Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


Sport turlarining turkumlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 24

Sport turlarining turkumlanishi.
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda 
sport turlari - Olimpiada dasturiga kiritilgan sport turlari, milliy sport turlari, sharq 
yakka kurashlari, turizm va ekskursiyalarni tashkillash markaziy kengashi 
raxbarligida uyushtiriladigan sport turlari, kasaba uyushmalari markaziy kengashi 
tomonidan tavsiya qilingan sport turlari, harbiy -tadbikiy sport turlari, kamolot 
ijtimoiy harakati musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari, ichki ishlar, davlat 
xavfsizligi organlari xodimlari uchun belgilangan sport turlari, mamlakatimizning 
“Mudofaaga ko’maklashuvchi” Vatanparvar markaziy kengashi tomonidan 
ommalashtirilayotgan sport turlari tarzida klassifikatsiya qilinadi. 
Jismonan barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirishda yuqori sport 
natijalariga erishgan mahoratli sportchilar, ayniqsa o’quvchi talaba - yoshlarga sport 
turlari bo’yicha sport razryadlari va unvonlar beriladi. Ularning talab normalari 
“O’zbekiston Respublikasining sport turlari klassifikatsiyasi” deb nomlanadigan 
nizom asosida yo’lga qo’yiladi va mazmuniga har to’rt yilda o’zgartirishlar kiritilib 
boriladi. 
Nizomni xar to’rt yilda o’zgartirib turilishi mamlakat aholisi, o’quvchi talaba-
yoshlarning jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi darajasining ortishi, 
ijtimoiy sharoitni yaxshilanishidan kelib chiqadigan o’zgarishlar oqibati deb 
qaraladi. Turmush sharoiti, ovqatlanish, uning sifatini dam olish va boshqa faktorlar 
jismoniy imkoniyatlarni (rivoj langanlik va tayyorgarlikni) ham yaxshilanishi sport 
razryadlari, unvonlarni normalarini har to’rt yilda ko’tarishni taqazo etishi ham 
shunda. 
Nizomda sportning vazifalari, sport turlari, sport razryadlari va sport 
unvonlari beriladigan sport turlari, sport razryadi va unvonlarni berishning talab va 
normalari, sportchilarni tayyorlashni takomillashtirish, razryad nishonlari va sport 
unvonlarini olish uchun zaruriy xujjatlarni tayyorlash, taqdirlash, razryadli va unvon 
egalarining xuquqi va majburiyatlari, sportchining sinov daftarlari hamda 


mamlakatimizda ommaviyligi oshgan sport turlari haqida ma’lumotlar beriladi, 
lozim bo’lgan o’zgartirishlar qilinadi. 
Sport turlarining turkumlanishi (klassifikatsiyasi) nizomi mazmunida 
O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazrligi raxbarligi hamda shu 
vazirlikning viloyat bo’limlari raxbarligida uyushtirilgan, ommaviy tadbirlar, 
musobaqalarning eng ustivorlariga tasniflar berilgan hamda ulardagi ishtiroki 
natijalariga ko’ra unvonlar, sport razryadlari, shug’ullanish tavsiya qilingan sport 
turlari sanab o’tilgan. 
Mustaqilligimiz sharofati bilan jamiyatimiz a’zolarini sog’lomlashtirish 
maqsadida tashkillangan davlat va xususiy sport muassasalari va tashkilotlari 
tomonidan ommaviy sport turlari, yakka kurashlar va boshqa noan’anaviy sport 
turlarining ayrimlari uchun ham ommaviy razryadlar, unvonlarning talablari va 
normalari kiritilgan. 
Sport tayyorgarligi jismoniy tayyorgarlikning maxsus yo’nalish bo’lib, bu 
jarayonning vazifasi insonni tanlab olingan sport turida yuqori sport natijalarga 
erishishni ta’minlashdan iboratdir. 
Sport tayyorgarligi tushunchasi jismoniy tarbiya jarayonida o’zining 
mazmuni va mohiyatiga ega bo’lgan, keng ma’noli, vazifasiga ko’ra, insonni tanlab 
olingan sport turida yuqori natijalarga erishishini ta’minlovchi maxsus yo’nalishdir. 
Umumiy sport tayyorgarligi va maxsus sport tayyorgarligi, deb alohida mazmundagi 
ko’p qirrali jarayon tarzida harakat sifatlarining barchasini teng va tanlab olingan 
sport turi uchun zarurlarini rivojlantirishdek mohiyatiga ko’ra farqlanadigan 
tayyorgarlik mashg’ulotlari turkumidan iborat (5-6 semestrlarda sport 
trenirovkasiga batafsil to’xtalamiz). 
Jismoniy 
tarbiyada 
sport 
tayyorgarligi, 
organizmning 
funktsional 
imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq, yuqori sport natijasi kishilarning 
jismoniy tayyorgarligini baholash mezoniga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo’ljal 
sifatida juda keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Umumiy sport tayyorgarligi va maxsus sport tayyorgarligi harakat sifatlarini 
barchasini teng, kerak bo’lsa tanlab olingan sport turi uchun zarur harakat sifatini 
rivojlantirish jarayonidir. 
Jismoniy tayyorgarlik tarkibida amalga oshiriladigan sport tayyorgarligi, 
organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq. Yuqori 
sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash mezoniga aylangan va 
jismoniy tarbiyaning darajasiga mo’ljal sifatida juda keng ko’lamda foydalaniladi. 
Hozirgi zamon sport o’yinlari bilan shug’ullanadigan sportchilar yuqori 
darajadagi funktsional tayyorgarlikka, har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ega 
bo’lishi uchun ularning harakat sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarligini 
yo’lga qo’yish)da, oranizmni xizmati faoliyatiga zaruriy zamin yaratish, trenirovka 


mashg’ulotlari yoki o’quv trenirovka mashg’ulotlarining, akademik darslarning 
asosiy vazifasiga aylantirilishi lozimligini L.R.Ayrapetyants, F.M.Pavlovlarning 
ilmiy tadqiqotlari natijalari orqali isbotlangan. 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, jismoniy tayyorgarlik jarayonida, jismoniy 
va funktsional tayyorgarlikning boshqa sohalaridagidek, maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyat orqali rejalashtirilgan natijaga har doim ham erishib bo’lmaydi. Bu 
jarayonida erishiladigan natija yosh sportchi yoki jismoniy madaniyat soxibining 
trenirovkasi jarayoni uchun rejalashtirilgan jismoniy mashqlar va ularni 
shug’ullanuvchi organizmiga ta’siri natijasi bilan uzviy bog’liqligini ham nazariy 
ham amaliy bilishning ahamiyati katga. Qisqa, yo’nalishiga ko’ra tor sport 
trenirovkalarining natijapari fikrimizning dalilidir. 
Yuqori natijalarga erishish faqat ma’lum davr ichidagina sodir bo’lishligi 
faqat mamlakatimizning emas boshqa mamlakatlar jismoniy tarbiya tizimlarining 
jismoniy 
tayyorgarlik mashg’ulotlari orqali ham isbotlangan. Oldingi 
mashg’ulotlardagi yuklamalar mashq qilinmasa, qaytadan takrorlanmasa, unitilsa, 
bunday trenirovka mashg’ulotlari keyinchalik o’zining mohiyatini yo’qotib, har 
tomonlama jismonan garmonik rivojlanishga, tarbiyalanishiga halal beradi, sport 
yutuqlarini esa kechiktiradi yoki yo’qqa chiqaradi. Shuning uchun soha mutaxasisi 
oldindan uzoqni ko’ra biluvchi, bashorat qila oluvchi, vazifani aniq belgilash va hal 
qilishga oid puxta bilimlarga ega, o’qimishli, o’z ishini biladigan, sevadigan, 
ta’limning 
innovatsion 
texnalogiyalaridan 
xabardor, 
qadriyatlarimizni 
shug’ullanuvchi ongiga singdira oladigan bo’lishi va ularni tayyorlash talabi 
qo’yilmoqda. Albatta, bu soha mutaxassisini tayyorlaydigan takomillashgan 
jismoniy tarbiya tizimi faoliyatiga bog’liq. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə