Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24

«Jismoniy bilim»lar
tushunchasi dastlab yuzaga kelgan “tarixiy tizimlar”deb 
nomlanadigan jismoniy tarbiya tizimlarida uchraydi, masalan, Fit «o’z vujudini 
tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirib, undan qanday 
foydalanish haqidagi nazariy bilimlar zarurligini e’tirof etib, inson jismi tarbiyasi 
jarayonining nazariyasini yaratish lozimligini ta’kidlagan. 


Jismoniy bilim
- jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan 
foydalanish, lozim bo’lganda hayotiy sharoitda qo’llash mahorati va ko’nikmalariga 
oid nazariy tushunchalarni o’z ichiga oladi. 
Pestalotsiy bolalarning “vujudini tarbiyalash”dagi nazariy bilimlarini 
ishlashni astoydil yoqlab chiqqan. 
P.F.Lesgaft jismoniy bilimlar nazaryasining asoschisi. Uning jismoniy 
harakatlarga oid nazariy bilim berish, jismoniy tarbiya ta’limi bilimlar haqidagi 
ta’limotining asosiy g’oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim bo’lib, u har bir bola 
o’zining harakatlarini tahlil qilishni, ularning o’z harakatlarini biridan birini 
farqlashga o’rganishi lozimligini yoklab chiqqan. Chunki bola jismoniy mashqlarni 
mohiyati, ulardan foydalanish, mashqlarni bajarish tartibi, ularni solishtirish, 
bajarishga ongli yondashish, bajarishda sodir bo’lgan to’siqlar, muammolarni xal 
qilishga o’rganish bilan tejamli mushak zo’riqishi evaziga katta xajmda ish 
bajarishdek nazariy tushunchalarga - bilimlarga ega bo’lishini ahamiyatini yokladi. 
Xulosa qilib shuni takidlash lozimki jismoniy tarbiya tushunchasi 
mazmunida, tushunchaning ta’rifi, harakatga o’rgatish, jismoniy mashqlarning 
mohiyati, ularni tarbiya jarayonida qo’llash tartibi (ketma-ketligi), tarbiyalash 
maqsadida qo’llangan mashqlarni bajarish texnikasini egallash, ularni farqlash, 
taqqoslash, bajarishga ongli yondashish, harakatlarini boshqara olish, yuzaga 
keladigan to’siqlarni yengish, o’zlashtirilishi lozim bo’lganlariga - tez moslasha 
olish chaqqonlik va qatьiyat namoyish qilishni o’rganish, faol harakatlanishni 
odatga aylantirish, mashqlarni organizmga ta’siri, harakatga o’rgatishga oid, 
jismoniy bilimlar berishni Pestalotsiy, Lesgaft va boshqalar zaruriyat deb 
xisobladilar. 
Jismoniy ta'lim
o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy 
mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi. 
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda 
namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini 
yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, 
masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish 
maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, 
chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik 
bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning 
takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi. 
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug’ullanuvchilarga nafaqat 
jismoniy, balki ma'naviy ta'sir ham ko’rsatadi. Buning oqibatida bu jarayon tarbiya 
vazifalarini yechish uchun qulay sharoitlar yaratadi (1-chizma). 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə