Makrosporagenez va makrogameitigenez


MAKROSPORANI SHAKLLANISHI



Yüklə 48,63 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü48,63 Kb.
#144166
1   2   3   4   5   6   7
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ

MAKROSPORANI SHAKLLANISHI

Bug‘doyda makrosporalarning yuzaga kelishi va ularni shakllanishini Batigina (1974) quyidagicha izoxlaydi. Makrosporalarning onalik hujayralarida ikki marta meyoz bo‘linish ro‘y beradi (rasm a–k).



rasm. Bug‘doydagi makosporagenez (Batigina, 1974):


a-arxesporial hujayra, b - makrosporotsit, v- z- makrosporatsitning I-meyotik bo‘linishi, i-diada makrospor, k-tetrada makrospor, l-xalazal makrosporaning rivojlanishi.
Birinchi meyoz bo‘linishdan keyin makrosporalarning diadasi (rasm, i). Makrosporalarning ikkinchi bo‘linishi natijasida makrosporalar tetradasi hosil bo‘ladi (rasm, k). Ularning har biri gaploid sondagi xromosomalarga ega.
Makrosporalar tetradasini hosil bo‘lishida ularning hujayralari orasidagi to‘siqlar turlicha yuzaga keladi. To‘siqlarning hosil bo‘lishiga qarab makrosporalarning joylanishi ham turlicha bo‘ldi. Makrosporalarning tetradada joylanishi besh tipda: chiziqsimon; T-simon; teskari T-simon; kvadrat; tetraedrik ko‘rinishda bo‘ladi (rasm, a-d).

rasm. Makrasporalarning tetradada joylanish sxemasi a-chiziqsimon, b-T-simon, v-teskari T-simon, g-kvadrat, d – tetraedrik.
Makrosporogenezda ham mikrosporogenezdagi kabi hujayra po‘stida kalloza to‘planadi. Bir qator mutaxassislarning yakdil fikrlariga ko‘ra, po‘stlar sporogen hujayralarni uning atrofidagi to‘qimalardan ajratib turadi.
Makrosporalarning xarakterli xususiyati ulardagi qutblilikni mavjudligidir. Bu holat makrosporaning mikropilyar va xalazal qismidagi sitoplazmaning sifat jihatlari turlichaligi bilan izohlanadi.
Gulli o‘simliklarning ko‘pchiligida makrosporogenez davrida to‘rtta makrospora hosil bo‘ladi. Ulardan xalazal ya’ni eng tagidagi makrospora o‘lchami kattalashadi va murtak xaltaning onalik hujayrasiga aylanadi (rasm, l). Yuqoridagi uchta makrosporalar halok bo‘ladi.
Onagraecae oilasiga mansub turkum o‘simliklarning hammasida va Asteraceae, Cucurbitaceae, Malvaceae va Leguminosae oilasining ayrim turkumlarining turlarida murtak xalta yuqorigi mikropilyar makrosporadan rivojlanib shakllanadi. Colchicium autumnale o‘simligida esa murtak xaltani yuzaga keltiradigan makrospora boshqa makrosporalardan ancha kattaligi bilan farqlanadi. Keyinchalik bu farq bitta makrosporani hisobiga oziqlanishi tufayli ortib borib, qolganlari esa halok bo‘ladi. Yangi hosil bo‘lgan makrosporalarda hujayraning protoplasti meristematik hujayralarning protoplasti kabi tuzilgan bo‘lib, endoplazmatik to‘r uncha rivojlanmagan bittadan uzun va qisqa donador to‘rdan, kam miqdordagi mitoxondriya va diktiosomalardan iborat bo‘ladi.
O‘sishni boshlagan makrosporada sitoplazmaning takibiy qismi va po‘stning barcha qismlari sintezlanadi. Bu jarayonda Golji apparati, gialoplazma ribosomalari va yadro ishtirok etadi.
Ko‘p hujayrali arxesporiyda bir urug‘kurtakning o‘zida bir nechta makrosporalar rivojlanishi mumkin, ulardan murtak xaltalar shakllana boshlaydi lekin, shunga qaramay, ulardan bittasi yetuk darajagacha yetib boradi.
Ayrim holatlarda bitta urug‘kurtakda ikkita murtak xalta hosil bo‘ladi.

Yüklə 48,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə