Umimlashtiruvchi tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun
Umumlashtiruvchi bosqichda ishga yakun yasaldi – tashhis belgilangan pedagogik muammolarni hal qilish uchun tanlangan usullar ta’lim shakllarining muvaffaqiyatliligini isbotladi. Tajriba ko‘lami tarbiyachi ishining tarbiyaviy-ta’limiy tizimida aks ettirilgan va bolalarning matematik qobiliyatlarini interaktiv usullar vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari rejasi 3.1.2-jadval.
Faoliyatlar mavzusi
|
Pedagogik vazifalar
|
Ish mazmuni
|
Markazda ishlash
|
Intellektual o‘yinlar hamda mashqlar
|
Bolalarni birgalikda o‘ynash malakalarini mustahkamlash, jamoa tuyg‘usini
rivojlantirish
|
Yangi mavzu materialini
muayyan usullar bilan turli vaziyatlarda bosqichma-bosqich o‘rgatish
|
Qurish-yasash va matematika markazida o‘ynash
|
Sanoq va miqdor
|
Bolalarni ko‘rgazmali qurollar va multimedia vositalari yordamida, shuningdek, ognli va ravon sanash, miqdoriy o‘lchash hamda misollarni yechishda ritmik tezlik o‘zgarishini yuzaga chiqarishga o‘rgatish
|
Matematik tafakkur va amaliy faoliyatning uyg‘unligiga ko‘maklashish
|
Ilm fan va
tabiat markazida suv, qum va boshqa jismlarni o‘lchov
vositalari
yordamida o‘lchash
|
Kattalik
|
Kattalik tushunchasi bolalarga tarzda yetkazb berish, tarbiyalanuvchilarda xotira va diqqatni jamlash
malakasini yanada rivojlantirishrivojlantirish
|
Bola larningmatematik o‘yinlarda improvizatsiya qilishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish
|
Qurish-yasash va matematika markazida lego va kubiklar bilan eng baland bino o‘yinini o‘ynash
|
Geometrik shakllar
|
Geometrik shakllarning belgilarini, xususiyatlarini
|
Shakllarni
solishtirishning
barcha ko‘rgazmal
|
Qurish-yasash va matematika markazida
|
|
tushungan holda nutqda ifodali aks ettirishni o‘rgatish
|
og‘zaki,amaliy usullarni takrorlash,geometrik shakllar bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘z vaqtida boshlash va tugallash
|
oddiy va murakkab tangrammalar bilan jamoaviy o‘ynash
|
Fazoda mo‘ljal olish
|
Bolalarda fazoda mo‘ljal olish malakalarini shakl-
lantirish
|
Bolalarda oldin o‘rgatilgan o‘ziga va atrofdagi
buyumlarga nisbatan mo‘ljal olish malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash
|
Qurish-yasash va matematika markazida o‘ynash
|
Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish
|
Bolalarda vaqtga nisbatan mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish
|
Kundalik tartib asosida vaqtga nisbatan mo‘ljal olish malaka-larini shakllantirish
|
Sahnalashtirish va dramma markazida ishlash
|
Tajriba sinov jarayonida matematik (individual, guruhli, jamoaviy) faoliyatlarda bolalarga nafaqat muayyan qoidani yod oldirish, balki, oddiy kundalik hayotda ham sanoq va miqdor, kattalik, geometrik shakllar, fazoda mo‘ljal olish va vaqt tushunchalarini o‘rgatish, ularni sanash imkoniyatlari bilan tanishtirish, sodda misol va masalalarni yechishda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yuqori natijalarga erishildi. Faoliyatlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy misollar va masalalar bo‘yicha ijodiy topshiriqlar beriladi. Bolalar matematik faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi. Matematik amallarni o‘yinlar va interfaol usullar bajarishni o‘rgatish intellektual faollikning rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi. Chunki, bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish mashg‘ulotlari tizimli tarzda olib borildi. O‘quv yili davomida matematik misollarni yechishni o‘rgatish natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil tadbirlar (o‘yinlar, konkurslar, viktorinalar va h.k.)da ishtirok etishlari mumkinligidadir.
Dostları ilə paylaş: |