O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali tt va kt fakulteti



Yüklə 64,57 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü64,57 Kb.
#158019
  1   2   3   4   5
rdUJ1e6t 6jenZr9KUPmWOwyO0U-ezMn


O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali
TT va KT fakulteti



Kompyuter Tarmoqlari
MUSTAQIL ISH - 2

Bajardi: Qulsoatov.A


Qabul qildi: Abduvaliyev.A
Qarshi. 2023 – 2024 o’quv yili
MUSTAQIL ISH – 2
Mavzu: OSI pog’onasi, vazifalari, asosiy protokollari.
Reja

  1. OSI modeli.

  2. OSI pog‘onasi, vazifalari, asosiy protokollari

  3. OSI pog‘onalarning o‘zaro ishlashi jarayonlari va xizmatlari.

  4. OSI modelining darajalari.



  1. OSI modeli.

Kompyuter tarmoqlarini ishlatishda va ishlab chiqarishda umumiy hollar uchun standart sifatida model yaratilgan. 1984¬yilda xalkaro standartlar tashkiloti ISO OSI modelini yaratdi. Tarmoqda ko’plab operatsiyalar bajariladi. Bu jarayonda ma’lumotlarni qayta ishlash ko’p etaplardan o’tadi. Bunda ma’lumot bloklarga bo’linadi va ular xizmat ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. Olingan bloklar paketlar tarzida tayyorlanadi. Bu paketlar kodlashtiriladi hamda elektrik yoki nur signallari yordamida tarmoq orqali yuboriladi. Yuborish davrida tarmoqda qabul qilingan uzatish usulidan foydalaniladi. Qabul qilingan paketdagi ma’lumotlar olinadi.
Agar paketlar bir nechta bo’lsa olingan bloklar bir¬biri bilan qo’shiladi va ilova uchun ma’lumot xisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilgan jarayonni darajalarga bo’lish va bu darajalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash tarmoq modeliga yuklatilgan. Bu model OSI deb ataladi. Avval tarmoq nima uchun kerak degan savolga javob beraylik. Birinchidan, tarmoqdagi kompьyuterlar asosiy xotiralaridan umumiy foydalanish uchun, bunda xotira muammosidan qutulish mumkin. Ikkinchidan, tarmoqdagi abonentlar biror masala haqida umumiy ravishda bosh qotirishlari mumkin. Uchinchidan, tarmoqdagi kompьyuterlar ulardagi axborotlarni o’zaro qiyinchiliklarsiz almashishlari mumkin. To’rtinchidan, kompьyuterdagi yuklamani kamaytirish uchun boshqa kompьyuterni operativ xotirasidan foydalanish mumkin. Beshinchidan, dasturlar (masalan, tarmoqli (setevoy) o’yinlar) dan o’zaro bog’langan holda foydalanish uchun. SHu kabi tarmoq ustunliklarini ko’pchiligini aytib o’tishimiz mumkin, lekin shuni ham esda tutaylikki, tarmoqda kompьyuter viruslari juda tez tarqaladi. Har bir narsaning o’z etaloni bo’lganidek, tarmoq ham biror etalonga asoslanishi kerak, ya’ni muloqotning etalon modeli bo’lishi kerak.

Shu munosabat bilan Xalqaro Standardlar Tashkiloti ¬ ISO (International Standarts Organisation) tomonidan 1984¬yili muloqotning etalon modeli – OSI modeli (OSI¬ Open System Interconnection) taqdim qilingan. U yettita bosqichdan iborat bo’lib, quyida shu haqida va tarmoq qurilmalarining ba’zilari haqida to’xtalib o’taman. Tarmoq arxitekturasi 87 Kompьyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko’p operatsiyalarni amalga oshiriladi, ya’ni kompьyuterdan kompьyuterga axborotlarni uzatilishi to’liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima qanday amalga oshirilayotganining farqi yo’q albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo’lish yoki tarmoqda joylashgan boshqa kompьyuter resurslariga ega bo’lish mavjuddir xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko’p ishlov berish bosqichlaridan o’tib boradi.
Avalambor u bloklarga ajratilib har biri aloxida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Xosil bo’lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so’ng elektr signallari yoki yorug’lik signali yordamida tanlangan ega bo’lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytatdan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko’rinishida ulanadi va shundan so’nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo’ladi. Bu albatta bo’ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon qilinishi. Aytib o’tilgan ishlarning bir qismi albatta dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa qurilmalar ishtirokida bajariladi. Butun sanab o’tilgan va bajarilishi lozim bo’lgan muolajalarni (protsedur) bir¬biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo’lihni aynan tarmoq modellari bajarishi lozimdir. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o’rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o’rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to’g’ri tashkil qilish imkoiyatini yaratadilar.
Xozirgi vaqtda eng ko’p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interconnection) ochiq sitemada axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holtda “ochiq sistema” atamasi o’zi bilan ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir sistemalar bilan aloqa qilih imkoniyati mavjud sistema tushiniladi (yopiq sistemaga nisbatan). Muloqot etalon modeli Xalqaro standartlar tashkiloti ISO (International Standarts Organization) tomonidan 1984¬yili OSI modeli taqdim qilingan. SHundan beri hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo’pol. Tez o’zgarishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar. Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqda bajariladigan vazifalar(funktsiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan.
Yuqori o’rindagi bosqichlar ancha murakkab bo’lib, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi bosqichlarni o’z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlar maqsadi – yuqori bosqichga xizmat ko’rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko’rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas. 88 1¬rasm. OSI modelining yetti bosqichi Hamma bosqich vazifalarini ko’rib chiqamiz. Amaliy bosqich (Application, Prikladnыy urovenь) yoki ilovalar bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foydalanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari axborot bazasiga ega bo’lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi. Prezitentatsiya bosqichi(Presentation, Prezentativiy urovenь) axborotni tanishtirish bosqichi, bu bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko’rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o’zgartiradi, ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi.
Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni zichlashtiradi. Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, Seansovыy urovenь) aloqa o’tkazish vaqtini boshqaradi(ya’ni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo’lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi. Transport bosqichi (Transport, Transport) paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli ketma¬ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. SHu yerda yana uzatilayotgan uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotlarni qayta tiklanadi. Tarmoq bosqichi (Network, Setevoy urovenь) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o’zgartirish, teskariga ham va shuningdek paketni kerakli abonentga jo’natish yo’nalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar. Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. SHu yerda yana tarmoqqa ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi. Jismoniy bosqich (Psical, Fizicheskiy urovenь) – bu modelni eng quyi bosqichi bo’lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. SHu yerda yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Modelni quyi ikki bosqichning (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2¬bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi).
Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni boshqarish usuli va paket formati (o’lchami), tarmoq turiga to’g’ri taalluqli ko’rsakichlar aniqlanadi (Ethernet, Token¬Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar to’g’ridan¬to’g’ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo’q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta qurilma bilan o’zgartirganda ham ular buni hech vaqt sezmaydilar. 2¬bosqich (kanal bosqichi) ikkita bosqich ostiga ajratiladi: 89 Yuqori bosqich osti (LLC – Logical Link Control, Verxniy podurovenь) – bu bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya’ni virtual aloqa kanalini o’rnatadi ( uning vazifasini bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi bajaradi). Quyi bosqich osti (MAC – Media Access Control, Nijniy podurovenь) – bu bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to’g’ridan¬to’g’ri ega bo’lishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to’g’ri bog’langan. OSI modelidan tashqari, 1980¬yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni yil va oyidan kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni OSI modelini aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin. Bu model aniqlashtirgan standartlar (802¬spesifikatsiya) o’n ikki toifaga bo’linib, ularning har biriga nomer berilgan. Ular quyidagilar : 802¬1 – tarmoqlarni birlashtirish. 802¬2 – mantiqiy aloqani boshqarish. 802¬3 – “shina” topologiyali CSSA/CD ega bo’lish usuli mahalliy hisoblash tarmoq va Ethernet 802¬4 – “shina” topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish. 802¬5 – “halqa” toplogiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish. 802¬6– shahar tarmog’i (Metropolitan Area Network, MAN). 802¬7 – keng miqyosda aloqa olib boorish texnologiyasi (shirokoveщatelnaya texnologiya). 802¬8 – optotolali texnologiya. 802¬9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq. 802¬10 – tarmoq xavfsizligi. 802¬11 – simsiz tarmoq. 802¬12 – “yulduz” topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy tarmoq (100 VG¬Any LAN). 802¬3, 802¬4, 802¬5, 802¬12 standartlar OSI model etalonning ikkinchi (kanal) bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to’g’ri keladi. Qolgan 802¬spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladilar. Ma’lumot almashinishda tarmoq hosil qilish muhim o’rin tutadi. eng ko’p qo’llaniladigan tarmoq turlaridan biri bu mahalliy tarmoqlardir. Bu tarmoqlar ishini tashkil etishda esa albatta zaruriy protokollar talab etiladi. Hozirigi zamonaviy axborot texnologiyalarida bir necha protokollardan foydalanib kelinmoqda.
Bularga misol sifatida quyidagi protokollarni keltirish mumkin: ARCNET, DECnet, IP, TCP, UDP, AppleTalk, Token Ring, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE¬488, USB, IEEE 1394 (Firewire, iLink), X.25, Frame relay, Bluetooth, IEEE 802.11, Systems Network Architecture, RapidIO. Yuqorida sanab o’tilgan protokollar qatoriga Ethernet va Fast Ethernet mahalliy hisoblash tarmog’ini ham kiritish mumkin. Xo’sh Ethernet va Fast Ethernet o’zi nima? Uning ishlash texnologiyasi qanaqa printsipga asoslangan? SHularni quyida batafsilroq o’rganib chiqamiz. Ethernet tarmoq tuzilmasi Tarmoq arxitekturasi (network architecture) ¬ bu standartlar,tiplar va to’plamlar 90 kombinatsiyasi bo’lib, tarmoq ishlashini ta’minlaydi.
Ethernet tarmoq strukturasini birinchi bo’lib 1972 yilda Robert Metkalf va Devid Boggs (Xerox firmasining Talo Alto tekshirish markazi) signallarni uzatish kabel tizimini ishlab chiqdilar. Ethernetning boshlang’ich turkumining uzatish tezligi 2,94 mbit/s va 100ta kompьyuterlarni 1km kabel bilan birlashtiradigan yagona tizimni tashkil qiladi. Xerox firmasining Ethernet tarmog’i shunchalik omadga ega ediki, Xerox kompaniyasi Intel Corporation va Digital equipment 10 mbit/s uzatish tezligiga ega bulgan Ethernet standarti (DIX) ishlab chiqarildi. Xozir uni kabel bog’lash usuli va kompьyuter, axborot tizimlarini birgalikda ishlatish qismi sifatida ko’riladi. Ethernet qismlari OSI modelining fizik va kanal darajalari bajaradigan funktsiyalarni bajaradi. Bu ishlab chikarishning IEEE 802,3 asosiy tarkibida turadi. Asosiy tavsiflar. Ethernet ¬ hozirda eng ko’p tarqalgan tarmoq arxitekturasi. U tor yo’lakli 10 mbit/s tezlikli "shina" tipli uzatishni ishlatadi,trafikni boshqarishda esa kabel sohasida Ethernet (kabel) muxiti massiv xisoblanadi, ya’ni kompьyuterdan quvvat oladi. Bunda esa fizik zararlanishda terminator noto’g’ri ulanganda o’z ishini to’xtatadi. Ethernet tarmog’i quyidagi tavsiflarga ega: ¬ odatdagi topologiya ¬ chiziqli shina ¬ boshqa topologiyalar ¬ yulduz¬shina ¬ uzatish tipi ¬ tor yo’lakli ¬ kirish metodi ¬ CSMA/CD ¬ ro’yxatlari ¬ IEEE 802,3 ¬ berilganlarni uzatish tezligi ¬ 10 va 100 mbit. ¬ kabel tizimi ¬ yo’g’on va mayin koaksial, ITR. Kadr formati. Ethernet qiymatlarni to’plamlarga (kadrlarga) bo’lib chiqadi. Ularning qiymati boshqa tarmoqda ishlatiladigan to’plamlar formatidan farq qiladi.

Kadrlar ma’lumotlar blokidan iborat va ular bir butun holda uzatiladi. Ethernet kadrining uzunligi 64 dan 1518 baytgacha bo’lishi mumkin, lekin Ethernet kadri tuzilmasi kamida 18 baytni ishlatadi, shuning uchun qiymatlar bloki kattaligi Ethernetda ¬ 46dan 1500 baytgacha bo’ladi. Har bir kadr boshqarish ma’lumotiga ega va boshqa kadrlar bilan umumiy tashkilotga ega. Masalan tarmoq bo’yicha uzatilayotgan Ethernet II kadri TCP/IP qaydnomasi uchun foydalaniladi. Kadr jadvalda ko’rsatilgan qismlardan iborat: Kadr joyi Izoh Preambula kadr boshini belgilaydi 91 Belgilangan joy va manba Manba va qabul qiluvchining manzilini ko’rsatadi Tip
Tarmoq darajasi IP yoki IPX) qaydnomasi identifikatsiyasi uchun ishlatiladi Siklik ortiqcha kod Xatoni tekshirish uchun ma’lumotlar maydoni. Ethernet tarmoqlari turli variantdagi kabel va topologiyalarni ishlatadi. Quyida IEEE ro’yxatiga asoslangan variantlar ko’rsatilib o’tilgan. Tarmoq operatsion tizimlari va Ethernet. Ethernet ko’pchilik keng tarqalgan operatsion tizimlar bilan ishlaydi, ularga: ¬ Microsoft Windows 95; ¬ Microsoft Windows NT Workstation; ¬ Microsoft Windows NT Server; ¬ Microsoft LAN Manager; ¬ Microsoft Windows for Workgroups; ¬ Novell Netware; ¬ IBM LAN Server; ¬ Apple share; Keyingi qadam Ethernet ¬ keng tarqalgan arxitektura ega bo’lsa¬da, boshqa keng foydalaniladigan arxitekturalar ham mavjud. Xususan, ko’pchilik tashkilotlar Token Ring tarmog’ini ishlatadilar, faqatgina IBM firmasi chiqargani uchungina emas, balki ko’pgina Ethernetda bo’lmagan xususiyatlarga ega. 1990¬ yilda Ethernet muhiti uchun tarmoq kartasi ishlab chiqildi. Bu karta shunday kartalar kombinatsiyasiyasidan iborat ediki, 10 BASE 2 dan foydalanishga mo’ljallangan koaksial kabellarni ham 10 BASE ¬T dan foydalanishga mo’ljallangn o’rama juftliklarni ham bemalol o’ziga qabul qila olar edi (albatta RJ45 modulini qo’llagan xolda).

Ochiq tizimlarning o'zaro bog'liqlik modeli (OSI modeli) a kontseptual model a-ning aloqa funktsiyalarini tavsiflovchi va standartlashtiradigan telekommunikatsiya yoki uning ichki tuzilishi va texnologiyasini hisobga olmasdan hisoblash tizimi. Uning maqsadi - turli xil aloqa tizimlarining standartga muvofiqligi aloqa protokollari.


Model aloqa tizimidagi ma'lumotlar oqimini ettitaga ajratadi abstraktsiya qatlamlari, uzatishning jismoniy bajarilishidan bitlar bo'ylab a aloqa vositasi ma'lumotlarning eng yuqori darajadagi namoyishiga tarqatilgan dastur. Har bir oraliq qatlam yuqoridagi qatlamga funktsionallik sinfini xizmat qiladi va uning ostidagi qatlam xizmat qiladi. Funktsionallik sinflari dasturiy ta'minotda standartlashtirilgan holda amalga oshiriladi aloqa protokollari.
OSI modeli 1970-yillarning oxiridan boshlab Frantsiya, Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlardagi ulkan milliy tarmoq harakatlarida raqobatlashadigan turli xil kompyuter tarmoqlari usullarining paydo bo'lishini qo'llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. 1980-yillarda ushbu model "Open Systems Interconnection" guruhining ishchi mahsulotiga aylandi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO). Tarmoqning to'liq tavsifini berishga harakat qilayotganda, model dasturiy ta'minot me'morlarining dastlabki dizayndagi ishonchiga ega bo'lmadi Internet, bu kamroq ko'rsatmalarda aks etadi Internet Protocol Suitehomiyligida asosan homiylik qilingan Internet muhandisligi bo'yicha maxsus guruh (IETF).
OSI-Modeldagi aloqa (3-5 qatlamlari bilan misol) 1970-yillarning boshlarida va o'rtalarida tarmoqlar asosan hukumat tomonidan homiylik qilingan (NPL tarmog'i Buyuk Britaniyada, ARPANET AQShda, SIKLADLAR kabi Frantsiyada) yoki sotuvchi tomonidan ishlab chiqilgan, masalan, mulkiy standartlar bilan IBM"s Tizimlarning arxitekturasi va Raqamli uskunalar korporatsiyasi"s DECnet. Umumiy ma'lumot tarmoqlari endigina paydo bo'lishni boshlaganlar va ular ishlatila boshladilar X.25 1970-yillarning oxirida standart. The Paketni eksperimental almashtirish tizimi 1973-5 yillarda Buyuk Britaniyada yuqori darajadagi protokollarni aniqlash zarurligini aniqladi.] Buyuk Britaniya Milliy hisoblash markazi kompyuter tizimlari uchun kelajakdagi konfiguratsiyalar bo'yicha katta tadqiqotlar natijasida olingan "Nega tarqatilgan hisoblash" nashri. Natijada Buyuk Britaniya 1977 yil mart oyida Sidneyda bo'lib o'tgan ISO yig'ilishida ushbu sohani qamrab olish uchun xalqaro standartlar bo'yicha qo'mitaga murojaat qildi.
1977 yildan boshlab Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tarmoqning umumiy standartlari va usullarini ishlab chiqish dasturini o'tkazdi. Xuddi shunday jarayon ham rivojlandi Xalqaro telegraf va telefon bo'yicha maslahat qo'mitasi (CCITT, frantsuz tilidan: Comité Consultatif International Téléphonique et Télégraphique). Ikkala organ ham o'xshash tarmoq modellarini aniqlaydigan hujjatlarni ishlab chiqdi. OSI modeli birinchi marta xom shaklda aniqlangan Vashington, DC 1978 yil fevral oyida Hubert Zimmermann Frantsiya va tozalangan, ammo hali ham standart loyihasi ISO tomonidan 1980 yilda nashr etilgan.
Yo'naltiruvchi modelni ishlab chiquvchilar ko'plab raqobatdosh ustuvorliklar va manfaatlar bilan kurashishlari kerak edi. Texnologik o'zgarishlarning tezligi haqiqatdan keyin standartlashtirish tartib-qoidalariga emas, balki yangi tizimlar birlashishi mumkin bo'lgan standartlarni belgilashni talab qildi; standartlarni ishlab chiqishda an'anaviy yondashuvning teskari tomoni. Garchi standart o'zi bo'lmasa-da, kelajakdagi standartlarni aniqlash mumkin bo'lgan ramka edi.
1983 yilda CCITT va ISO hujjatlari birlashtirilib shakllantirildi Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi uchun asosiy mos yozuvlar modeli, odatda Ochiq tizimlarning o'zaro bog'liqligi uchun mos yozuvlar modeli, OSI ma'lumotnoma modeliyoki oddiygina OSI modeli. U 1984 yilda har ikkala ISO tomonidan standart sifatida nashr etilgan ISO
7498va CCITT (endi telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlangan) Xalqaro elektraloqa ittifoqi yoki ITU-T) standart X.200 sifatida. OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega edi, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, uni "Reference Model" yoki "etti qavatli model" deb nomlangan va a muayyan protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq kontseptsiyalarini o'qitishda katta yutuq bo'ldi. U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol qatlamlarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.
Etti qatlamli model kontseptsiyasi tomonidan taqdim etilgan Charlz Baxman da Honeywell Axborot tizimlari. OSI dizaynining turli jihatlari NPL tarmog'i, ARPANET, CYCLADES, EIN, va Xalqaro tarmoq ishchi guruhi (IFIP WG6.1). Ushbu modelda tarmoq tizimi qatlamlarga bo'lingan. Har bir qatlam ichida bir yoki bir nechta sub'ektlar uning funksiyalarini amalga oshiradilar. Har bir sub'ekt to'g'ridan-to'g'ri uning ostidagi qatlam bilan to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkazdi va yuqoridagi qatlam tomonidan foydalanish uchun qulayliklar yaratdi.
OSI standartlari bo'yicha hujjatlar X.200 seriyali tavsiyalar sifatida ITU-T-da mavjud. Ba'zi protokol spetsifikatsiyalari ITU-T X seriyasining bir qismi sifatida ham mavjud edi. OSI modeli uchun teng ISO va ISO / IEC standartlari ISO tomonidan mavjud edi. Hammasi ham bepul emas.
OSI sanoat ishtirokchilari bo'lib, ko'plab ishtirokchilarning o'zaro ishlashini ta'minlash uchun tarmoq ishtirokchilarini umumiy tarmoq standartlari bo'yicha kelishib olishga harakat qilishdi. Katta tarmoqlarda bir nechta tarmoq protokoli to'plamlarini qo'llabquvvatlash odatiy hol edi, chunki ko'plab qurilmalar umumiy protokollarning etishmasligi sababli boshqa qurilmalar bilan ishlashga qodir emaslar. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida bir muddat muhandislar, tashkilotlar va davlatlar paydo bo'ldi qaysi standart masalasida qutblangan, OSI modeli yoki Internet protokoli to'plami, eng yaxshi va mustahkam kompyuter tarmoqlariga olib keladi. Biroq, OSI 1980-yillarning oxirida tarmoq standartlarini ishlab chiqqanida, TCP / IP uchun ko'p sotuvchili tarmoqlarda keng qo'llanila boshlandi Internetda ishlash. OSI modeli hanuzgacha o'quv va hujjatlar uchun ma'lumotnoma sifatida ishlatiladi, ammo OSI protokollari dastlab model uchun o'ylab topilganligi mashhurlikka erishmadi. Ba'zi muhandislar OSI mos yozuvlar modeli hali ham dolzarbligini ta'kidlaydilar bulutli hisoblash. Boshqalarning ta'kidlashicha, OSI-ning asl modeli bugungi tarmoq protokollariga to'g'ri kelmaydi va buning o'rniga soddalashtirilgan yondashuvni taklif qilishgan.




  1. Yüklə 64,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə