Ill bob. PAXTANING SIFAT KO„RSATKICHLARINI
ANIQLASH
3.1.
Paxta tozalash korxonasining texnik nazorat bo„limi
Paxta tozalash korxonalarida tayyorlangan paxta va undan olinadigan paxta
mahsulotlarning sifatini aniqlash ishlarini texnik nazorat bo„limi amalga oshiradi.
Paxta tozalash korxonasi texnik nazorat bo„limi tarkibiga korxona texnologik
laboratoriyasi va korxona ixtiyoridagi paxta tayyorlash maskanlari laboratoriyalari
kiradi.
Tayyorlanayotgan paxta va ishlab chiqariladigan
mahsulotlar sifatini
aniqlashni texnik nazorat bo„limi 0„zbekiston Davlat standartlari va tegishli
qo„llanma hamda sinov usullariga qat‟iy amal qilgan holda amalga oshiradi.
Korxonadagi texnik nazorat boiimining asosiy
vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
standart va texnik talablarga javob bermaydigan paxtani qabul qilish va
paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda iste‟molchilarga jo„natishning
oldini
olish;
-
tayyorlanadigan paxta va ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlari sifatini
ta‟minlash uchun paxta tayyorlash maskanlari va paxta
tozalash korxonasining
barcha xodimlari orasida ishlab chiqarish, texnologik
va shartnoma intizomlarini
har tomonlama mustahkamlash.
Yuklatilgan vazifalariga binoan texnik nazorat boiimi paxta tayyorlashni,
korxonada paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonini
texnik nazorat qiladi hamda
paxta sifatini va undan olinadigan mahsulot sifatini aniqlaydi.
21