 

jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiruvchilar, jamoa faollari 
va shtatdagi xodimlar malakasi; 

jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti so’nggi 
yutuqlarining tatbiq etilishi darajasi; 

jamiyat a'zolarining sportda erishgan yutuqlari. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə